Temurxoʻja Zoirovich[1] Abduxoliqov (1991-yil 25-sentyabr[2], Toshkent) – oʻzbek futbolchisi, „Bunyodkor“ klubi va Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi.

Temurxoʻja Abduxoliqov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Temurxoʻja Zoirovich Abduxoliqov
Tavallud sanasi 25-sentyabr 1991-yil (1991-09-25) (32 yosh)
Tavallud joyi Toshkent
Boʻyi 188 m (616 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bunyodkor
Raqami 11
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Bunyodkor-2 9 (2)
2011—2014 Paxtakor 64 (22)
2014 HNK Hajduk Split 10 (1)
2015—2016 Lokomotiv 50 (30)
2017—2018 Al-Sailiya SC 32 (17)
2018—2019 Lokomotiv 37 (17)
2019 Khor Fakkan 7 (0)
2020—2021 Lokomotiv 44 (20)
2022 Qizilqum 23 (13)
2023 Navbahor 20 (3)
2024— Bunyodkor 1 (1)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Oʻzbekiston U-23 9 (3)
2012—... Oʻzbekiston 18 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-mart 2024-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-oktyabr 2023 uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Professional futboldagi debyutini 2009-yilda Bunyodkorning ikkinchi jamoasida oʻtkazgan. Abduxoliqov unda 3 mavsum oʻtkazib, 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

2011-yilda poytaxtning „Paxtakor“ klubiga koʻchib oʻtgan. Yangi klub uchun debyut uchrashuvi 2011-yil 5-mart kuni „Qizilqum“ga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda ham 88-daqiqada gol urgan[3]. Ikkinchi golini 2011-yilning 16-martida AFC Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Qatar Al-Saddga qarshi oʻyinda kiritdi.

2014-yil 10-fevralda Abduxoliqov Splitdan Xorvatiyaning „Xayduk“ klubiga oʻtgan[4][5]. 2015-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi safiga oʻtgan[6] va 216-yilgi mavsum soʻngigacha temiryoʻlchilari safida oʻynagan. Temurxoʻja turli yillarda keyinchalik, 2018—2019[7], 2020—2021-yilgi[8] mavsumlarda ham „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida oʻynagan. „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida 87 ta gol bilan Marsel Idiatullinning rekordini yakunlab klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

2017-yilgi mavsumda Qatarning „Al Sayliya“ klubi bilan shartnoma imzolagan[9]. 2019-yilgi mavsum ikkinchi davrasida BAAning „KhorFakkan“ jamoasi oʻtgan[10]. 2022-yilgi mavsumda Lokomotiv jamoasi bilan hayrlashib[11] Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzolagan[12]. Mavsum davomida 23 ta oʻyinda ishtirok etdi va 13 ta gol muallifi boʻlgan.

2023-yilgi mavsum avvalida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Mavsum yakunida oʻzi uchun muvaffaqiyatsiz oʻtkazdi va 24 ta oʻyinda 3 ta gol muallifiga aylandi[13][14]. 2024-yil yanvar oyida faoliyatini boshlagan dastlabki klubi, Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[15].

Milliy terma jamoadagi faoliyati tahrir

U Oʻzbekiston terma jamoasi safida 2012-yilning 25-fevral kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:4) debyut qilgan.

Terma jamoa uchun gollar tahrir

sana Joy Raqib Tekshirish Natija Turnir
1 2017-yil 6-iyun Bunyodkor, Toshkent, Oʻzbekiston   Tailand 1–0 2–0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2019-yil 7-iyun Milliy, Toshkent, Oʻzbekiston   Shimoliy Koreya 2–0 4–0
3. 2021-yil 15-fevral Theyab Awana Stadium, Dubay, BAA   Iordaniya 2–0 2–0

