Norvegiya, Norvegiya Qirollig (bukmolcha: Kongeriket Norge, nyunorskcha: Kongeriket Noreg) — Shimoliy Yevropadagi davlat. BMT aʼzosi. Skandinaviya yarim orolining gʻarbiy va shimoliy qismida. Maydoni 385[2] ming km2. Aholisi 5404844 kishi (2023)[3]. Oslo shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi, Aiyq oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham Norvegiyaga qaraydi. Norvegiya katta neft va sanoat davlati hisoblanadi.

Norvegiya Qirolligi
ShiorAlt for Norge
(Norveg: Everything for Norway)
Madhiya: Civil: Ja, vi elsker dette landet
(Yes, We Love This Country)
Location of Norvegiya
Poytaxt Oslo
Rasmiy til(lar) Norveg tili
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
• Rohib
Qirol Harald V
Jonas Gahr Støre (Ap) (2021–)
Mustaqillik
• Daniyadan mustaqil boʻlgan
17-may 1814
• Shvetsiya bilan shaxsiy birlashish buzishi
7-iyun 1905
Maydon
• Butun
324,220 km2 (67-oʻrin)
• Suv (%)
5.2
Aholi
• 2024-yilgi roʻyxat
5,550,203[1] (120-oʻrin)
• Zichlik 14/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$194,700 million (42-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$42,390
Pul birligi Norwegian Krone (NOK)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma NO
Telefon prefiksi 47
Internet domeni .no

Davlat tuzumi

tahrir

Norvegiya — konstitutsiyali monarxiya. 1814-yil 17-mayda qabul qilingan Norvegiya Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1991-yil 21-yanvardan Harald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi palatasi odelsting) parlament — storting amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni tayinlaydi. Bosh Vazir 2013: Erna Solberg

Tabiati

tahrir

Norvegiya — togʻli oʻlka. Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland; dengiz sohilidagina pasttekislik bor. Gʻarbiy qirgʻogʻida tik yon bagʻirli tor qoʻltiq (ford) koʻp. Yirik orollari — Lofoten, Vesterolen, Senya, Mageryo va boshqalar. Hududining katta qismini Skandinaviya togʻlari ishgʻol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen togʻi — 2470 m). Foydali qazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumush rudalari. Shimoliy dengizning quruqlikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. Iqlimi moʻtadil, shimoliy chekkasida subarktika, sohilida okean iqlimi yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —2—4 °C, janubda 2 °C. Yozi salqin, tez-tez yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 1000–3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari — Glomma, Logen (Gudbransdal), Logen (Numedal). Katta gidroenergiya salohiyatiga ega boʻlgan bu daryolar qor, yomgʻir va muzliklardan toʻyinadi. Eng katta koʻli — Myosa. Asosiy tuprogʻi — yupqa tundra tuprogʻi, janubda togʻ podzol tuprogʻi uchraydi. Mamlakat hududining 27 % oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, bugʻu, quyon, tiyin, lemming va boshqalar bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va tyulen koʻp.

Aholisi

tahrir

Aholisining 97 % norveglar. Saamlar kvenlar shvedlar danlar nemislar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — norveg tili. Rasmiy din — lyuteranlik. Shahar aholisi 50 %. Yirik shaharlari — Oslo Bergen Tronxeym va boshqalar.

Tarixi

tahrir

Norvegiya hududida odam muzlik davridan keyingi asrlardan beri yashaydi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida saam va german qabilalari yashagan. Norveglarning hayoti azaldan dengiz bilan bogʻliq: mamlakatning nomi ham „norveg“ — „shimoliy yoʻl“, „dengiz yoʻli“ maʼnosini bildiradi. 872-yil birinchi norveg qiroli taxtga oʻtirdi. 8—11-asrlarda mohir dengizchi boʻlgan norveg vikinglari Islandiyaga, Grenlandiya sohillari va Shimoliy Atlantikadagi orollarga yetib borib, ularni mustamlakaga aylantirdilar. 11-asrda xristianlik joriy etildi, markazlashgan monarxiya qaror topdi. 14-asr oʻrtalarida tarqalgan vabo mamlakat xoʻjaligini, ijtimoiy va siyosiy xayotni izdan chiqardi, asta-sekin mustaqillik barbod boʻlishiga olib bordi. 1319-yil Shvetsiya, 1380-yil Daniya bilan ittifoq tuzdi. 1397-yil Kalmar ittifoqiga koʻra, Norvegiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi, 1537-yil Daniyaning viloyatiga aylandi.

1805—14 yillardagi Angliya-daniya urushi va hosilsizlik Norvegiyani halokat yoqasiga keltirib qoʻydi, oʻn minglab kishi ochlikdan oʻldi. 1814-yil Kil sulh shartnomasiga koʻra, Norvegiya shvedlar mulki boʻlib qoldi. Bundan norozi boʻlgan norveg xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi. Oʻsha yil 17-mayda birinchi parlament (taʼsis majlisi) chaqirilib, konstitutsiya qabul qilindi va qirol saylandi. Shvetsiya-Norvegiya ittifoqi 1905-yilgacha amal qildi, Norvegiya ichki mustakillikdan foydalandi. 1905-yil 7-iyunda storting Shvetsiya-Norvegiya ittifoqini bekor qildi.

Birinchi jahon urushida Norvegiya betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilanoq Norvegiya betaraf ekanini bildirgan boʻlsa ham, 1940-yilda gitlerchilar Germaniyasi unga bostirib kirdi, Norvegiya hukumati Londonga koʻchdi. 1942-yil fashistlar Norvegiyada V. Kvisling boshchiligida sotqin hukumat tuzdi. Mamlakatda Qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1945-yil 8-mayda Norvegiya ozodlikka erishdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va rivojlantirishga kirishildi. 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 10-iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17-may Konstitutsiya kuni (1814).
Madhiya: Civil:

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

tahrir

Norvegiya ishchi partiyasi, 1887-yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973-yil tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884-yil asos solingan; Sotsialistik soʻl partiya, 1975-yil tashkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933-yil tuzilgan. Xeyre, konservativ partiya, 1884-yil asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1899-yil tashkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Norvegiya — rivojlangan indoʻstrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli katta.

Sanoati

tahrir

Sanoatning yetakchi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo, sellyuloza-qogʻoz, baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi. Ichki bozorga xizmat qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birga mashinasozlik va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konchilikda temir va titan rudasi, kumir, neft va gaz qazib olish katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99 % GESlarda hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, elektrotexnika, radiotexnika va yogʻochsozlik sanoati koʻproq rivojlangan. Axrli jon boshiga elektr energiyasi, sellyulozaqogʻoz mahsulotlari, ferroqotishma, alyuminiy ishlab chiqarish va kemasozlikda Norvegiya dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.

Qishloq xoʻjaligi

tahrir

Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xoʻjaligi uchun juda noqulay. Togʻ-tosh koʻpligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, goʻsht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-xashak ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi. Chorvachilikda yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Moʻyna hayvonotchiligi, baliqchilik rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi.

Transporti

tahrir

Ichki yuklar va tashqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger. Temir yoʻl uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari 89,7 ming km. Asosiy aeroportlari — Gardermoen (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo.

Eksport va import

tahrir

Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina, mineral xom ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Germaniya, Niderlandlar. Pul birligi — krona.

Tibbiy xizmati

tahrir

Norvegiyada sogʻliqni saqlash yuqori darajada tashkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80 % ijtimoiy sugʻurta hisobidan qoplanadi. Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Sankt — Olafs — Kille, Sanneford, Larvik, Xanke balneologik kurortlari, gʻarbiy sohilida Bergen dengiz boʻyi iqlimiy shifoxonasi bor.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

tahrir

Dastlabki maktablar 12-asr boshlarida ochilgan. 1848-yil 7 yoshdan 13—14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etildi, 1968-yil 16 yoshgacha yetkazildi. Hozir taʼlim tizimi maktabgacha tarbiya muassasalari, 6 yillik kichik va 3 yillik yuqori majburiy maktablar, oʻrta umumiy taʼlim maktabi — gimnaziyalar, hunar-texnikalar oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini oʻz ichiga oladi. Oslo, Bergen, Tronxeym, Tromsyodagi universitetlar, 10 ta institut oliy taʼlim beradi.

Mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlarni Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda ilmiy tadqiqotlar maslahat kengashi muvofiklashtiradi. Norvegiya fan va adabiyot akademiyasi (1857), 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituti, sanoat va savdo firmalarining 300 laboratoriya, 40 ga yaqin ilmiy jamiyat va boshqalar bor. Bundan tashqari, Oslo universitetida 90, Tronxeym universitetida 50 ilmiy tadqiqot institut va laboratoriya ish olib boradi. Universitetlar huzurida yirik kutubxonalar va Oslo shahri kutubxonasi, Norvegiya xalq muzeyi (1894), universitet milliy osori atiqalar muzeyi, Milliy galereya, Amaliy sanʼat muzeyi, Zool. muzeyi va boshqalar bor. Norveg vikinglarining kemalari, T.Xeyerdalning „Kon-Tiki“ soli muzeyda saqlanayotir.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

tahrir

Eng yirik gazeta va jurnallari: „Adresseavisen“ („Manzilli gazeta“, kundalik gazeta, 1767-yildan), „Arbeyderbladet“ („Ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 1884-yildan), „Bergene arbeyderblad“ („Bergen ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 1927-yildan), „Verdene gang“ („Harakatdagi dunyo“, kundalik gazeta, 1945-yildan), „Vort land“ („Bizning mamlakat“, kundalik gazeta, 1945-yildan), „Dagbladet“ („Kundalik gazeta“, 1969-yildan), „Morgenbladet“ („Tonggi gazeta“, kundalik gazeta, 1819-yildan), „Nashunen“ („Millat“, kundalik gazeta, 1896-yildan), „Norges indoʻstri“ („Norvegiya sanoati“, 2 haftada chiqadigan jurnali, 1920-yildan), „Fremover“ („Olgʻa“, kundalik gazeta, 1903-yildan), „Harstad tidende“ („Harstad gazetasi“, kundalik gazeta, 1887-yildan), „Aktuelt perspektiv“ („Dolzarb istiqbol“, jurnal, 1963-yildan), „Fri fagbevegelse“ („Erkin kasaba harakati“, 2 haftada chiqadigan jurnal, 1906-yildan) va boshqa Norvegiya telegraf byurosi (NTB) — norveg gazetalarining aksiyadorlik jamiyati, 1867-yilda tuzilgan. Norvegiya davlat radioeshittirish mahkamasi (1933-yilda asos solingan) mamlakatdagi radioeshitirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi.

Adabiyoti

tahrir

Qadimgi norveg adabiyoti yodgorliklari deyarli saqlanib qolmagan. Ogʻzaki xalq afsonalari va qahramonlik qoʻshiqlari yozma adabiyotning ilk manbalari boʻlgan. „Tushdagi sharpa“ dostoni va „Qirol koʻzgusi“ aytishuvi (dialogi) 13-asrga oid adabiy namunalardir. 14—15-asrlarda ballada paydo boʻldi. Daniya hukmronligi davrida adabiyot tushkunlikka uchradi, dan tili koʻp vaqt Norvegiyaning adabiy tili boʻlib turdi. 18-asrda milliy tuygʻu kuchayishi bilan norveg adabiyoti yuksala bordi, dramaturgiya va lirika rivoj topdi. Norveg va dan madaniyatlarining atoqli namoyandalari — Skandinaviya teatrining ijodkori — L.Xolberg va shoir K.Tullin shu davrda faoliyat koʻrsatdi. 1772-yil Kopengagenda norveg adabiyotini tiklash maqsadida „Norveg jamiyati“ tuzildi. Shu yili Yu.N.Brun birinchi milliy drama va Norvegiya madhiyasini yaratdi, K.Fasting, K. Friman milliy vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlarini yozdi. 19-asr 1-yarmida tarix va folklorga qiziqish kuchaydi, P.K.Asbyornsen va Y.E.Mu norveg xalq ertaklarini yigʻib nashr etdilar, xalq qoʻshiklari va balladalarini yozib olishga kirishildi. Dramaturgiya va lirika rivojlandi. 50-yillarning 2-yarmida realizm xususiyatlari paydo boʻldi (B.M.Byornsonning „Badjaxl Segurd“ dramatik trilogiyasi, Ya.K.Kolletning „Amtmann qizlari“ romani va boshqalar). 70—90-yillarda tanqidiy realizm ustunlikka erishib, norveg adabiyotini jahon darajasiga koʻtardi. (G.Ibsen, B.M.Byornson, Yu.Li, A.Xyellann ijodi). 20-asr boshlarida Yu.Boyer, U.Duun, S.Unset kabi yozuvchilar adabiyotga kirib keldilar. S.Xyol, A.Omre, A.Sandemuse, T.Vesos, Yu.Borgen inson ruxiyatini teran aks ettirdilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida Norvegiya yozuvchilari fashizmga qarshi kurashda qatnashdilar, 300 ga yaqin yashirin gazeta chiqarib turildi. Urushdan keyin yaratilgan koʻpgina asarlar Qarshilik koʻrsatish harakatiga bagʻishlandi. 70—90-yillarda ijod qilgan shoirlar R.Yakobsen, Ya.Bryuxeym, A.Andersen atrof dunyo chigalliklarini tasvirladilar. G.Lyunde, E.Xovardsxolm va boshqa jamiyat illatlarini tanqid qildilar.

Meʼmorligi

tahrir

Oʻrta asrlarda Norvegiyada yogoch meʼmorligi rivoj topdi, qoʻsh sinchli cherkov („stavkirka“)larning oʻziga xos toifasi vujudga keldi (Urnes va Borgunnadagi cherkovlar). 12—16-asrlardagi gʻishtli imoratlarda roman va gotika meʼmorligining taʼsiri seziladi. Bergendagi 16-asr 2-yarmi va 17-asrga mansub Rozenkrans minorasida Uygʻonish davri, Ser-Frundagi 18-asrga oid cherkovda barokko va rokoko, Tronxeymdagi 19-asrga mansub qirol qarorgohida klassitsizm meʼmorligi unsurlaridan foydalanildi. 19-asr meʼmorligida eklektizm (Byugdyo yarim orolidagi Oskarsxoll qasri, meʼmor Yu.Nebelong), 20-asr boshlarida funksionalizm (Oslodagi „Skansen“ restorani, meʼmor L.Bakker) usullari ustunlik qildi. Keyingi oʻn yilliklarda Oslodagi ratusha (meʼmorlar A.Arneberg va M.Poulson), „Viking“ mehmonxonasi (meʼmor K. Knutsen), Hukumat uyi (meʼmor E.Vikshe), Xovikaddendagi muzey (meʼmorlar I.Eykvar, S.Engebretsen) binolari qurilishida oʻziga xos milliy meʼmoriy shakllar paydo boʻldi. Mahalliy xalq meʼmorligi anʼanalariga murojaat qilinib, mehmonxona, xususiy villalar, hovlili koshona uylar qurila boshlandi.

Tasviriy sanʼati

tahrir

Neolit va jez davrlarida qoyalarga ishlangan rasmlar N. hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklaridir. 8-asr oxirida oʻrta asr sanʼati (yogʻoch, fil suyagi oʻymakorligi va hokazo) tarkib topgan. 13—14-asrlarda gotika uslubidagi tasviriy sanʼat rivojlandi. Haqiqiy norveg sanʼati 19-asrda yuzaga keldi. Atoqli rassom Yu.Dal goʻzal manzaralar chizdi, A.Tidemann, X.Gude, F.Kollett, X.Bakker xalq hayotini tasvirladilar. 20-asr 1-yarmida monumental-bezak sanʼatining roli kuchaydi. Haykaltaroshlardan R. Lunne, G. Yanson mashhur boʻldi. 20-asrning 2-yarmida abstraksionizm va turli modern oqimlari vujudga keldi. Amaliy sanʼat (metall buyumlar, jimjimador yogʻoch anjomlar yasash, gazlama, toʻr toʻqish, kashtachilik, kulollik) xalq orasida keng tarqalgan.

Musiqasi qadimda yuzaga kelgan. Oʻziga xos norveg xalq qoʻshiqlari (qahramonlik va muhabbat qoʻshiqlari, qissa-qoʻshiklar, choʻpon va baliqchi qoʻshiklari), raqslar (xalling, springtar va boshqalar), cholgʻu kuylari (lyuarslott va boshqalar) keng yoyilgan. Azaliy cholgʻu asboblari — buk-kexorn (echki shoxi), prillar (buqa shoxi), selye (nayning bir turi), har-tingfele (gʻijjakning bir turi) va boshqa 16-asrda sayyor baxshi (zingmeyster)lar, mohir skripkachilar, organchilar boʻlgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida F.Grot, AFlintenberg, F.Fogel, L.M.Linneman kabi kompozitor, dirijyor va musiqa nazariyotchilari ijod qilgan. 1850— 60 yillarda X.Xyerulf, U.Bull, R.Nurdrok va boshqa milliy musiqa maktabini yaratdilar. E.Grig ijodi va ijtimoiy fa-oliyati musiqa madaniyati yuksalishiga katta taʼsir qildi. Kompozitor F. U. Valen zamonaviy norveg musiqasiga asos soldi. 20-asr oʻrtalarida X.Severud, K.Egge, E.Tveyt, L.Yensen, A.Yanson, L.Nilsen kabi kompozitorlar ijod qildilar. Osloda Norvegiya operasi (balet truppasi bilan), Oslo va Bergenda konservatoriya, Tronxeymda Oliy musiqa maktabi va boshqa bor.

Teatri

tahrir

Milliy teatr faoliyati diniy va maishiy udumlarni sahnalashtirishdan boshlangan. 18-asr oʻrtalarida Kristi-aniya (hozirgi Oslo) va Bergenda havaskor teatr truppalari tuzildi. 1780-yil do-imiy teatr ochildi. 1899-yil Kristia-niyada barpo etilgan Milliy teatrda G.Ibsen, B. M. Byornson, U. Shekspir, F.Shiller, B.Shou asarlari qoʻyildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Kristianiya, Bergen, Tronxeym, Stavangerda yangi teatrlar barpo etildi. X.Krog, N.Grig va boshqa yozuvchilarning pyesalari sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida N. teatrlari inqirozga uchradi. Mamlakat ozod etilgach, teatrlarda jahon va milliy mumtoz dramaturgiyasining asarlari koʻrsatildi. Osloda aktyor va rejissorlar tayyorlaydigan Davlat teatr maktabi (1953) bor.

Kinosi

tahrir

1908-yildan kinofilmlar chikarila boshlandi. 20-yillarda chet el filmlariga taklidiy filmlar yaratilgan boʻlsa, 30-yillarda oʻtkir ijtimoiy va tarbiyaviy mavzularga murojaat etildi („Sayoq“, „Torres Sner-tevold“, rejissor T.Ibsen). 40—60-yillarda Qarshilik koʻrsatish x, arakatiga bagʻishlangan filmlar — „Yashashni xohlaymiz“ (rejissor U. Dalgar), „Qochoqlar“ (rejissor T. San ne), „Toʻqqiz hayot“ (rejissor A.Skouen) N. kinosining katta yutugʻi boʻldi. Keyingi yillarda rejissorlardan N.Myuller, N. Kristensen, T.Vibe-Myuller va boshqa riyokorona axloqni fosh etuvchi filmlar yaratishdi. N.da huj-jatli, ilmiy ommabop (rejissor P.Xest, A.Berg, T.Xeyerdal) va multiplikatsiya (rejissor I. Kaprino) kinosi ham rivojlangan.[4]

Manbalar

tahrir
  1. „Population, 2024-01-01“ (en). Statistics Norway (2024-yil 21-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  2. „Arealstatistics for Norway 2019“. Kartverket, mapping directory for Norway (2019). 2019-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-mart.
  3. Population, january 1 2019, Statistics Norway
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil