Vladimir Shishelov
Shishelov Vladimir Aleksandrovich (8-noyabr 1979-yil, Apsheronsk, Krasnodar Krasnodar oʻlkasi, RSFSR, SSSR) – rus va oʻzbek futbolchisi, hujumchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Shishelov Vladimir Aleksandrovich | ||
Tavallud sanasi | 8-noyabr 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Krasnodar oʻlkasi RSFSR | ||
Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996 | Progress | (18 (8)) | |
1997—1999 | Zarafshon | (54 (34)) | |
2000 | Buxoro | (29 (11)) | |
2001 | Shinnik | (2 (0)) | |
2001—2002 | Lada | (27 (8)) | |
2002—2004 | Zimbru | (45 (28)) | |
2004 | Paxtakor | (11 (2)) | |
2005 | Ximki | (2 (0)) | |
2005 | Chanchun Yatay | (9 (6)) | |
2007 | Quruvchi | (17 (3)) | |
2018 | Zvezda | (21 (10)) | |
2018—2009 | Ural | (56 (29)) | |
2010—2011 | Jemchujina-Sochi | (27 (5)) | |
2011—2012 | Fakel (Voronej) | (16 (3)) | |
2012 | Andijon | (11 (7)) | |
2012 | Nasaf | (11 (6)) | |
2013 | Metallurg-Kuzbass | (11 (2)) | |
2014 | Qizilqum | (11 (3)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirVladimir Shishelov 7 yoshidan boshlab futbolga qiziqqan. Professional faoliyatini esa Zarafshon shahrining „Progress“ jamoasida boshlagan. Uning birinchi murabbiy – Viktor Konstantinovich Pujalin hisoblanadi.
Uning birinchi professional klubi „Qizilqum Zarafshon“ boʻlib, 1996-yilda oʻynay boshlagan. 1997-1999-yillarda „Zarafshon Navoiy“ jamoasida toʻp surgan. U 2002-yilda Zimbru Kishinyovga koʻchib oʻtdi. U klubda ikki mavsum oʻynadi. Birinchi mavsumida u Liga oʻyinlarida 13 ta gol urdi va Liganing 2-eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2003-04-yilgi mavsumda u 15 ta gol urdi va Moldova milliy divizionining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Shishelov 2003-yilda Kishinyovning „Zimbru“ jamoasida oʻynab, Moldova kubogini qoʻlga kiritgan. Shishelov 2008-yilgi mavsum oxirida jamoa oʻyinlarida 23 ta gol urib, Birinchi divizion toʻpurarlari oʻrtasidagi bahsda ikkinchi oʻringa koʻtarilib olgan.[1] 2009-yilda Vladimir mahalliy jurnalistlar tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra „Ural“ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.[2] 2009-yil dekabr oyida u Birinchi divizionning yangi aʼzosi „Jemchujina-Sochi“ (Rossiya futbol klubi)klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.[3] Vladimir Shishelov 2014-yilning yanvarida professional faoliyatini boshlagan klubiga qaytgan. Oʻsha paytga kelib ushbu jamoa oʻz nomini ,,Qizilqum" nomi deya oʻzgartirgan.
U 2000-2012-yillar oraligʻida milliy terma jamoa safida 28 oʻyin oʻtkazib, 11 gol urgan. U endi Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynay olmaydi, chunki u hozir Rossiya fuqarosi va Oʻzbekistonda ikki fuqarolikka ruxsat berilmaydi.[4]
Yutuqlari
tahrirKlub
tahrir- Shinnik Yaroslavl
- Rossiya Birinchi Ligasi gʻolibi (1): 2001
- Zimbru Kishinyov
- Moldova milliy divizioni 2-oʻrin sohibi (1): 2002-03
- Moldova kubogi (2): 2003, 2004
- Bunyodkor
- Oʻzbekiston ligasi (1): 2007
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 2007
- Nasaf
- Oʻzbekiston kubogi ikkinchi oʻrin (1): 2012
Individual
tahrir- Oʻzbekistonning eng yaxshi oʻyinchisi ikkinchi oʻrin (1): 2003
- Moldova milliy divizioni toʻpurari: 2003-04 (15 gol)
Faoliyat
tahrirTerma jamoa uchun gollar
tahrir- 7 September 2012[5]
№ | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 30 April 2003 | Toshkent, Oʻzbekiston | Belarus | 1-2 | Magʻlubiyat | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2 | 6 November 2003 | Toshkent, Oʻzbekiston | Gonkong | 4-1 | Gʻalaba | 2004 AFC Asian Cup qualification |
3 | 6 November 2004 | Toshkent, Oʻzbekiston | Gonkong | 4-1 | Gʻalaba | 2004 AFC Asian Cup qualification |
4 | 8 November 2003 | Toshkent, Oʻzbekiston | Tailand | 3-0 | Gʻalaba | 2004 AFC Asian Cup qualification |
5 | 8 November 2003 | Toshkent, Oʻzbekiston | Tailand | 3-0 | Gʻalaba | 2004 AFC Asian Cup qualification |
6 | 17 November 2003 | Bangkok, Tailand | Tojikiston | 4-1 | Gʻalaba | 2004 AFC Asian Cup qualification |
7 | 17 November 2003 | Bangkok, Tailand | Tojikiston | 4-1 | Gʻalaba | 2004 AFC Asian Cup qualification |
8 | 9 June 2004 | Toshkent, Oʻzbekiston | Falastin | 3-0 | Gʻalaba | 2006 FIFA World Cup qualification |
9 | 30 July 2004 | Chengdu, China | Bahrayn | 2-2 | Durang | 2004 AFC Asian Cup |
10 | 9 March 2007 | Shymkent, Qozogʻiston | Qirgʻiziston | 6-0 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
11 | 27 March 2007 | Macau, China | Xitoy | 1-3 | Magʻlubiyat | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Manbalar
tahrir- ↑ Statistika po zabitim myacham v pervom divizione 2008 (Wayback Machine saytida 17-sentabr 2008-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Vladimir Shishelov – luchshiy po mneniyu jurnalistov[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Jemchujina-Sochi“ podpisala odnogo iz luchshix bombardirov Pervogo diviziona
- ↑ „Uzbekistan - Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2008-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Vladimir Shishelov statistics“. national-football-teams.com.
Havolalar
tahrir- Vladimir Shishelov National-Football-Teams.com saytida
- Player statistics at Sportbox.ru (ruscha)
- Vladimir Shishelov Soccerway saytida