Botir (Botir) Qoraev (1980-yil 8-aprel) — oʻzbek futbolchisi. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 2007 -yilgi Osiyo kubogi ishtirokchisi. Hozirda Nasaf jamoasining Sport direktori.

Botir Qoraev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 8-aprel 1980-yil
Tavallud joyi Qashqadaryo Viloyati,
Oʻz SSR, USSR
Boʻyi 1,76 m
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999-2005 Nasaf 159 (9)
2006-2008 Mashʼal 54 (1)
2008-2015 Nasaf 187 (1)
2015-2017 Shoʻrtan 29 (1)
2017 Mashʼal 25 (1)
Milliy terma jamoa
2007-2010 Oʻzbekiston 7 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

U 1999-yilda Qarshining „Nasaf“ jamoasida oʻynab, Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan. U bu jamoada yetti yil to‘p surdi va uch marta mamlakat chempionatining bronza medali sovrindoriga aylandi.

2006-yilda qo‘shni Muborak shahridan „Mashʼal“ ga ko‘chib o‘tgan va bu jamoada ikki mavsum to‘p surgan, 2007-yilda bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

2008 yilgi mavsum boshlanishidan oldin u „Nasaf“ga qaytdi, klubning asosiy himoyachisiga aylandi. Keyingi yillarda u yana to‘rt marta O‘zbekiston chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi, bir marta kumush medalni qo‘lga kiritdi, 2011-yilda esa Osiyoda ikkinchi muhim klub turniri hisoblangan OFK kubogida g‘olib chiqdi. Umumiy hisobda „Nasaf“ safida milliy chempionatlarda 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.

2015-yilgi mavsum oldidan Nasaf bilan xayrlashgan Botir Gʻzuorning „Shoʻrtan“ jamoasi safiga borib qoʻshildi. U Gʻuzorliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surdi.[1] 2017 yilgi mavsum oldidan sobiq jamoasi Muborakning „Mashʼal“ Jamoasi katta qiziqish bildirdi va mavsum Muborakliklar safida oʻtkazdi. Mavsum yakunida faoliyatini yakunladi.[2]

Milliy jamoadagi faoliyati tahrir

U 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida debyut qilgan. U murabbiy Rauf Inileyev tomonidan 2007-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan, bir marta ham turnirda maydonga tushmagan. U xalqaro maydondagi debyutini 2007-yil 24 — mart kuni Xitoy Taypeyi — O‘zbekiston (0:1) o‘yinida o‘tkazdi. U milliy terma jamoadagi ilk golini 2007-yilning 27-mart kuni Xitoy — Oʻzbekiston oʻrtoqlik uchrashuvida (3:1) kiritgan. U milliy terma jamoa bilan 2007-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan. U terma jamoa libosida jami 7 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritdi.

Havolalar tahrir

Uch yillik tanaffusdan soʻng 2010-yilda terma jamoaga chaqirildi, 2010-yil 25 may kuni Armanistonga qarshi oʻyinda ishtirok etdi, bu oʻyin Qoraev uchun terma jamoadagi oxirgisi boʻldi. U terma jamoa safida jami 5 ta o‘yin o‘tkazgan.[3]

Murabbiylik faoliyati tahrir

2017-yilgi mavsum soʻnggida Muborakliklar safida faoliyatiga yakun yasagan Botir Qoraev, aynan „Mashʼal“ jamoasi safida Oʻz murabbiylik faoliyatini boshladi.[4] 2018-2020 mavsumlar davomida Bosh murabbiy yordachisi vazifasini bajardi. 2021-yilgi mavsum sobiq jamoasi Qarshining „Nasaf“ jamoasi sport direktoriga aylandi.[5]

Yutuqlar tahrir

  • AFC Kubogi sohibi: 2011-yil
  • O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011-yil
  • O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori (8): 2000, 2001, 2005, 2007, 2009, 2010, 2013, 2014

Manbalar tahrir

  1. „Ботир Қораев "Шўртан"га қайтди“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  2. „Бутсаларини михга илганлар“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  3. „Протокол матча Армения-Узбекистан“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-avgust.
  4. „Ботир Қораев "Машъал" мураббийлар штабида иш бошлади“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  5. „"Насаф" клубига янги спорт директори тайинланди“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.

Havolalar tahrir