Norvegiya milliy futbol terma jamoasi


Norvegiya milliy futbol terma jamoasi (norveg tilida: Norges herrelandslagi fotball, yoki norasmiy ravishda Landslaget) Norvegiya sharafini erkaklar xalqaro futbolida himoya qiladi. Jamoa Norvegiyaning futbol boʻyicha kengashi boʻlgan Norvegiya futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi. Norvegiyaning uy maydoni Oslodagi Ullevaal Stadioni hisoblanadi va jamoa bosh murabbiyi Ståle Solbakkendir. Norvegiya 3 marta FIFA Jahon chempionatida (1938, 1994, 1998), bir marta UEFA Yevropa chempionatida (2000) ishtirok etgan[3].

Norvegiya
Shirt badge/Association crest
Tahallusi Drillos[lower-alpha 1]
Løvene (The Lions)
Assotsiatsiya Norges Fotballforbund (NFF)
Konfederatsiya UEFA (Europe)
Bosh murabbiy Ståle Solbakken
Sardor Martin Ødegaard
Eng koʻp oʻynagan futbolchi John Arne Riise (110)
Eng yaxshi toʻpurar Jørgen Juve (33)
Uy stadioni Ullevaal Stadion
FIFA kodi NOR
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 44 (20 July 2023)[1]
Eng yuqori 2 (October 1993, July–August 1995)
Eng past 88 (July 2017)
Birinchi xalqaro oʻyin
 Shvetsiya 11–3 Norvegiya 
(Gothenburg, Sweden; 12 July 1908)
Eng yirik gʻalaba
 Norvegiya 12–0 Finlandiya 
(Bergen, Norway; 28 June 1946)[2]
Eng yirik magʻlubiyat
 Daniya 12–0 Norvegiya 
(Copenhagen, Denmark; 7 October 1917)
Jahon chempionati
Ishtiroki 3 (Ilk marta 1938-yili)
Eng yaxshi natijasi Round of 16 (1938, 1998)
UEFA European Championship
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2000-yili)
Eng yaxshi natijasi Group stage (2000)
Vebsayt fotball.no

Norvegiya Braziliyaga qarshi barcha bahslarda magʻlubiyatsiz natija bilan qolayotgan yagona milliy terma jamoa hisoblanadi. Toʻrtta bahsda Norvegiya Braziliyaga qarshi 2 ta gʻalaba va 2 ta durang natijani qayd etgan. Ushbu natijalar uchta oʻrtoqlik bahsida (1988, 1997 va 2006-yillarda) va 1998-yilgi jahon chempionati guruh bosqichi bahslarida qayd etilgan.

Tarixi

tahrir

Norvegiyaning xalqaro futboldagi natijalari odatda Skandinaviya yarimorolidagi qoʻshnilari Shvedsiya va Daniyaga qaraganda pastroq boʻlgan. Ammo ular 1930-yillarning oxirida oltin davrni boshdan oʻtkazishgan. Olimpiya terma jamoasi mezbon Germaniyani magʻlubiyatga uchratib 1936-yilgi Olimpiya oʻyinlarida uchinchi oʻringa erishdi. Norvegiya, shuningdek, 1938-yilgi FIFA jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Chempionatda Italiyaga qarshi qoʻshimcha vaqtlarda 2-1 hisobida yutqazib qoʻydi. Bu Norvegiyaning 56 yil ichidagi soʻnggi jahon chempionatida oʻtkazgan uchrashuvi boʻldi[4].

Urushdan keyingi yillarda, yaʼni 1980-yillargacha Norvegiya Yevropadagi kuchsiz jamoalardan biri hisoblangan. Ular bu davrda hech qachon jahon chempionati yoki Yevropa chempionatiga yoʻllanma ololmagan va odatda kvalifikatsiyani guruhining quyi pogʻonasiga yaqin oʻrinda yakunlashgan[5]. Shunga qaramay, Norvegiya vaqti-vaqti bilan shov-shuvli natijalarni qayd etishi bilan shuhrat qozongan, masalan, 1965-yilda Yugoslaviyaga qarshi uchrashuvda 3-0 hisobida gʻalaba, 1968-yilda Fransiyaga qarshi 1-0 hisobida gʻalaba, 1981-yilda Angliyaga qarshi 2-1 hisobidagi gʻalabalar qayd etilgan.

