Roman Sergeevich Pasichnichenko (ruscha: Роман Сергеевич Пасичниченко; 1981-yil 17-iyun, Dnepropetrovsk[1], Ukraina SSR, SSSR) – ukrainalik futbolchi, himoyachi.

Karyerasi tahrir

"Dnepr-75" yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi[2]. 1998-yildan beri „Dnepr“ klubining dublida oʻynadi. U asosiy tarkibdagi yagona oʻyinni 2001-yilning 23-sentyabr kuni Donetskning „Metallurg“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Bu oʻyinda avtogol muallifiga aylangan[3].

2002-yilda „Poligraftexnika“ klubiga oʻtdi va oliy ligada yana 6 ta oʻyin oʻtkazdi. 2003-yildan 2010-yilgacha Ukraina chempionatining quyi divizionidagi Podoliya, Zarya, Nikolaev, Stal-Dneprodzerjinsk, Stal-Alchevsk jamoalarida oʻynagan.

2010-yilning iyulidan dekabrigacha Oʻzbekistonning „Qizilqum“ klubida oʻynagan[4].

2011-yilda Ukrainaga qaytib keldi. Faoliyatini „Poltava“ va „Niva“ klublarida davom ettirgan. 2012-yil iyul oyidan boshlab Kremenchugning „Kremen“ klubida oʻynagan[5].

Ukraina yoshlar terma jamoasida oʻynagan[6]. 2000-yilda ushbu jamoa bilan Germaniyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Bu turnirda jamoa sardori boʻlgan[4].

Ukraina yoshlar terma jamoasida ham oʻynagan[7].

Manbalar tahrir

  1. „Пасичниченко: из «Стали» в «Сталь»“ (ru). Прессинг (2008-yil 8-may). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  2. „Наши в сборных » Юношеская“ (ru). Официальный сайт ФК «Днепр» Днепропетровск. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  3. „Мазух обновляет клубные антирекорды“ (ru). fcdnipro.com (2013-yil 7-aprel). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  4. 4,0 4,1 „Узбекистанский отряд“ (ru). FOOTBALL.UA (2011-yil 16-avgust). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  5. „«Кремень» подписал контракты с пятью игроками“ (ru). UA-футбол (2012-yil 11-iyul). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  6. „Анатолий Крощенко: «Мог бы еще послужить, но меру надо знать»“ (ru). dynamo.kiev.ua (2013-yil 5-yanvar). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  7. „Профиль“ (ru). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.

Havolalar tahrir

  • Profil FootballFacts.ru saytida