Qizilqum futbol klubi“ – Navioy viloyatining Navoiy shahri futbol jamoasi. Oʻzbekiston Oliy Ligasi oʻyinlarida ishtirok etadi. 2000-yildan buyon uzluksiz Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etib kelyapti. 2013-yildan buyon klub bazasi Navoiy viloyatining maʼmuriy markazi boʻlgan Navoiy shahrida joylashgan. 2023-yilgi mavsumda 14 ta klub orasida 5-oʻrinni egalladi.

FC Qizilqum Navoiy

FC Qizilqum badge
Toʻliq nomi FC Qizilqum Navoiy
Laqabi Oltin izlovchilar, konchilar
Asos solingan 1975 (50 yil avval) (1975)
Stadioni Yoshlar Stadium, Navoiy
Sigʻimi 12,500
Egasi NKMK
Bosh murabbiy Nikola Lazarevic
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Oʻrni 11
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Jamoa Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) mulki boʻlib, korxona klubning bosh homiysi sanaladi.

Tarixi

tahrir

Jamoa nomlari tarixi

tahrir
Yillar Nomi
1975—1980 Progres
1981 Zarafshon
1982—1994 Progres
1994—1995 Qizilqum
1995—1997 Progres
1997—h. v. Qizilqum

SSSR Chempionatlarida

tahrir

Klub 1975-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchilari tomonidan „Progress“ nomi bilan tashkil etilgan. Mazkur davrda jamoa havaskorlar klubi maqomiga ega edi.

„Progress“ning yaratilishi yangi Zarafshon shahri tashkil etilganidan 2 yil oʻtib, nafaqat Oʻzbekiston SSR, balki butun SSSRdagi eng yirik oltin qazib olish markazlaridan biriga aylanishi kerak edi.

Zarafshonga shahar maqomi berilganidan bir yil oʻtib, 1973-yilda jamoa uchun 5000 tomoshabinni sigʻdira oladigan stadion qurilishi boshlandi. 1974-yilda stadionning qurilishi tugallandi va u „Progress“ nomini oldi[1].

1974-yilda „Progress“ jamoasi oʻz tarixida birinchi marta Buxoro viloyati chempionatida ishtirok etdi (oʻshanda Navoiy viloyati hududi uning tarkibida edi).

1975-yilgi mavsumda „Progress“ Buxoro viloyati chempionatida 2-oʻrinni egallab, Havaskor jamoalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston SSR chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Oltin qidiruvchilar uchun 1976-yilgi chempionat debyutida klub 17 jamoa ichida 11-oʻrinni egalladi va yarimhimoyachi Yuriy Goncharov turnirning 33 ta eng yaxshi oʻyinchilari roʻyxatiga kirdi.

Keyingi yillarda „Progress“ Oʻzbekiston SSRning turli ligalarida oʻynadi, biroq SSSR chempionatining ikkinchi quyi ligasi darajasiga chiqa olmadi.

1981-yilgi mavsumda klub „Zarafshon“ deb nomlangan, ammo 1982-yilda u oʻzining asl nomiga qaytgan[1].

SSSR parchalanganidan soʻng, 1992-yilgi mavsumdan boshlab „Progress“ Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida ishtirok eta boshladi.

Oʻzbekiston Chempionatlarida

tahrir

Oʻzbekiston mustaqillikk erishgach yanggi tashkil etilgan Oʻzbekiston birinchi ligasidagi (hozirda Oʻzbekiston Pro ligasi) debyut mavsumida „Progress“ 16 jamoa ichida 13-oʻrinni egalladi. 1994-yil oxirida klub Markaziy Osiyoda Oʻzbekiston (shu jumladan Navoiy viloyati) va Qozogʻiston hududida katta hududni egallagan katta choʻl sharafiga „Qizilqum“ nomini oldi.

1995-yilgi mavsumning 2-yarmidan 1997-yilning oʻrtalarigacha yana „Progres“ nomi ostida oʻynadi, 2-yarmidan esa klub nihoyat „Qizilqum“ nomini oldi.

Zarafshonliklar 1999-yilgacha Birinchi ligada oʻynab, 3-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining yuqori ligasi, oliy ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar[1].

Oliy ligadagi debyut mavsumida „Qizilqum“ 11-oʻrinni egalladi (ishtirok etgan 20 ta jamoa orasida)[2]. 2002-yilda u bronza medalini qoʻlga kiritdi va bu yutuq klub tarixidagi eng yuqori natija boʻlib qolmoqda.

