Kopengagen (dancha: København) — Daniya poytaxti. Zelandiya o.ning sharqiy sohili va unga yondosh Amager o.da joylashgan. Aholisi 495,6 ming kishi (2000). K. atrofi va yoʻldosh shaharlar bilan birga alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan — Katta K. shahar aglomeratsiyasini tashkil etadi. Shahar qoʻlyozmalarda dastlab 1043-yil tilga olingan. 1167-yilda u yerda qasr qurilgan. 1254-yildan shahar maqomini olgan, 1443-yildan qirol qarorgohi.

Kopengagen

dancha: København
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
55°40′34″N 12°34′8″E / 55.67611°N 12.56889°E / 55.67611; 12.56889
Mamlakat Daniya
Asos solingan 1167-yil
Rasmiy til(lar)i Dan tili
Aholisi
 (2022)
805 420[1]
Zichligi 4,500 kishi/km2
Telefon kodi +45
Pochta indeks(lar)i 1050–1778, 2100, 2150, 2200, 2300, 2400, 2450, 2500
Kopengagen xaritada

K. — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniy markazi. Xalqaro transport yoʻllari tuguni. Eresunn boʻgʻozining gʻarbiy sohilidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t chamasida). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻli va paromlar orqali Malme, Xelsingborg va Landskruna (Shvetsiya) hamda Varnemyunde (Germaniya) kabi shaharlar bilan bogʻlangan. Mamlakat sanoatining 1/4 qismi Kopengagen Sanoatining asosiy tarmogʻi —mashinasozlik, jumladan, elektrotexnika, priborsozlik, oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar, velosiped, mototsikl, soat, tibbiy soha uchun priborlar ishlab chiqarish, avtomobilsozlikdir. Shuningdek, kimyo, qogoz, sement, yengil sanoat, xususan, chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Daniya Fanlar akademiyasi, universitet (1479), texnika oliy maktabi, texnologiya, farmatsevtika institutlari, Nafis sanʼat qirollik akademiyasi, konservatoriya, Musiqa akademiyasi, koʻplab ilmiy muassasalar, muzeylar, botanika bogʻi, teatrlar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Kristiansborg saroyi, birja binosi, Sharlottenborg saroyi va boshqa saqlangan. Harbiy dengiz baʼzasi.[2]

Manbalar

tahrir
  1. „StatBank Denmark – data and statistics“. Statistics Denmark. 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil