Sementchi (futbol klubi, Quvasoy)

"Sementchi" – Fargʻona viloyati, Quvasoy shahrining oʻzbek futbol klubi. Hozirda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp suradi.

„Sementchi“
Toʻliq nomi Quvasoyning „Sementchi“ futbol klubi
Laqabi Sementchilar, Quvasoyliklar
Asos solingan 1987-yil
Stadion „Sementchi“
Stadion hajmi 5000
Bosh direktori Oʻzbekiston Abdusomad Nazriddinov
Murabbiyi Oʻzbekiston Abdumalik Hakimov
Musobaqasi Birinchi liga
Mavsumi 2023 1
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi

tahrir

1987-yilda tashkil etilgan. 1988-yilgi mavsumda klub Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1997-yilda Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasi final bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1998-yilgi mavsumdan boshlab Birinchi ligada qatnasha boshladi.

2002-yilda 2-oʻrinni egallab, Oliy ligaga yoʻl oldi. 2003-yilgi mavsumda Oliy ligada muvaffaqiyatsiz oʻynadi (oxirgidan oldingi, 15-oʻrin) va yana Birinchi ligani tark etdi.

2008-yilda moliyaviy muammolar tufayli klub Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2014-yilda qayta tiklandi va yana Ikkinchi liganing final bosqichida oʻynadi.

Keyingi 3 mavsumni Birinchi ligada oʻtkazdi va oʻz tarixida birinchi marta 2017-yilda uning gʻolibiga aylandi. Ammo keyin 2018-yilgi Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etishiga ruxsat berilmadi. Jamoa bir necga mavsum yarim professional tarzida Oʻzbekiston ikkinchi ligasida faoliyat olib bordi. 2022-yildan Oʻzbekiston ikkinchi ligasi oʻtish turnirida 2-oʻrinni olib 2023-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasiga chiqdi.

Yutuqlari

tahrir
  • Oliy ligada 15-oʻrin (2003).
  • 1  Birinchi liga gʻolibi (2017).[1]
  • 2  Birinchi liga kumush medali sovrindori (2002).
  • 3  Birinchi liganing bronza medali sovrindori – 2 marta (2000, 2001).
  • Oʻzbekiston Kubogi 1/4 final (2015).

Futbolchilar

tahrir

Hozirgi tarkibi

tahrir
31-mart 2024-yil[2]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   UZB Alisher Joʻraboyev
2 DF   UZB Muhammadqodir Rasuljonov
4 DF   UZB Nurmuhammad Abdugʻaniyev
5 DF   UZB Oʻtkir Oʻktamov
6 DF   UZB Jahongir Shermatov
7 MF   UZB Alfayzi Neʼmatov
8 MF   UZB Muhammadali Nosirjonov
9 MF   UZB Sherzod Hayrullayev
10 MF   UZB Xushnud Bozorov
11 FW   UZB Sherali Rasulov
17 MF   UZB Husan O‘rolov
18 DF   UZB Mehriddin Musulmonov
19 DF   UZB Mirjalol Mirzayev
R. Poz. Millati Futbolchi
20 DF   UZB Jaxongir Shermatov
21 FW   UZB Yahyo Zuhriddinov
22 FW   UZB Dilshodbek Umrzoqov
23 MF   UZB Nodir Nurmatov
24 DF   UZB Mirjamol Ne’matov
25 DF   UZB Umidjon Karilov
27 FW   UZB Jamshid Qobilov
55 FW   UZB Javohir Aʼzamov
67 GK   UZB Ziyodulloxoʻja Nazirov
71 FW   UZB Ulugʻbek Muhammadjonov
77 MF   UZB Samandar Oʻrinboyev
99 MF   UZB Mirjalol Qosimov

Murabbiylar

tahrir
Murabbiy Yillar
  Murod Ismoilov ?
  Abdumalik Hakimov ?
  Sardor Zokirov 2022-

Manbalar

tahrir
  1. „Birinchi liga. Barcha jamoalarni mag'lub eta olgan yagona jamoa “Cementchi” haqida“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  2. „Sementchi jamoasi tarkibi (31-mart 2024-yil)“. 2024-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.

Havolalar

tahrir