Hozirda „Qizilqum“ Oʻzbekiston Oliy ligasining oʻrta darajali klublaridan biri sanaladi[1].

Mahalliy tarix

tahrir
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng koʻp gol urgan
Div. Oʻrin Oʻ. Yu D. M. G. U. G. Q. N. Nomi Liga
1992 2 13 30 7 3 20 29 76 17 1/16 final   Dmitriy Panin 7   Rustam Mirsodiqov
1993 2 14 30 9 5 16 31 41 23 1/16 final   Vladimir Golyanov

  Nikolay Goldenko

6   Rustam Mirsodiqov
1994 2 5 34 16 10 8 54 36 42   Rustam Mirsodiqov

  Islom Ahmedov

1995 2 5 22 11 4 7 42 27 37 1/8 final   Rustam Mirsodiqov

  Islom Ahmedov

1996 2 3 52 33 10 9 119 58 109 Playoff bosqichi   Vitaly Avanesov 31   Rustam Mirsodiqov

  Andrey Pavlovskiy

1997 2 4 42 23 7 12 74 43 76 Playoff bosqichi   Rustam Mirsodiqov
1998 2 7 38 20 4 14 74 48 64 1/8 final   Rustam Mirsodiqov
1999 2 3 34 25 6 3 84 27 81 -   Rustam Mirsodiqov
2000 1 11 38 13 12 13 46 55 51 1/8 final   Gairbek Hudoyberganov 7   Rustam Mirsodiqov

  Sergey Shevchenko

2001 1 6 34 16 5 43 48 35 53 Chorak final   Sherzod Nazarov 8   Rustam Mirsodiqov

  Sergey Shevchenko

2002 1 3 30 18 5 7 67 34 59 Yarim final   Marsel Idiatullin 21   Rustam Mirsodiqov

  Sergey Shevchenko

2003 1 5 30 17 4 9 59 33 55 1/8 final   Marsel Idiatullin 26   Rustam Mirsodiqov
2004 1 11 26 6 7 13 28 48 25 Chorak final   Otabek Qilichev 7   Rustam Mirsodiqov

  Sergey Shevchenko

2005 1 7 26 11 4 11 33 32 37 1/8 final   Neʼmatullo Quttiboyev 14   Rustam Mirsodiqov

  Igor Shkvirin

2006 1 6 30 14 6 10 51 37 48 1/8 final   Timur Islomov 6   Rustam Mirsodiqov

  Igor Shkvirin

2007 1 7 30 12 3 15 42 64 39 1/16 final   Timur Islomov 10   Igor Shkvirin
2008 1 14 30 9 5 16 27 44 32 1/16 final   Umid Isoqov 7   Vladimir Pachko
2009 1 14 30 10 5 15 33 56 35 Chorak final   Vladimir Postolatyev

  Vohid Shodiyev

7   Rustam Zabirov
2010 1 8 30 9 7 10 25 28 34 1/8 final   Vladislav Aleksin 7   Sergey Arslanov
2011 1 13 26 6 6 14 23 40 24 1/8 final   Bahriddin Vahobov 6   Marat Kabayev

  Sergey Arslanov

2012 1 11 26 6 9 11 22 41 27 1/8 final   Gʻulom Oʻrunov
  Feruz Boboqulov
5   Ravshan Haydarov
2013 1 12 26 8 1 17 28 48 25 Chorak final   Zafar Toʻrayev 5   Ravshan Haydarov
  Rustam Zabirov
  Yuriy Lukin
2014 1 11 26 7 6 13 23 34 27 1/8 final   Vladimir Shishelov
  Giorgiy Kvesishvili
  Akmal Rustamov
  Sherali Joʻrayev
3   Yuriy Lukin
2015 1 10 30 10 4 16 38 49 34 1/16 final   Bahriddin Vahobov 21   Yuriy Lukin
2016 1 6 30 14 8 8 41 32 50 Uchinchi bosqich   Nemanja Jovanović 8   Yuriy Lukin
2017 1 11 30 9 10 11 31 40 37 Uchinchi bosqich   Otabek Zokirov

