"Uz-Dong-Ju" — Andijon shahrida joylashgan oʻzbek futbol klubi. Taʼsischisi — "Uz-Dong-Ju Paint Co" Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi.

Uz-Dong-Ju
]
Toʻliq nomi Andijonning „Uz-Dong-Ju“ futbol klubi
Laqabi Bo'yoqchilar
Asos solingan 2004-yil
Stadion Navroʻz stadioni
Stadion hajmi 14 375
Musobaqasi Birinchi liga
2017-yil 15
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi tahrir

Klub 2004-yilda tashkil etilgan[1] va darhol Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasida oʻynay boshlagan. 2005-yilda „Uz-Dong-Ju“ ikkinchi ligada oʻz guruhida 2-oʻrinni egalladi va shu tariqa Birinchi ligaga yoʻl oldi.[2]

2007-yilgi mavsumda klub turnirda 2-oʻrinni egalladi va Oliy ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Biroq 2008-yilda u Oliy ligada soʻnggi, 16-oʻrinni egalladi va yana Birinchi ligaga tushib ketdi.

Ammo, 2009-yilgi mavsum boshlanishidan oldin moliyaviy muammolar tufayli Uz-Dong-Ju Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2013-yilda klub Ikkinchi ligaga qaytdi, keyin esa yana 4 mavsumni (2014—2017) Birinchi ligada oʻtkazdi.

Oldingi nomlari tahrir

  • 2003-2010: „Uz-Dong-Ju“ (Andijon)
  • 2013-…: „Uz-Dong-Ju“ (Andijon)

Yutuqlari tahrir

  • Oliy ligada 16-oʻrin (2008).
  • 2  Birinchi liga kumush medali sovrindori (2007).
  • Oʻzbekiston kubogining 1/8 finali — 3 marta (2007, 2008, 2016).

Mashhur futbolchilar tahrir

  • Alisher Ahmedov

Murabbiylar tahrir

  • 2007: Islom Axmedov

Manbalar tahrir

  1. „Oʻzbekiston - Tashkil etilgan sanalar jadvali - RSSSF“ (2022). 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022.
  2. „O'zbekiston - Ligalar bo'yicha musobaqalar natijalari jadvali - RSSSF“ (2022). 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022.

Havolalar tahrir