Rustam Mirsodiqov
Rustam Toʻxtamurodovich Mirsodiqov (ruscha: Мирсадыков, Рустам Тухтамурадович; 19-may 1955-yil) – oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rustam Toʻxtamurodovich Мirsodiqov | ||
Tavallud sanasi | 19-mart 1954-yil | ||
Tavallud joyi | Qoʻqon, Oʻzbekiston SSR | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1972—1975 | Paxtakor | 3 | (0) |
1975—1976 | Traktor Toshkent | - | (-) |
1977—1980 | Irrigator / Boʻston | 77+ | (6) |
1981—1982 | Dinamo Samarqand | 2 | (1) |
1985—1986 | Sohibkor | 48 | (3) |
1988 | Dinamo Samarqand | 4 | (0) |
1989 | Andijon | 7 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
1992 | Paxtakor (assistent) | ||
1995 | Doʻstlik (Jamoa boshligʻi) | ||
1996 | Doʻstlik | ||
1996—1998 | MHSK | ||
1997 | Oʻzbekiston | ||
1999 | Doʻstlik | ||
2003 | Qizilqum | ||
2005 | Lokomotiv Toshkent | ||
2008—2017 | Metallurg Bekobod | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Biografiyasi
tahrirFutbolchilik faoliyati
tahrirRustam Mirsodiqov futbolga ilk qadamlarini Toshkentdagi „Titov“ nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida murabbiylar I.Toshmuxamedov, V.Yatchenko va Y.Aranovichlar rahbarligida qoʻygan[1].
1972-yilda "Paxtakor" futbol jamoasiga tavsiya etilgan va bu jamoada 1975-yilgacha oʻynagan. Keyin esa Toshkentning "Traktor" jamoasi sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida „Boʻston“, "Dinamo Samarqand" va "Sohibkor" klublarida toʻp surgan. Rustam Mirsodiqov futbolchi sifatidagi professional faoliyatini 1989-yilda Andijonning "Spartak" klubida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
tahrir1991-yildan boshlab Mirsodiqov murabbiylik faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 1992-yilda "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Axrol Inoyatovning yordamchisi vazifasini bajargan[1]. 1995-1996-yillarda "Doʻstlik" klubida klub rahbari va bosh murabbiy lavozimlarida ishlagan.
1996-1998-yillarda Toshkentning "MHSK" klubiga rahbarlik qilgan. 1997-yilda uning boshchiligida "MHSK" Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. Oʻsha mavsum yakunida Rustam Mirsodiqov O‘zbekistonda "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb topilgan.
1997-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan[2]. Mirsodiqov oldidagi masala klubni 1998-yilgi jahon chempionatiga olib chiqish edi. Ammo jamoa saralash turnirida yomon natija koʻrsatadi va Mirsodiqov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi.
1999-yilda yana "Doʻstlik" klubiga murabbiy etib tayinlanadi va oʻsha mavsumda klubni mamlakat chempionligiga olib chiqadi. Mavsum yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ nominatsiyasi uchun soʻrovnomada uchinchi oʻrinni egallaydi.
Shundan soʻng Toshkentning "Lokomotiv" va "Qizilqum" klublarida faoliyatini davom ettirgan. 2008-2017-yillarda Bekobodning "Metallurg" klubini boshqargan.
Yutuqlari
tahrir- 1997, 1999-yillar – Oʻzbekiston chempioni.
- 1997-yil – Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Рустам Мирсадыкову 60 лет!“ (deadlink). metallurg-pfc.uz (2013-yil 11-iyul). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Uzbekistan International Matches – Details 1992-1999 – RSSSF