Silovsin (Lynx lynx) — mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uz. 82—109 sm, dumi 20—40 sm, vazni 8—19 (baʼzan 32) kg. Quloqlarida bir tutam uzun tuklardan iborat shokilasi bor. Moʻynasi qalin va yumshoq, malla yoki qizgʻishsariq, baʼzan xoldor. Yevrosiyo, Amerika oʻrmonlarida, baʼzan oʻrmon choʻllarida tarqalgan. Oʻzbekiston janubidagi togʻlarning oʻrta va yuqori qismida uchraydi. Asosan, tunda faol. Yanvar — mart oylarida juftlashadi. May — iyunda bolalaydi. Bolalar 2—3 yilda jinsiy voyaga yetadi. Quyon, sichqon kabi kemiruvchilar, qushlar, tuyoqlilar bilan oziqlanadi. Soki uzluksiz kamayib borayapti. "Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqdrosavdosi toʻgʻrisida"gi Konvensiya (SGGE5)ning 1ilovasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.