Yutuqlari tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum liga Kubok Osiyo/Yevropa Natija
Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Bunyodkor 2009/2010
Paxtakor 2011 24 3 6 0 5 1 35 4
2012 21 13 6 3 5 2 32 18
2013 19 6 4 3 6 1 29 10
Jami 64 22 16 6 16 4 96 32
Hajduk (Split) 2013/14 9 1 0 0 0 0 9 1
2014/15 1 0 1 0 0 0 2 0
Jami 11 1 1 0 - 13 1
Lokomotiv Tashkent 2015 21 8 7 3 6 1 34 12
2016 29 22[19] 7 6 10 3 46 31
Jami 50 30 14 9 16 4 80 43
Al-Sailiya SC 2016/17 10 7 0 0 0 0 10 7
2017/18 22 10 2 2 0 0 24 12
Jami 32 17 2 2 0 0 34 19
Lokomotiv Tashkent 2018 17 6 1 0 0 0 18 6
2019 15 10 1 1 6 5 22 16
Jami 32 16 2 1 6 5 40 22
Khorfakkan 2019/2020 7 0 0 0 - - 7 0
Jami 7 0 0 0 - - 7 0
Lokomotiv Tashkent 2020 21 6 0 0 1 0 22 6
2021 23 14 4 1 - - 27 15
Jami 44 20 4 1 1 0 49 21
Qizilqum 2022 23 13 5 2 - - 28 15
Navbahor 2023 24 3 6 1 7 0 37 4
Jami 47 16 11 3 7 0 65 19
Jami faoliyat 287 122 50 22 46 13 383 157

Manbalar tahrir

  1. „"Ota loyihasi". Temurxo'ja Abduxoliqovning dadasi Zoir aka bilan suhbat“ (2021-yil 5-sentyabr).
  2. „Xorvatiyada o'ynagan birinchi o'zbekistonlik futbolchi 28 yoshda“ (2019-yil 25-sentyabr).
  3. „Pakhtakor vs. Qizilqum 2:0“. soccerway.com. 23-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2013-yil.
  4. „Rasmiy xabar: Temurxo'ja Abduxoliqov "Xayduk" bilan shartnoma tuzdi“ (2014-yil 11-fevral).
  5. „Al Sadd vs. Pakhtakor 2:1“. soccerway.com. 10-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2013-yil.
  6. „Temurxo'ja Abduxoliqov "Lokomotiv"ga o'tdi“ (2015-yil 17-fevral).
  7. „Abduxoliqov "Lokomotiv"ga qaytdi“ (2018-yil 10-iyul).
  8. „Rasman: Temurxo'ja Abduxoliqov "Lokomotiv"ga qaytdi“ (2020-yil 13-yanvar).
  9. „Temurxo'ja Abduxoliqov Qatar klubiga o'tdi“ (2017-yil 16-yanvar).
  10. „Temurxo'ja Abduxoliqov legionerga aylandi“ (2019-yil 30-sentyabr).
  11. „"Lokomotiv" Temurxo'ja Abduxoliqov bilan iliq xayrlashdi“ (2021-yil 18-dekabr).
  12. „Rasman: Temurxo'ja Abduxoliqov "Qizilqum" o'yinchisiga aylandi“ (2022-yil 26-yanvar).
  13. „Rasmiy xabar: Temurxo'ja Abduholiqov "Navbahor" futbolchisi“ (2023-yil 18-yanvar).
  14. „Norxonov, Sidiqov, Rashidov. Superligada qishning qaynoq transferlari (TOP-10)“ (2023-yil 18-fevral).
  15. „Темурхўжа Абдухолиқов собиқ жамоасига қайтди“ (2024-yil 5-yanvar).
  16. „Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiya chempionati sovrindori“ (2014-yil 7-may).
  17. „Temurxo'ja Abduxoliqovga ehtirom ko'rsatildi“ (2021-yil 17-aprel).
  18. „Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubining yangi azosi Temurxo'ja Abduxoliqov 29 yoshda“ (2020-yil 5-sentyabr).
  19. „Oliy liga-2016. Kim nechta gol urdi?“ (2016-yil 3-dekabr).

Havolalar tahrir