  Ilhom Yunusov

6   Yuriy Lukin
2018 1 8 20 9 4 7 26 26 31 Chorak final   Elguja Grigalashvili 7   Hamidjon Aktamov
2019 1 13 26 5 9 12 24 48 24 1/8 final   Elguja Grigalashvili 4   Hamidjon Aktamov
2020 1 11 26 5 10 11 19 37 25 Chorak final   Oybek Qilichev 5   Hamidjon Aktamov
  Toshmurod Ogʻamurodov
  Hamidjon Aktamov
2021 1 9 26 7 10 9 26 29 31 Chorak final   Elguja Grigalashvili 9   Hamidjon Aktamov
2022 1 5 26 12 3 11 34 36 39 Chorak final   Temurxoʻja Abduxoliqov 13   Nikola Lazarevic
2023 1 12 26 6 7 13 22 33 25 Guruh bosqichi   Islom Kenjaboyev 8   Asror Aliqulov

  Toshmurod Ogʻamurodov

  Jamshid Saidov

2024 1 11 26 6 9 11 25 34 27 Chorak final   Elguja Lobjanidze 8   Jamshid Saidov
2025   Nikola Lazarevic

Stadion

tahrir

Ayni kunlarda „Qizilqum“ oʻz uchrashuvlarini asosan Navoiy shahrida joylashgan va 12500 tomoshabinga moʻljallangan „Yoshlik“ stadionida oʻtkazmoqda.

Klub bir qancha oʻyinlarni Zarafshondagi (5000 tomoshabinli) yaqin vaqtgacha asosiy uy arenasi boʻlgan „Progress“ stadionida ham oʻtkazadi.

Klubning uy maydoni Zarafshon shahrida joylashgan, sigʻimi 5000 kishiga moʻljallangan „Progress“ stadionidir. 2013-yil avgust oyida „Progress“ stadioni rekonstruksiya qilish uchun yopildi. 2013-yilning avgustidan 2014-yilning mayigacha klub oʻz uy uchrashuvlarini Navoiy shahridagi 10 000 oʻrinli „Soʻgʻdiyona“ stadionida oʻtkazdi. „Soʻgʻdiyona“ stadioni Navoiy klubi „Yujanin Navoiy“ klubining uy maydoni hisoblanadi. 2014-yilning may oyida klub oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazish uchun Navoiy shahrida joylashgan yana bir yangi qurilgan stadionga – „Yoshlar“ stadioniga koʻchib oʻtdi.[3]

Umid nihollari 2012“ uchun „Yoshlar“ stadioni biriktirilgan sport majmuasi bilan qurilgan; maktab oʻquvchilari oʻrtasida respublika sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi. 12 ming 500 oʻrinli stadion va sport majmuasi qurilishi 2011-yilning aprel oyida boshlanib, 2012-yilda yakuniga yetdi. Sport majmuasida voleybol, qoʻl toʻpi, basketbol oʻyinlari uchun ikkita yopiq maydon va boshqa inshootlar oʻrin olgan. Yangi „Yoshlar“ stadionining tantanali ochilish marosimi 2012-yilning may oyida „Umid nihollari-2012“ oʻyinlarining ochilishi bilan boʻlib oʻtdi. 2012-yilning noyabr oyida AFC yangi stadionga A toifasidagi toifani berdi. Birinchi rasmiy futbol oʻyini 2014-yil 3-may kuni Dinamo Samarqand jamoasi qarshi boʻlib oʻtgan[4][5].

Yutuqlari

tahrir

Joriy tarkib

tahrir
4-mart 2025-yil holatiga koʻra[6]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   UZB Sanjar Quvvatov
3 DF   UZB Dostonbek Tursunov
4 DF   UZB Ilhomjon Vahobov
5 DF   UZB Dilshod Komilov
7 MF   UZB Davron Anvarov
8 MF   UZB Shahzod Rahmatullayev
9 MF   UZB Humoyun Abdualimov
10 FW   UKR Roman Papariga
11 MF   GEO Jaba Jighauri
14 DF   UZB Fayzullo Qambarov
15 DF   UZB Nikola Kumburović
18 MF   UZB Farhod Bekmurodov
19 MF   UZB Ilhomjon Kenjayev
R. Poz. Millati Futbolchi
20 FW   UZB Bobomurod Bozorov
22 MF   UZB Shahzod Turopov
23 DF   UZB Samandar Shukrillayev
24 DF   UZB Xoʻjamurod Tursunov
30 GK   UZB Farhod Rahmatov
31 DF   UZB Damir Abdullayev
33 MF   UZB Sulton Rahmatov
70 MF   SRB Alen Mašović
77 MF   UZB Fayzullobek Jumanqoʻziyev
79 MF   UZB Diyor Rahmatullayev
78 DF   UZB Farruh Joʻrayev
88 DF   SRB Dušan Mijić
99 FW   GEO Elguja Lobjanidze

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
2 DF   UZB Kamron Norqulov
6 MF   UZB Murodali Usmonov
12 GK   UZB Suhrob Eshboyev
17 FW   UZB Akmaljon Muzafarov
29 MF   UZB Jahongir Erkinov
32 MF   UZB Mustaqim Boboqulov
34 MF   UZB Sherzod Majidov
R. Poz. Millati Futbolchi
36 DF   UZB Shohruh Nishonov
39 DF   UZB Amir Azamatov
40 FW   UZB Shomurod Togʻaymurodov
42 FW   UZB Samandar Rahimov
71 MF   UZB Asadbek Bahshilloyev
82 FW   UZB Shohrux Holiqov

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
37 DF   UZB Ibrohim Erkinov
38 MF   UZB Ozodbek Moʻydinov
R. Poz. Millati Futbolchi
72 GK   UZB Jahongir Mamatqulov

Klub hodimlari

tahrir

Klub rahbariyati va maʼmuriyati

tahrir
  • – Klub Prezidenti
  • Amin Ergashev – Bosh direktor
  • Alisher Xoliqov – Sport direktori

Murabbiylar shtabi

tahrir

2025-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.

Lavozim Ism
Bosh murabbiy   Nikola Lazarevic
Katta murabbiy   Farhod Nurullayev
Murabbiy   Akmal Xoliqov
Jismoniy tayyorgalik murabbiyi   Carlos Jimens
Darvozabonlar murabbiyi   Baxtimurod Hayriddinov
Tahlilchi   Sobir Pirnazarov

Boshqaruv tarixi

tahrir
Yillar Bosh murabbiy
1967—1993 maʼlumotlar yoʻq
1994—1995   Islom Axmedov
1996   Andrey Pavlovskiy
1997—1999   Rinat Embulatov

  Vladimir Desyatchikov

2000—2002   Sergey Shevchenko
2003   Rustam Mirsodiqov
2004   Sergey Shevchenko
2005—2007   Igor Shkvirin
2008—2010   Rustam Zabirov
2008   Vladimir Pachko
2011   Marat Kabayev
2012—2013   Ravshan Haydarov
2013   Rustam Zabirov[7]
2013—2016   Yuriy Lukin[8]
2017—2020   Xamidjon Aktamov
2020   Toshmurod Ogʻamurodov[9]
2020—2021   Xamidjon Aktamov
2022   Nikola Lazarevic[10]
2023   Asror Aliqulov[11]
2023—2024   Jamshid Saidov
2025—   Nikola Lazarevic[12]

Mashhur futbolchilar

tahrir
Sobiq SSSR davlatlari
Yevropa
Afrika
Janubiy Amerika


Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „“Қизилқум” футбол клуби тарихидан“ (deadlink). 2016-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2016-yil.
  2. „"Пахтакор" майдонида очко олиш машаққати — "Қизилқум"нинг Тошкентдаги биринчи ва ягона ғалабасини эслаймиз“ (2024-yil 25-may).
  3. „ru:"Кызылкум": домашние матчи теперь в спортивном комплексе "Ёшлар"“ (ruscha) (18-aprel 2014-yil).
  4. „Qizilqum – Dinamo Samarkand, 2014-05-03“. soccerway.
  5. „pfl.uz — Суперлига: Улар майдонга тушадилар“ (deadlink). 4-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-mart 2018-yil.
  6. „Қизилқум“. pfl.uz/. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. Qaraldi: 2025-yil 4-mart.
  7. „Рустам Забиров “Қизилқум”дан кетди“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  8. „"Қизилқум": Жамоага Юрий Лукин бош мураббий бўлди“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  9. „Тачмурод Агамуродов — "Қизилқум" бош мураббийи“. 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  10. „Расман: Никола Лазаревич - “Қизилқум” жамоаси бош мураббийи“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  11. „Расман: Асрор Алиқулов — "Қизилқум" бош мураббийи“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  12. „Расман! Никола Лазаревич "Қизилқум" бош мураббийи.“ (uz). sports.uz (2024-yil 26-dekabr).

Havolalar

tahrir