Shavkat Mullajonov 1986-yil 19-yanvarda Zarafshon shahrida tugʻilgan. Ampluasi himoyachi Toshkentning Lokomotiv klubi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

Shavkat Mullajonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shavkat Mullajonov
Tavallud sanasi 19-yanvar 1986-yil (1986-01-19) (38 yosh)
Tavallud joyi ZarafshonOʻzbek SSR, SSSR
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Oʻzbekiston Qizilqum
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2007 Oʻzbekiston Qizilqum 67 (2)
2008—2010 Oʻzbekiston Olmaiq 62 (3)
2009 Oʻzbekiston Paxtakor - (-)
2011—2012 Qatar Al Ahli SC (Doha) 30 (0)
2012—2013 Saudiya Arabistoni Al-Nassr 12 (0)
2013 Xitoy Liaoning F.C. 20 (0)
2014 Oʻzbekiston Olmaiq 13 (0)
2014—2015 Oʻzbekiston Lokomotiv Toshkent 23 (0)
2016 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Shaab CSC 12 (0)
2016 Oʻzbekiston Buxoro 12 (0)
2017 Oʻzbekiston Olmaiq 22 (2)
2018 Oʻzbekiston Buxoro 25 (0)
2019 Oʻzbekiston Metallurg Bekobod 24 (1)
2020 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 17 (0)
2021 Oʻzbekiston Neftchi 18 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2015 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 39 (0)
Boshqargan klublari
2023— Oʻzbekiston Olimpiya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Shavkat Mullajonov professional futboldagi ilk faoliyatini 2004-yili oʻz tugʻilib oʻsgan ona shahri Zarafshonning Qizilqum tarkibida boshlagan. Shavkat „konchilar“ tarkibida 2007-yilgacha oʻynaydi. 2007-yilning yozida u Olmaliqning Olmaliq futbol klubiga kelib qoʻshiladi.

U 2009-yili Toshkentning Paxtakor klubi murabbiyining eʼtiboriga tushadi va 2009-yili Paxtakorga keladi. Ammo, u Paxtakor safida zaxirada qolib ketadi va 2010-yili yana Qizilqum klubiga qaytadi. Qizilqum tarkibida bitta oʻyinda maydonga tushib keyin yana Olmaliqqa qaytadi. Oʻsha mavsumda u 25 ta oʻyinda Olamliq tarkibida toʻp suradi.

Shavkat Mullajonov 2011-yilgi Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida oʻynaydi. Osiyo kubogidan soʻng u Qatarning Al Ahli klubining diqqatini oʻziga tortadi. Shavkat Mullajonov Al Ahli klubida jamoaning haqiqiy lideriga aylanadi va jamoaning asosiy tarkibidan maydonga tusha boshlaydi. Bir yarim yil Al Ahli tarkibida toʻp surib 30 ta oʻyinda maydonga tushgan.[1]

2012-yil boshidan Ar-Riyodning Al-Nassr klubi uni safiga qoʻshishni istaydi va tez orada u Al-Nassr tarkibiga qoʻshiladi. Al-Nassr tarkibida 12 ta ucrashuvda maydonga tushadi. Shundan keyin, 2013-yilning oʻrtalarida u Xitoyga keladi va Shenyan shahri klubi Liaoning Whowin bilan shartnoma imzolaydi. Xitoy klubi tarkibida u bir mavsum oʻynab 20 ta uchrashuvda klub sharafini himoya qiladi[2][3][4].

2014-yili u Oʻzbekistonga qaytadi va Olmaliq klubi safiga qoʻshiladi u yerda yarim mavsum oʻynaydi[5]. 2014-yilgi yozgi transfer oynasi vaqtida Toshkentning Lokomotiv klubiga oʻtdi va 2015-yilgi mavsum yakuniga qadar oʻynaydi[6]. 2016-yilgi mavsum dastlabki qismida BAAning Al-Shabab jamoasi bilan shartnoma imzoladi[7]. Shu yilning yoz aslida Oʻzbekistongga qaytdi va „Buxoro“ jamoasi bilan shartnoam imzoladi[8]. Shavkat 2016-yil va 2018-yilgi mavsumlarni „Buxoro“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi[9]. 2017-yilgi mavsumda „AGMK“ jamoasi tarkibida toʻp surdi[10]. 2019-yil Bekobodning Metallurg jamoasi bilan shartnoma imzoladi[11]. 2020-yil Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi tarkibida toʻp surdi[12]. 2021-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida toʻp surdi va shu yilning soʻnggida faoliyatiga yakunladi[13].

Murabbiylik faoliyati tahrir

2022-yildan Toshkentning Olimpiya jamoasida faoliyat olib bormoqda va 2023-yilda jamoa bosh murabbiyi hisoblanadi[14].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2010-yil 10-avgustda Albaniya termasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

Osiyo kuboklari final bosqichlari oʻyinlarida 2011-yili 3 ta oʻyinda maydonga tushib chorak final ishtirokchisi boʻlgan boʻlsa 2015-yilgi chempionatda 4 ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qildi[15].

Yutuqlari tahrir

Al-Nassr tarkibida

  • 1  Shahzoda kubogi gʻolibi: 2012

Lokomotiv tarkibida

  • 2  Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2014
  • 1  Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014

Manbalar tahrir

  1. „QATAR STARS LEAGUE - Shavkat Mullajanov“. Qatar Stars League. 28-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyul 2012. (Wayback Machine saytida 28-mart 2020-yil sanasida arxivlangan)
  2. النصر السعودي يتعاقد مع الأوزبكي ملجنوف (Wayback Machine saytida 7-iyul 2012-yil sanasida arxivlangan) Al Jazeera sport, 5-iyul 2012
  3. 辽宁官方宣布签约外援中卫 乌兹别克国脚正式加盟
  4. „Xitoy superligasi. 22-tur. SHavkat Mullajonov jamoasi g'alaba qozondi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  5. „Mullajonov "Olmaliq"qa qaytdi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  6. „Rasmiy xabar: Filiposyan, Mullajonov, Rahmatullaev va SHog'ulomov "Lokomotiv"ga o'tishdi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  7. „SHavkat Mullajonov "Al SHaab" klubi bilan shartnoma tuzdi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  8. „"Buxoro" Mullajonov bilan shartnoma tuzilganini tasdiqladi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  9. „"Buxoro" SHavkat Mullajonov va SHavkat Salomov bilan shartnoma imzoladi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  10. „SHavkat Mullajonov va Kamoliddin Murzoev "Olmaliq" tarkibiga qo'shilishdi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  11. „Kamoliddin Tojiev va SHavkat Mullajonov "Metallurg"da o'ynaydi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  12. „"So'g'diyona" yangi futbolchilarni tanishtirdi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  13. „SHavkat Mullajonov "Neftchi" yig'iniga qo'shildi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  14. „Kenja To'raev, Magdeev, Yuriy Coy, Mullajonov, Jiyamurodov va Navro'zbek Alimov - Birinchi ligada ishlayotgan sobiq yulduzlar“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  15. „SHavkat Mullajonov Toshkentga etib keldi“. 2023-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.

Havolalar tahrir