Bahriddin Vahobov (ruscha: Бахриддин Вахабов; 23-yanvar, 2023-yil) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi. Faoliyati davomida hujumchi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan. 2003-yilda BAA oʻtkazilgan U-20 jahon chempionatida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.

Bahriddin Vahobov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bahriddin Vahobov
Tavallud sanasi 23-yanvar 1983-yil (1983-01-23) (41 yosh)
Tavallud joyi Denov Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 186 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2003 Surxon 26 (7)
2003—2004 Paxtakor 20 (4)
2005—2006 Mashʼal 37 (13)
2006—2007 Toʻpalang 38 (13)
2008—2009 Shoʻrtan 38 (4)
2009—2011 Qizilqum 60 (14)
2012 Paxtakor 4 (0)
2012—2014 Buxoro 54 (10)
2015—2016 Qizilqum 28 (23)
2018 Surxon 32 (8)
Total 337 (96)
Milliy terma jamoa
2002—2003 Oʻzbekiston U-20 5 (0)
2003 Oʻzbekiston
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 31-dekabr uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Bahriddin futbolchilik faoliyatini 2001-yilda Termizning „Surxon“ klubi boshlagan. 2004-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan. Faoliyati davomida keyinchalik „Toʻpalang“, „Mashʼal“, „Shoʻrtan“, „Buxoro“[1] jamoalarida oʻynagan. 2015-yilgi mavsumda faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni oʻtkazidi va Qizilqum jamoasi tarkibida Oliy ligada 21 ta gol bilan ikkinchi oʻrinni egalladi[2][3]. Bahriddin futbol faoliyatini 2018-yilda Oʻzbekiston Pro ligasida Termizning „Surxon“ jamoasida[4] faoliyatini yakunladi.

Murabbiylik faoliyati tahrir

2019-yilda futbolchi faoliyatini yakunlaganidan soʻng dastlab bolalar murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi va 2020-yilda AFCning „B“ litsenziysiga oʻqigan[5].

Yutuqlar tahrir

Individual tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Bahriddin Vahobov "Buxoro"ga qaytdi“. 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  2. „Oliy liga-2015. Mavsum to'purarlari“. 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  3. „«Qizilqum»da 11 yildan beri ishlayotgan ma’mur bilan suhbat“. 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  4. „Qayta tiklangan «Surxon» bir qator mashhur futbolchilar bilan shartnoma tuzdi“. 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  5. „Toshkentda OFKning “B” diplomi dasturi bo‘yicha murabbiylik kurslarining birinchi moduli bo‘lib o‘tmoqda“. 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  6. „Anvar Berdiyev - Krasniskiy nomidagi to‘purarlar klubini boshqarib bormoqda“. 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.

Havolalar tahrir