Belarus milliy futbol terma jamoasi
Belarus milliy futbol terma jamoasi (belaruscha: Zbornaya Belarusi pa futbole, romanlashtirilgan: Zbornaja Biełarusi pa futbole; rus: Sbornaya Belarusi po futbolu) Belarus sharafinini xalqaro futbolda himoya qiladi. Belarusiyada futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Belarus futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Belarus terma jamoasining uy maydoni Minskdagi „Dinamo“ stadioni. 1991-yilda mustaqillikka erishganidan beri Belarus hali FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionatiga chiqmagan.
![]() | |||
Laqabi | Oq qanotlar | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Belarusiya Futbol Federatsiyasi | ||
Konfederatsiya | UEFA (Yeropa) | ||
Bosh murabbiy | Georgy Kondratyev | ||
Sardor | Yevgeny Yablonsky | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Alyaksandr Kulchy (102) | ||
Toʻpurar | Maksim Romaschenko (20) | ||
Uy stadioni | Dinamo Stadium, Minsk | ||
FIFA kodi | BLR | ||
Eng yuqori FIFA reytingi | 36 (Fevral 2011) | ||
Eng past FIFA reytingi | 142 (Mart 1994) | ||
Elo reytingi | 100 | ||
Eng yuqori Elo reytingi | 47 (17-noyabr 2010) | ||
Eng past Elo reytingi | 122 (1997-1998) | ||
| |||
Ilk xalqaro oʻyini | |||
Norasmiy:![]() ![]() (Vilnyus, Litva; 20-iyul 1992) Rasmiy: ![]() ![]() (Minsk, Belarus; 28-oktyabr 1992) | |||
Yirik gʻalabasi | |||
![]() ![]() (Minsk, Belarus; 7-iyun 1998) ![]() ![]() (Borisov, Belarus; 4-sentyabr 2014) ![]() ![]() (Minsk, Belarus; 8-sentyabr 2018) | |||
Yirik magʻlubiyati | |||
![]() ![]() (Leuven, Belgiya; 30-mart 2021) |
TarixTahrirlash
Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, Belarus birinchi oʻyinini 1992-yil 20-iyulda Litvaga qarshi oʻtkazdi. Bungacha bir qator belaruslik futbolchilar Sovet Ittifoqi terma jamoasida oʻynashgan. FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyin 1992-yil 28-oktyabrda Ukrainaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lgan. Birinchi g‘alaba esa 1994-yil 12-oktyabrda Lyuksemburgga qarshi o‘yinda qayd etilgan[1].
Belarus futbol terma jamoasi FIFA Jahon chempionatiga ham, UEFA Yevropa chempionatiga ham yoʻllanma olmagan. Jamoa 2002-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Uelsdan magʻlub boʻlgan. Guruhda umumiy natijalarga koʻra uchinchi oʻrinni egallagan. Ularning 2004-yilgi Yevropa chempionati saralashidagi ishtiroki juda omadsiz oʻtdi, chunki Belarus sakkizta oʻyinning yettitasida magʻlub boʻldi. Belorussiya kichik turnirlarda bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. 2002-yilda jamoa Rossiya va Ukrainani magʻlub etib, LG kubogini qoʻlga kiritdi. 2004—2008-yillarda ular mos ravishda 12 va 14-chi Malta xalqaro turnirida gʻolib boʻlishdi.
2020-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Belarus oʻz guruhida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Belarus 2018—2019-yilgi UEFA Millatlar ligasida oʻz guruhida birinchi oʻrinni egalladi. Pley-offda Gruziya futbol terma jamoasiga 1:0 hisobda magʻlub boʻldi.
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida Belarusning ishtiroki tufayli Yevropaning futbol boʻyicha boshqaruv organi UEFA Belarus milliy va klub jamoalariga xalqaro oʻyinlar, musobaqalarda ishtirok etishni taʼqiqladi[2][3].
FutbolchilarTahrirlash
Eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilarTahrirlash
Daraja | Futbolchi | Ishtirok | Gollar | Yil |
---|---|---|---|---|
1 | Alyaksandr Kulchy | 102 | 5 | 1996-2012 |
2 | Alexander Hleb | 80 | 6 | 2001-2019 |
Sergey Gurenko | 80 | 3 | 1994-2006 | |
4 | Sergey Kornilenko | 78 | 17 | 2003-2016 |
5 | Timofey Kalachyov | 76 | 10 | 2004-2016 |
6 | Alyaksandr Martynovich | 75 | 2 | 2009-2020 |
7 | Syarhey Kislyak | 74 | 9 | 2009-2021 |
Syarhey Amelyanchuk | 74 | 1 | 2002-2011 | |
9 | Syarhey Shtanyuk | 71 | 3 | 1995-2007 |
10 | Stanislav Drahun | 68 | 11 | 2011-2020 |
Eng yaxshi toʻpurarlarTahrirlash
Daraja | Futbolchi | Gol | Ishtirok | Nisbat | Yil |
---|---|---|---|---|---|
1 | Maksim Romaschenko | 20 | 64 | 0.31 | 1998-2008 |
2 | Sergei Kornilenko | 17 | 78 | 0.22 | 2003-2016 |
3 | Vitali Kutuzov | 13 | 52 | 0.25 | 2002-2011 |
4 | Vyacheslav Hleb | 12 | 45 | 0.27 | 2004-2011 |
5 | Stanislaw Drahun | 11 | 68 | 0.16 | 2011-2020 |
6 | Raman Vasilyuk | 10 | 24 | 0.42 | 2000-2008 |
Vitali Rodionov | 10 | 48 | 0.21 | 2007-2017 | |
Valyantsin Byalkevich | 10 | 56 | 0.18 | 1992-2005 | |
Timofey Kalachyov | 10 | 76 | 0.13 | 2004-2016 | |
10 | Syarhey Kislyak | 9 | 74 | 0.12 | 2009-2021 |
Murabbiylik tarixiTahrirlash
Murabbiy | Faoliyat | Oʻyinlar | G‘alaba | Durang | Magʻlubiyat | Gol |
---|---|---|---|---|---|---|
Mixail Vergeyenko | 1992-1994, 1997—1999 | 24 | 2 | 6 | 16 | 22-40 |
Sergey Borovskiy | 1994-1996, 1999—2000 | 26 | 4 | 9 | 13 | 21-43 |
Eduard Malofeyev | 2000-2003 | 22 | 10 | 5 | 7 | 31-31 |
Valeriy Streltsov | 2002 yil | 1 | 0 | 0 | 1 | 0-3 |
Anatoliy Baidachny | 2003-2005 | 22 | 10 | 4 | 8 | 34-29 |
Yuriy Puntus | 2006-2007 | 14 | 3 | 4 | 7 | 19-26 |
Bernd Stange | 2007-2011 | 49 | 17 | 14 | 18 | 65-54 |
Georgiy Kondratyev | 2011-2014, 2021- | 45 | 13 | 11 | 21 | 50-57 |
Andrey Zigmantovich | 2014 yil | 2 | 1 | 0 | 1 | 3-5 |
Alyaksandr Katskevich | 2014-2016 | 18 | 6 | 6 | 6 | 14-19 |
Igor Kriushenko | 2017-2019 yillar | 25 | 8 | 4 | 13 | 23-37 |
Mixail Markhel | 2019-2021 yillar | 18 | 7 | 3 | 9 | 23-35 |
Oleg Radushko | 2021 yil | 1 | 0 | 0 | 1 | 0-2 |
Jami: | 1992-yildan hozirgi kungacha' | 268 | 81 | 66 | 121 | 305-382 |