Nosir Otaqoʻziyev (1984-yil 30-yanvar) — sobiq oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Hozirda Fargʻona futbol federatsiyasi vitse prezidenti.[1]

Nosirbek Otaqoʻziyev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 29-dekabr 1984-yil (1984-12-29) (39 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001-2003 Neftchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2009 Neftchi 107 (49)
2010 Olmaliq 26 (13)
2011—2012 Nasaf 26 (8)
2013 Olmaliq 10 (2)
2013 Guliston 12 (3)
2013—2014 Neftchi 21 (6)
2015—2019 Qoʻqon 1912 103 (25)
Milliy terma jamoa
2010—2013 Oʻzbekiston 2
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Klub tahrir

Faoliyatini 2003-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. U „neftchilar“ safida 2009-yil oxirigacha toʻp surgan va shu vaqt ichida 107 ta oʻyin oʻtkazib, 49ta gol urgan. Keyingi yillarda esa „Olmaliq“da oʻynadi va 2010-yilda oliy liganing ikki toʻpuraridan biriga aylandi. 2011-yilda Qarshining " Nasaf " klubiga koʻchib oʻtdi. Otaqoʻziev OFK kubogi −2011 guruh bosqichining birinchi bosqichida 77-daqiqada „Al-Ansor“ darvozasini ishgʻol qilgan edi[2].OFK kubogida gʻalaba qozonishida katta hissa qoʻshgan. U jami 5 ta gol urdi va oʻsha yilgi musobaqada Ivan Boshkovichdan keyin „Nasaf“ning 6 ta gol bilan eng yaxshi 2-toʻpurari boʻldi. Keyinchalik yana „Olmaliq“da, „Guliston“da, 2013—2014-yillarda yana „Neftchi“da oʻynagan[3]. 2015-yildan „Qoʻqon-1912“ futbolchisi.[4] Qoʻqon-1912 jamoasida 4 mavsum toʻp surgan,[5] Nosir 2019-yildan Neftchi jamoasi safiga qaytdi.[6]

Terma jamoada tahrir

U 2011-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ikkita, Chernogoriya va Ukraina terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan.

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Вазирлар Маҳкамаси қарори ижроси, “Истиқлол”нинг кейинги тақдири, вилоятда клублар сони оширилиши. Фарғона вилояти футбол ассоциацияси биринчи вице-президенти Носир Отақўзиев билан суҳбат“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
  2. „Nasaf Qarshi v Al-Ansar Club“. The AFC (1-mart 2011-yil). Qaraldi: 6-mart 2011-yil.
  3. „Носир Отақўзиев «Нефтчи»га қайтди“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
  4. „Носир Отақўзиев "Қўқон-1912"га ўтди“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
  5. „Суперлига-2018. Майдонга тушган энг фахрий футболчилар ТОП-10“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
  6. „Носир Отақўзиев ва Руслан Мелзиддинов "Нефтчи"да“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
  7. „Олий лиганинг барча снайперлари“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
  8. „Охирги 15 йилнинг олий лига тўпурарлари (фаолиятини якунламаганлар)“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir