Vladimir Desyatchikov
Vladimir Borisovich Desyatchikov (1936-yil 5-avgustda tugʻilgan – 2010-yil 27-avgust, Toshkentda vafot etgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi va futbol murabbiy.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 5-avgust 1936-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
Vafot sanasi |
27-avgust 2010-yil (67 yoshda) | ||
Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1954 | ODO Toshkent | 85 | (20) |
1957 | Paxtakor | 3 | (0) |
1959 | Mehnat Zahiralari | 15 | (0) |
1960 | Mexnat | ||
1961 | Start | ||
1962—1965 | Shaxtyor Qaragʻanda | 80 | (3) |
1966 | Politodel | 1 | |
Boshqargan klublari | |||
1966—1968 | Andijon | ||
1969 | Zarafshon (yordamchi) | ||
1969—1971 | Zarafshon | ||
1972—1973 | Avtomobilist | ||
1975—1980 | Paxtachi | ||
1982—1984 | Dinamo Samarqand | ||
1993 | Dinamo Samarqand | ||
1995 | Kushon Kosonsoy | ||
1996—1997 | Dinamo Urganch | ||
1999—2000 | Qizilqum | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirFutbolchilik faoliyatini 1954-yilda Toshkent harbiy klubi ODO jamoasida boshlagan. 1957-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubida bir mavsum oʻynagan, soʻngra Toshkentning „Mehnat Zahiralari“ klubi tarkibida oʻynagan. 1960-yil Toshkentning Mexnat, keyingi yili esa „Start“ jamoasi safiga koʻchib oʻtgan. 1962-yilda u Qaragʻandining Shaxtyor jamoasiga taklif qiligan va u 3 yildan ortiq vaqt davomida oʻynagan. 1965-yilning yozida Toshkentga qaytib kelgan va u yerda „Politotdel Yangibozor“ klubi safida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
tahrirFutbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1966—1968-yillarda Andijonning „Spartak“ jamoasiga murabbiylik qilgan. 1969-yilda Navoiyning Zarafshon murabbiylar shtabida ishlagan va olti oydan keyin klubga rahbarlik qilgan. 1972-yildan 1973-yilgacha Termizning „Avtomobilist“ jamoasiga murabbiylik qilgan. 1975-yilda Gulistonning „Paxtachi“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan va 1980-yilgacha shu yerda ishlagan.
1982—1984-yillarda Samarqandning „Dinamo“ klubini boshqargan. 1993-yil iyul oyida Samarqandning „Dinamo“ klubiga ikkinchi bor murabbiylik qilgan. 1995-yilda Kosonsoyning Kushon klubida ishlagan. 1996-yil 22-iyunda Vladimir Urganchning Dinamoga bosh murabbiy etib tayinlangan va 1997-yil sentyabr oyigacha ishlagan. 1999-yildan 2000-yilgacha Qizilqum Zarafshon klubini boshqargan[1].
Yuuqlar
tahrirKlub
tahrir- Qaragʻandi
- SSSR B toifasi chempioni
- 1962
Murabbiy
tahrir- Dinamo Samarqand
- Ikkinchi SSSR ligasi guruhi vitse-chempioni
- 1982, 1984
Individual
tahrir- SSSR sport ustasi unvoni: 1962