Minsk viloyati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Minsk viloyati - Belarusning markaziy qismidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tuzilgan. Maydoni 40,8 ming km². Aholisi 3301 ming kishi (1998). AsoSan belaruslar, shuningdek, rus, polyak, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Yer yuzasi sertepa, morenali qirlar, tekislik va pasttekislikdan iborat. Foydali kazilmalardan: kaliy va tosh tuzlari, torf, boʻr, mergel, qum, shagʻal, gil bor. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6°, —7°, iyulniki 17—18°. Yillik yogʻin 500–700 mm. Vegetatsiya davri 185—195 kun. Yirik daryolari: Berezina (Dnepr irmogʻi), Ptich va Sluch (Pripyat irmoklari). Neman daryosi Minsk viloyati hududidan boshlanadi. Koʻl koʻp. Tuprogʻi chimlipodzol, torfli-botqoq va allyuvial tuproqlar. Hududining 36,8% oʻrmon, 14% botqoklik, 15% yaylov va oʻtloqlar. Boʻri, tulki, los, yelik, boʻrsiq, norka, quyon, tiy-in, qobon, suvsar, oq sichqon, yenotsimon it, qushlardan qur, chil, oʻrdak yashaydi. Baliq turi koʻp. Viloyat shimsharqida Berezina qoʻriqxonasining bir qismi joylashgan. Viloyat energetikasi mahalliy (torf) va chetdan keltirilgan yoqilgʻi (kumir, neft mahsulotlari, tabiiy gaz) asosida ishlaydi. Torf zaxirasi va torf qazib olish boʻyicha Minsk viloyati Belarusda 1-oʻrinda turadi. Viloyat sanoat mahsulotining 21% ni mashinasozlik va metallsozlik (transport, stanoksozlik, har xil sanoat tarmoqlari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish) beradi. Avtomobil zavodi, avtotraktor elektr asbob-uskunalari, avtogidrokuchaytirgich zavodlari, stanoksozlik, avtomobil sanoati uchun yarimoʻtkazgich ventillar, metall konstruksiyalar zavodlari va boshqa korxonalar bor. Starobin kaliy tuzlari asosida kimyo sanoati rivojlangan, qurilish materiallari (temir-beton buyumlar, qurilish detallari, keramika va drenaj quvurlar) ishlab chiqariladi. Faner-gugurt, yogʻochsozlik kombinatlari, pianino, mebel fabrikalari, yogʻoch zavodi ishlab turibdi. Tikuvchilik fabrikasi, zigir tola zavodi, oynashisha, kun-poyabzal, trikotaj kabi yengil sanoat korxonalari, musiqa asboblari fabrikasi bor. Oziqovqat sanoati rivojlangan. Qishloq xoʻjaligisut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan. Gʻalla va dukkaklilar, texnika ekinlari, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻ va mevazorlar bor. Transport yoʻli transporti asosiy oʻrinda. Berezinada kema qatnaydi. Aeroport bor. Koʻpchilik shahar va tuman markazlari avialiniyalar orqali Minsk bilan bogʻlangan. Minskda 1984-yildan metropoliten faoliyat koʻrsatmoqda. 13 oliy oʻquv yurti, 29 ilmiy tadqiqot instituti, 7 teatr, 12 muzey, sanatoriylar mavjud.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |