Minsk (belaruscha: Мінск, 1939-yilgacha — Менск deb atalgan ruscha: Минск) — Belarus Respublikasining poytaxti, Minsk viloyati markazi. Transport yoʻli, avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Svisloch daryosining (Berezina irmogʻi) har ikkala sohilida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6,9°, iyulniki 17,8°. Yillik yogʻin miqdori 646 mm. Aholisi 1719 ming kishi (1998), asosan, belaruslar, shuningdek, rus, ukrain, polyak va boshqa millat vakillari ham yashaydi. M. birinchi marta 1067-yil yilnomalarida "Menesk" shaklida tilga olingan. 12-asr boshlarida Minsk knyazligining maʼmuriy markazi, 14-asrda Litva va Polsha qoʻl ostiga oʻtdi. 1569-yildan Minsk voyevodaligining markazi. 1793-yilda Rossiyaga qoʻshib olindi. 1919-yil 1-yanvardan Belarus shoʻrolar Respublikasi poytaxti. Ikkinchi jahon urushi davrida 80% tupap joy binolari, barcha fabrika va zavodlar, elektr stansiyalar, ilmiy muassasalar, teatrlar qattiq shikastlandi, baʼzilari yoʻq boʻlib ketdi. 1944-yil 3-iyulda M. nemis-fashistlar okkupatsi-yasidan ozod qilindi. Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan mardligi va qahramonligi va shaharning ozod qilinganligi munosabati bilan M.ga qahramon shahar unvoni berildi (1974-yil 26-iyun). M. 1991-yildan mustaqil Belarus Respublikasining poytaxti. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. "MTZ" traktor zavoddi, avtomobil "Belavto "MAZ" ishlab chiqarish birlashmasi, stanoksozlik, avtomatik liniyalar, motor, podshipnik, isitish uskunalari, elektrotexnika, sovitkich, asbobsozlik, elektron-hisoblash mashinalari, ressor zavodlari faoliyat koʻrsatadi. Kimyo sanoati (tibbiy pre-paratlar, lok-boʻyoq zavodlari), mebel qurilish materiallari (gips va chinni, kurilish materiallari va yirik blokli qurilish detallari kombinatlari, uysozlik zavoddlari), yengil (kamvol va mayin movut kombinatlari, koʻn, tikuvchilik, trikotaj fabrikalari), oziqovqat sanoatlari korxonalari (goʻsht, sut, un kombinatlari, qandolatpazlik, tamaki fabrikalari, non, margarin, pivo zavodlari), poligrafiya kombinati bor. 1984-yilda metropoliten ishga tushirilgan. M.ni mahalliy TETS va boshqa elektr stansiyalar elektr energiya bilan taʼminlaydi. 13 oliy oʻquv yurti, 29 ilmiy tadqiqot instituti, 7 teatr, 12 muzey, sanatoriylar bor.

Minsk
Skyline of Minsk, Belarus
Minsk, Belarusning bayrogʻi
Bayroq
Minsk, Belarusning rasmiy gerbi
Gerb
Miensk - Plac Niezaležnaści.jpg
53°54′8.086″N 27°33′42.613″E / 53.90224611°N 27.56183694°E / 53.90224611; 27.56183694 G OKoordinatalari: 53°54′8.086″N 27°33′42.613″E / 53.90224611°N 27.56183694°E / 53.90224611; 27.56183694 G O
Mamlakat Belarus
Hukumat
 • mer Nikolay Ladutko (2009—)
Zichligi 6986 kishi/km2
Minsk xaritada
Minsk
Minsk

Meʼmoriy binolardan Hukumat uyi (1930—33), sport saroyi (1966), suv sporti saroyi majmuasi (1965—69) mashhur.

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash