Alisher Xoliqov (inglizcha: Alisher Khalikov, 20-aprel 1982-yil;[1] Zarafshon (shahar), Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sobiq oʻzbek futbolchisi, hujumchi.

Alisher Xoliqov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alisher Xoliqov
Tavallud sanasi 20-aprel 1982-yil (1982-04-20) (41 yosh)
Tavallud joyi Zarafshon Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 179 cm (5 ft 10 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Vazni 78 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Zarafshon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2002 Zarafshon 50 (18)
2003—2004 Qizilqum 30 (5)
2004—2007 Buxoro 65 (16)
2008—2012 Neftchi 69 (27)
2012 Buxoro 7 (0)
2012 Qizilqum 12 (1)
2013 Zarafshon 11 (4)
2013—2015 Qizilqum 48 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Alisher Xoliqov professional faoliyatini 2000-yilda „Zarafshon Navoiy“ safida boshlagan va 2002-yilning oxirigacha ushbu klubda toʻp surgan. Bu vaqt ichida u 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urishga erishdi. 2003-yil boshida „Qizilqum“ga oʻtib, ikki mavsum „oltin izlovchilar“ safida toʻp surgan, bu jamoada 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

2005-yil boshida Xoliqov buxoroliklar klubi bilan shartnoma imzoladi, shuningdek, buxoroliklar safida ikki mavsum toʻp surdi va bu mavsumda 65 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi. 2008-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 2010-yilda ushbu jamoa tarkibida 13 ta gol urib, Oʻzbekiston Oliy ligasining ikki toʻpuraridan (Nosirbek Otaqoʻziyev bilan) biriga aylandi. Xoliqov „Neftchi“ safida jami 69 ta oʻyinda maydonga tushib, 27 ta gol urgan.

2012-yilda yana „Buxoro“ va „Qizilqum“da yarim mavsum toʻp surdi. 2013-yilning birinchi yarmini Navoiyning „Zarafshon“ klubida ijara asosida oʻtkazdi.[2] Oʻsha yilning ikkinchi yarmida u „Qizilqum“ga qaytdi va 2015-yilda shu jamoa tarkibida faoliyatini yakunlagan.[3]

Yutuqlar tahrir

Individual tahrir

Manbalar tahrir


Havolalar tahrir