Shahboz Qobil oʻgʻli Joʻrabekov (ruscha: Журабеков, Шахбоз Кабул угли) – Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyada oʻynaydi. Navoiyning „Qizilqum“ jamoasi futbolchisi. Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ va Namanganning „Navbahor“ jamoalarida oʻynagan.

Shahboz Joʻrabekov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shahboz Qobil oʻgʻli Joʻrabekov
Tavallud sanasi 2-fevral 1997-yil (1997-02-02) (27 yosh)
Tavallud joyi Jizzax Oʻzbekiston
Boʻyi 1.82 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2015 Soʻgʻdiyona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2022 Soʻgʻdiyona 100 (7)
2023 Navbahor 14 (1)
2024— Qizilqum 1 (1)
Milliy terma jamoa
2018—2019 Oʻzbekiston U-23 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Shahboz Jizzax futbol maktabida taʼlim olgan. Ilk professional jamoasi Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi boʻlib, 2015-yil bosh murabbiy Davron Fayziyev tomonidan asosiy jamoaga jalb etilgan. 2017-yilda ilk bor asosiy tarkibda ilk bor debyut qilgan. Yetti mavsum davomida Jizzax klubi sharafini himoya qilgan[1][2][3] va 2021-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsumda ilk bor xalqaro maydonda, AFC Kubogi turnirida ishtorok etgan. 2022-yil mavsum yakunida „Soʻgʻdiyona“ jamoasini tark etgan[4]. 2023-yilgi mavsumda Namanganninga „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[5] va mavsum yakunida jamoani tark etgan[6][7]. 2024-yil yanvar oyida Navoiyning „Qizilqum“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[8][9].

Yutuqlar tahrir

Shahsiy hayot tahrir

Shahboz taniqli futbolchi, uzoq yillar Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasida hujumchi pozistiyasida oʻynagan Qobil Aliqulovning farzandi hisoblanadi[10][11].

Manbalar tahrir

  1. „Туропов, Жўрабеков, Чориев ва бошқалар. Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси“ (26 окт 2021).
  2. „Ҳаводаги Жўрабеков, бақираётган Ширинбой ёхуд "Сўғдиёна" - "Сурхон" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ“ (02 апр 2021).
  3. „Coca Cola Суперлига. Томива, Жиянов, Жўрабеков ва бошқалар: 3-тур рамзий терма жамоаси“ (20 мар 2022).
  4. „Жўрабеков "Сўғдиёна"дан кетди“ (22 ноя 2022).
  5. „Расман: Шаҳбоз Жўрабеков – “Навбаҳор” футболчиси!“ (21 дек 2022).
  6. „Шаҳбоз Жўрабеков "Навбаҳор"ни тарк этди“ (2023-yil 2-dekabr).
  7. „Жўрабеков "Навбаҳор"дан кетди“ (2024-yil 4-yanvar).
  8. „Шаҳбоз Жўрабеков — «Қизилқум» футболчиси“ (2024-yil 5-yanvar).
  9. „Расман: Ўтган мавсум "Навбаҳор"да ўйнаган ҳимоячи "Қизилқум"га ўтди“ (2024-yil 6-yanvar).
  10. „Ота касбни танланган футболчи, Карвахалнинг жиззахлик мухлиси, “Сўғдиёна”нинг муваффақият сирлари ёхуд Шаҳбоз Жўрабеков билан суҳбат“ (10 май 2021).
  11. „Интервью. Шаҳбоз Жўрабеков: "Навбаҳор"да чемпион бўлиш учун ҳамма нарса бор эди"“ (2023-yil 11-dekabr).

Havolalar tahrir