Asror Aliqulov (1978-yilning 12-sentabrida[1], Muborak, Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) Sobiq oʻzbek futbolchisi, pozitsiyasi boʻyicha himoyachi va hozirda murabbiy. Navoiyning „Qizilqum“ klubi bosh murabbiyi.

Asror Aliqulov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Asror Choriyevich Aliqulov
Tavallud sanasi 12-sentyabr 1978-yil (1978-09-12) (45 yosh)
Tavallud joyi Muborak Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 182 sm
Ampluasi Himoyachi
Vazni 85 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paxtakor FK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995—1997 Mashʼal 35 (0)
1997—2002 Nasaf 160 (5)
2003—2009 Paxtakor 197 (1)
2009—2010 Shoʻrtan 13 (0)
2010 Nasaf 5 (0)
Milliy terma jamoa
1999—2008 Oʻzbekiston 61 (0)
Boshqargan klublari
2017—2018 Shoʻrtan
2018—2019 Mashʼal
2020—2023 Shoʻrtan
2023 Qizilqum
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Professional faoliyatini 1995-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasida boshlagan. U yerdan Qarshining „Nasaf“ jamoasiga viloyat bosh klubiga taklif qilindi va bu jamoada Asror ikki marta mamlakat chempionati bronza medallarini qoʻlga kiritdi. 2001-yilda Oʻzbekiston klublari terma jamoasi tarkibida Malayziyada oʻtkazilgan Merdeka Kubogi xalqaro turniri gʻolibi boʻldi.

Aliqulov 2003-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilingandi. Bu klub tarkibida u ketma-ket besh marta mamlakat chempioni va shuncha marta qatorasiga mamlakat kubogi sohibiga aylandi[2]. 2014-yilgi mavsumni Samarqandning "Dinamo" jamoasi tarkibida o'tkazdi[3][4]. 2015-yilgi mavsumda "Sho'rtan" jamoasi tarkibida to'p surgan vaqtida O'zbekiston Superligasida eng ko'p o'tkazgan futbolchi sifatida rekord o'rnatdi[5][6][7]. 2016-yilgi mavsum G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi tarkibida faoliyatini yakunladi[8]

Milliy terma jamoa tahrir

2007-yilgi Osiyo Kubogi final turniriga tayyorgarlik jarayonida jiddiy jarohat oldi, ammo iroda va chidamlilik koʻrsatib, katta futbolga qaytdi.

1999-2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 2007-yilda u milliy terma jamoa safida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan.

U 1999-yildan 2008-yilgacha milliy terma jamoa aʼzosi boʻlgan va 63 marta oʻynagan[9][10].

Murabbiylik faoliyati tahrir

2017-yilgi mavsumda "Sho'rtan" jamoasining yoshlar jamoasining murabbiy va asosiy jamoada murabbiylar shatabida murabbiy sifatida faoliyatini boshladi[11][12][13][14]. 2019-yilgi mavsumda Muborakning "Mash'al" klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi[15]. 2020-yilgi mavsumda "Sho'rtan" jamoasiga bosh murabbiy sifatida qaytdi[16]. 2023-yilgi mavsumda Navoiyning "Qizilqum" jamoasida yarim mavsum davomida bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib bordi[17][18].

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

Paxtakor

Milliy terma jamoa tahrir

  • Merdeka turniri gʻolibi: 2001

Shaxsiy hayot tahrir

Aliqulov oliy maʼlumotli. Qarshi davlat universitetini tamomlagan. U sertifikatlangan futbol murabbiyi. Uylangan. Uch farzandning otasi.

Manbalar tahrir

  1. „Asror Aliqulovni tabriklaymiz“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  2. „O'zbekiston kubogi. Barcha finallarning ramziy terma jamoasi“. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  3. „Asror Aliqulov "Dinamo"da“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  4. „Asror Aliqulov “Dinamo”dan ketadimi?“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  5. „Asror Aliqulov "SHo'rtan"ga qaytmoqchi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  6. „Asror Aliqulov mutloq rekord sohibi!“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  7. „Oliy liga-2015. 41 yoshli Bugalo va qolgan faxriy futbolchilar“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  8. „Asror Aliqulov faoliyatini yakunladi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  9. Uzbekistan — Record International Players (Wayback Machine saytida 22 September 2008 sanasida arxivlangan)
  10. „Terma jamoa gvardiyachilari #8. Asror Aliqulov“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  11. „Asror Aliqulov “SHo'rtan” yoshlari jamoasini boshqaradi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  12. „Asror Aliqulov – “SHo'rtan” klubi murabbiylar shtabida“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  13. „Asror Aliqulov - "SHo'rtan" bosh murabbiyi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  14. „PRO-ligada kimlar bosh murabbiylik qilmoqda?“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  15. „Rasmiy xabar: Asror Aliqulov - "Mashal" bosh murabbiyi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  16. „“SHo'rtan”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  17. „Rasman: Asror Aliqulov - "Qizilqum" bosh murabbiyi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  18. „Rasman: Asror Aliqulov o'z arizasiga ko'ra "Qizilqum"ni tark etdi. Uning o'rnini Tachmurad Agamuradov egalladi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.

Havolalar tahrir