Jamoa formasini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar

tahrir
Ishlab chiqaruvchi Davr
  Le Coq Sportif 1976-1980
  Hummel 1981-1991
  Adidas 1992-1996
  Umbro 1996-2014
  Nike 2015-hozir

Tarkib

tahrir
0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Ørjan Nyland 10-sentyabr 1990-yil (1990-09-10) (34 yosh) 42 0   GER RB Leipzig
12 1DA Jacob Karlstrøm 9-yanvar 1997-yil (1997-01-09) (27 yosh) 0 0   NOR Molde
13 1DA Egil Selvik 30-iyul 1997-yil (1997-07-30) (27 yosh) 0 0   NOR Haugesund
1DA Mads Hedenstad Christiansen 21-oktyabr 2000-yil (2000-10-21) (24 yosh) 0 0   NOR Lillestrøm
3 2HM Stian Rode Gregersen 17-may 1995-yil (1995-05-17) (29 yosh) 7 0   FRA Bordeaux
4 2HM Stefan Strandberg 25-iyul 1990-yil (1990-07-25) (34 yosh) 29 1   NOR Vålerenga
5 2HM Birger Meling 17-dekabr 1994-yil (1994-12-17) (29 yosh) 33 0   FRA Rennes
14 2HM Julian Ryerson 17-noyabr 1997-yil (1997-11-17) (26 yosh) 15 0   GER Union Berlin
15 2HM Leo Skiri Østigård 28-noyabr 1999-yil (1999-11-28) (24 yosh) 9 1   ITA Napoli
17 2HM Fredrik André Bjørkan 21-avgust 1998-yil (1998-08-21) (26 yosh) 8 0   NED Feyenoord
21 2HM Marius Lode 11-mart 1993-yil (1993-03-11) (31 yosh) 2 0   NOR Bodø/Glimt
22 2HM Marcus Holmgren Pedersen 16-iyul 2000-yil (2000-07-16) (24 yosh) 16 0   NED Feyenoord
2 3YH Morten Thorsby 5-may 1996-yil (1996-05-05) (28 yosh) 17 0   GER Union Berlin
6 3YH Patrick Berg 24-noyabr 1997-yil (1997-11-24) (26 yosh) 14 0   NOR Bodø/Glimt
7 3YH Ola Brynhildsen 28-may 1999-yil (1999-05-28) (25 yosh) 2 0   NOR Molde
8 3YH Kristoffer Zachariassen 27-yanvar 1994-yil (1994-01-27) (30 yosh) 3 0   HUN Ferencváros
10 3YH Martin Ødegaard (captain) 17-dekabr 1998-yil (1998-12-17) (25 yosh) 47 2   ENG Arsenal
11 3YH Mohamed Elyounoussi 4-avgust 1994-yil (1994-08-04) (30 yosh) 49 9   ENG Southampton
16 3YH Ola Solbakken 7-sentyabr 1998-yil (1998-09-07) (26 yosh) 4 0   ITA Roma
18 3YH Sivert Mannsverk 8-may 2002-yil (2002-05-08) (22 yosh) 0 0   NOR Molde
20 3YH Mats Møller Dæhli 2-mart 1995-yil (1995-03-02) (29 yosh) 35 2   GER 1. FC Nürnberg
24 3YH Hugo Vetlesen 29-fevral 2000-yil (2000-02-29) (24 yosh) 1 0   NOR Bodø/Glimt
9 4HJ Ohi Omoijuanfo 10-yanvar 1994-yil (1994-01-10) (30 yosh) 2 1   DNK Brøndby
19 4HJ Alexander Sørloth 5-dekabr 1995-yil (1995-12-05) (28 yosh) 45 16   ESP Real Sociedad
23 4HJ Jørgen Strand Larsen 13-aprel 2000-yil (2000-04-13) (24 yosh) 4 0   ESP Celta Vigo

Terma jamoa safida eng koʻp oʻyinda madonga tushgan futbolchilar

tahrir
Daraja Futbolchi Ishtirok Gollar Faoliyati
1 John Arne Riise 110 16 2000-2013
2 Thorbjørn Svenssen 104 0 1947-1962
3 Henning Berg 100 9 1992-2004
4 Erik Thorstvedt 97 0 1982-1996
5 John Carew 91 24 1998-2011
Brede Hangeland 91 4 2002-2014
7 Øyvind Leonhardsen 86 19 1990-2003
8 Morten Gamst Pedersen 83 17 2004-2014
Kjetil Rekdal 83 17 1987-2000
10 Steffen Iversen 79 21 1998-2011

Manbalar

tahrir
  1. „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  2. „Norwegian national team 1946“. www.rsssf.no. 2013-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-mart.
  3. „Norway national football team: record v Brazil“. 11v11.com. 11v11. Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  4. „The radio man who gave England's boys a hell of a beating“. www.sportsjournalists.co.uk. Sports Journalists' Association (2011-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  5. „Dette emblemet skal pryde den norske landslagsdrakta“ (no). Retrieved 12 December 2014

Havolalar

tahrir


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found