Qaragʻandi (viloyat)
Qaragʻandi viloyati — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Maydoni 117,9 ming km2. Aholisi 1,353,804 kishi (2011). Shahar aholisi 85%. Viloyat 9 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 6 shahar va 15 shaharcha bor. Markazi — Qaragʻandi shahri. Viloyat respublikaning markaziy qismida, Balxash koʻlining shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimoliy tarafidan Aqmola, Pavlodar, sharqiy tomonidan Sharqiy Qozogʻiston, janubida Qiziloʻrda, Janubiy Qozogʻiston, Jambul, gʻarbiy tomonida Aqtoʻbe, Qoʻstanoy viloyatlari bilan chegaradosh.
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Qaragʻandi | |
Yirik shahari | Qaragʻandi, Temirtau, Jezqazgʻan, Shaxtinsk | |
Asos solingan sanasi | 1932-yil | |
Akim | Abdishev Baurjan Tuyteyevich | |
Rasmiy tillar | qozoqcha (davlat tili), ruscha (rasmiy tili) | |
Aholi (2012) |
1 358 064[1] (8,6 % , (5-oʻrin) | |
Zichligi | 3,7 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar 44,68 % ruslar 39,17 % va boshqalar | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 427 982 km² (15,7 %, 1-oʻrin) | |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi Oʻrtacha balandligi |
1500 m 500 m | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 721х xx-xx-xx | |
Pochta indeksi | 100000 | |
Internet domeni | krg.kz | |
Avtomobil raqami kodi | M,К,09 | |
Rasmiy sayti | http://www.karaganda-region.kz/ | |
Xaritada | ||
![]() | ||
Koordinatalari: 48°0′0″N 71°0′0″E / 48.00000°N 71.00000°E G O |
TabiatiTahrirlash
Katta qismini Qozogʻiston past togʻlari (balandligi 300–1000 m) egallagan. Past togʻlar janubda Betpaqdala choʻliga (balandligi 300–400 m), gʻarbda esa Turon tekisligiga qoʻshilib ketgan. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Iyulning oʻrtacha harorati shimolda 20,1 °C va janubda 25,1 °C, yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —16,7 °C, janubda —13 °C. Yillik yogʻin shimolda 100–280 mm. Vegetatsiya davri 160 — 200 qun.
Ichki suvlari, tuproqlari va hayvonlariTahrirlash
Yirik daryolari — Sarisuv va Nura. Shoʻr koʻl koʻp. Yer osti chuchuk suvlaridan keng foydalaniladi. Viloyatning shimoliy qismi kashtan tuproqli boʻlib, boshoqli oʻtlar — shuvoq choʻllari bilan band. Janubiy roqda shoʻrlangan och kashtan va qoʻngʻir tuproqlarda siyrak chala choʻl va choʻl shuvoqshoʻra oʻsimliklari oʻsadi; qumli joylarda boshoqli oʻtlardan shuvoq, shuningdek buta oʻsimliklari, choʻl oʻsimliklari bilan birga qaragʻay, qayin, togʻterak, tol oʻsadi. Chala choʻl va choʻllarda kemiruvchilar va yirtqichlar, saygʻoq, arxar, jayron, yelik yashaydi, tuvaloq va boshqalar qushlar uchraydi. Daryo va koʻl qirgʻoqlarida suv parrandalari, qamishzorlarda qobon, ondatra yashaydi. Balxash koʻlida baliq koʻp.
AholisiTahrirlash
Qaragʻandi viloyatida 1 353 804 (2011) kishi istiqomat qilishadi. Soʻnggi vaqtlarda bu viloyatda slovyan xalqlari kamayib borayapti, unga asosiy sabablardan biri ularning Rossiyaga koʻchib ketishi. Viloyat aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan qarang.
Milliy tarkibiTahrirlash
Soni 1989-yilgi[2] |
%[2] | Soni 1999-yilgi |
% | Soni 2010-yilgi |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
umumiy | 1745448 | 100,00 % | 1410218 | 100,00 % | 1352037 | 100,00 % |
Qozoqlar | 449837 | 25,77 % | 529478 | 37,55 % | 604063 | 44,68 % |
Ruslar | 817900 | 46,86 % | 614416 | 43,57 % | 529555 | 39,17 % |
Ukrainlar | 128547 | 7,36 % | 78755 | 5,58 % | 61606 | 4,56 % |
Olmonlar | 159208 | 9,12 % | 57229 | 4,06 % | 39582 | 2,93 % |
Tatarlar | 52769 | 3,02 % | 39313 | 2,79 % | 34215 | 2,53 % |
Beloruslar | 35731 | 2,05 % | 21579 | 1,53 % | 16566 | 1,23 % |
Koreyslar | 14672 | 0,84 % | 14097 | 1,00 % | 13544 | 1,00 % |
Chechenlar | 5997 | 0,34 % | 4660 | 0,33 % | 5585 | 0,41 % |
Polyaklar | 7239 | 0,41 % | 5572 | 0,40 % | 4659 | 0,34 % |
Ozarbayjonlar | 4787 | 0,27 % | 3667 | 0,26 % | 4288 | 0,32 % |
Moldavanlar | 5401 | 0,31 % | 3428 | 0,24 % | 3032 | 0,22 % |
Mordvalar | 6665 | 0,38 % | 4097 | 0,29 % | 2788 | 0,21 % |
Oʻzbeklar | 4478 | 0,26 % | 2325 | 0,16 % | 2699 | 0,20 % |
Chuvashlar | 5188 | 0,30 % | 3091 | 0,22 % | 2377 | 0,18 % |
Yunonlar | 3660 | 0,21 % | 2408 | 0,17 % | 2160 | 0,16 % |
Litvalar | 3687 | 0,21 % | 2474 | 0,18 % | 2082 | 0,15 % |
boshqalar | 39682 | 2,27 % | 23629 | 1,68 % | 18471 | 1,37 % |
Milliy madaniyat markazlariTahrirlash
Qaragʻandi viloyati boʻyicha 55-ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yurutadi. 20-ta markazda kechki maktablar ishlaydi. Har bir maktabda oʻqiydiganlarning oʻrtacha soni 25 kishini tashkil qiladi.
Hududiy boʻlinishiTahrirlash
shahar va tumanlar | aholi soni(2007 y) | hududi(km kv.) | markazi | tashkil topgan yili | - |
---|---|---|---|---|---|
Qaragʻandi | 453 400 | 543 | - | 1934 | |
Temirtov | 171 900 | 300 | - | 1945 | |
Jezqazgʻan | 97 300 | 1 800 | - | 1954 | |
Satbaev | 70 600 | 1 100 | - | 1973 | |
Balxash | 73 700 | 5 900 | - | 1937 | |
Saran | 50 700 | 174 | - | 1954 | |
Shaxtinsk | 56 600 | 200 | - | 1961 | |
Qarajal | 19 000 | 12 300 | - | 1963 | |
Priozersk | 12 800 | 54 | - | 1956 | |
Abay tumani | 54 700 | 6 500 | Abay | 1997(1973) | |
Buxar jirau tumani | 60 700 | 14 600 | Boʻtaqara | 1938 | |
Aqtoʻgʻay tumani | 18 900 | 52 000 | Aqtoʻgʻay | 1928 | |
Shet tumani | 46 500 | 65 700 | Aqsu-Ayuli | 1928 | |
Nura tumani | 30 600 | 46 300 | Kievka | 1928 | |
Osakarov tumani | 36 800 | 11 200 | Osakarovka | 1940 | |
Qarqarali tumani | 42 500 | 35 500 | Qarqarali | 1930 | |
Ulutov tumani | 14 300 | 122 900 | Ulutov | 1972 | |
Janaarqa tumani | 28 500 | 50 900 | Atasuv | 1928 |
Ijtimoiy sohaTahrirlash
Temir yoʻl uzunligi 581 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uzunligi 2100 km. Balxash koʻlida muntazam kema qatnaydi. 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, politexnika, tibbiyot, kooperativ, jismoniy tarbiya institutlari) bor. 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligiTahrirlash
Qishloq xoʻjaligida, asosan, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, gʻallachilik va yaylov chorvachiligi rivojlangan. Dashtning shimolida lalmikor gʻallachilik bilan birga qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik va mayin junli qoʻychilik, chala choʻl va choʻllarda yaylov chorvachiligi bilan birga sugʻorib dehqonchilik (sabzavot, poliz) qilinadi. Ekin maydonlariga gʻalla (bahori bugʻdoy), arpa, ozuqa ekinlari ekiladi. Jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, yilqi, choʻchqa, parranda boqiladi. Balxash koʻlidan baliq ovlanadi; choʻl va togʻlarda ovchilik qilinadi.
SanoatiTahrirlash
Asosiy sanoat tarmoqlari: koʻmir va rangli metallurgiya (mis, molibden rudasini qazib olish). Shuningdek, temir va marganets rudalarini qazib olish rivojlangan. Qora metallurgiya mahalliy ruda asosida ishlaydi. Ogʻir mashinasozlik (jumladan, koʻmir sanoati uchun mashinalar), qurilish materiallari (sement, gʻisht, ohaktosh) ishlab chiqarish, kimyo, yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal) va oziq-ovqat (goʻsht, moysir va sut, un, qandolat mahsulotlari va boshqalar) sanoat tarmoqlari rivojlangan. Qaragʻanda metallurgiya kombinati, konshaxta jihozlari, mashinasozlik, sintetik kauchuk, metall konstruksiyalari zavodlari, Saran, Abay, Shaxtinsk, Jezqazgʻan konmetallurgiya kombinatlari, mis eritish va taʼmirlashmexanika zavodlari, Balxashda toshkoʻmir sanoati korxonalari, issiqlik elektr markazi bor. Oqtovda sement zavodi, Aqchatov, Oqjal, Qayraqti, Qaragʻaylida polimetall rudalarini boyitish kombinatlari va konlari mavjud.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам
- ↑ 2,0 2,1 2,2 V sovremennix granitsax Karagandinskoy oblasti, vklyuchaya bivshuyu Djezkazganskuyu oblast i chast bivshey Tselinogradskoy oblasti
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-11-13).: Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-08-16).
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda[sayt ishlamaydi]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |