Zayniddin Tojiyev (1977-yil 21-iyunda tugʻilgan[1]) — sobiq oʻzbek futbolchisi.[2]

Zayniddin Tadjiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zayniddin Fahriddinovich Tojiyev
Tavallud sanasi 21-iyun 1977-yil (1977-06-21) (46 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Hujumchi
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001 Akademiya Toshkent 33 (10)
2002-2004 Paxtakor Toshkent 85 (36)
2005 Esil Bogatyr 23 (1)
2006 Paxtakor Toshkent 44 (22)
2007 Saba Battery 10 (2)
2007-2009 Paxtakor Toshkent 56 (30)
2009 Tianjin Teda 13 (2)
2010 Shurtan Gʻuzor 8 (2)
2010 Ordabasy 6 (1)
2010 Paxtakor Toshkent 1 (0)
2011-2013 Lokomotiv Toshkent 42 (51)
2013 Neftchi Fargʻona 11 (1)
2014 Dinamo Samarqand 25 (2)
2015 Bukhara 6 (0)
Milliy terma jamoa
2002-2010 Oʻzbekiston 18 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2015-yil 18-aprel uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Zayniddinning ikki toʻngʻich akasi kabi oʻt oʻchiruvchi boʻlishni orzu qilgan. Biroz muddat bu soxada ishlagan ham. Lekin futbolga boʻlgan qiziqish ustunlik qilgan va futbolni tanlagan. Qizigʻi futbolchilik faoliyatini kechroq boshlagan. U futbol maktablarida oʻqimagan, havaskorlar darajasida shugʻullanib, oʻynab yurgan. 24 yoshida katta futbolga Oʻzbekiston ichki ishlar qoshidagi „Akademiya“ (Toshkent) klubida kirib kelgan. Chempionatning debyutant klubi boʻlishiga qaramasdan „Akademiya“ bilan 5-oʻrinni egalladi.10 gol bilan esa oʻzbek futbol ommasini oʻziga qaratdi."Akademiya" bilan shu mavsumda chempionatning kuchli klubi „Paxtakor“ni xam magʻlub qilishgan. Oʻyinda Zayniddin „Paxtakor“ga gol ham urgan.Balki shu koʻrsatkichlar uning keyingi mavsum faoliyatini „Paxtakor“da boshlashiga sabab boʻlgandir.

Keyin bir necha yil „Paxtakor“da oʻynadi. Uning yulduzli onlari shu klubda oʻtgan. „Paxtakor“ bilan ikki bor mamlakat chempioni va ikki bor mamlakat kubogi soxibi boʻlgan. U „Paxtakor“ safida turli yillarda futbol oʻynagan. 2008-yil Server Jeparov 19 gol bilan chempionat toʻpurari boʻlganda u 17 ta gol bilan ikkinchi boʻldi. 2009-yil Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finalgacha chiqqan „Paxtakor“ safida 5 gol bilan klub toʻpurari boʻldi. Osiyo chempionlar ligasi tarixida 13 ta gol bilan „Paxtakor“ning toʻpurari hisoblanadi.

Horijda ham futboldagi tajribasini oʻrtoqlashgan.2005-yil Qozogʻistonning Petropavlovsk shahri klubi „Yesil-Bogatir“, 2007-yil Eronning „Saba Batteri“, 2009-yil Xitoyning „Tyanszin Teda“, 2010-yil Qozogʻistonning „Ordabasi“ klublarida faoliyat olib borgan.

2011-yil Oʻzbekistonga qaytdi va Oʻzbekiston birinchi ligasida qatnashayotgan Toshkentning „Lokomativ“ klubida faoliyatini davom ettirish chogʻida shu mavsum birinchi ligada 30 gol bilan Birinchi liga toʻpurari boʻldi. Tojiyev 2012-yilgi mavsumda ham 11 ta gol urib, „Lokomotiv“ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan edi. 2013 yilda u „Lokomotiv“ safida mavsumning birinchi yarmini oʻtkazib, 9 oʻyinda 4 ta gol urgan. 2013 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynagan.[3][4] 2014-yilda Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtdi.[5][6] 2015-yilning fevral oyida "Dinamo" ni tark etib, „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[7] Turli musobaqalarda 144 ta gol urgan boʻlib,Oʻzbekistonda 100 tadan ortiq gol urganlar klubi boʻlmish Gennadiy Krasniskiy klubi aʼzosidir.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Tojiyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi, jumladan, JCh saralash bosqichidagi 7 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 3 ta gol urdi.[8]Urgan uchta golini Slovakiya (1:4),Ozarbayjon (1:3),Iordaniya (4:1) bilan oʻyinlarda urilgan.Slovakiyaga urilgan gol taxsinlarga sazovor boʻlgan.Chunki oʻsha oʻyinda Zayniddin deyarli yarim maydonni bir oʻzi bosib oʻtgani yetmaganday bir necha yevropalik raqiblarini oʻzining driblingi bilan ortda qoldirib gol urgan.

Milliy terma jamoa uchun gollar tahrir

Sana Oʻtkazilgan joy Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 14-may 2002 Prešov, Slovakia   Slovakiya 4-1 Magʻlubiyat Oʻrtoqlik
2. 28-may 2004 Baku, Azerbaijan   Ozarbayjon 3-1 Magʻlubiyat Oʻrtoqlik
3. 22-mart 2008 Tashkent, Uzbekistan   Iordaniya 4-1 Gʻalaba Oʻrtoqlik

Turli musobaqalarda 144 ta gol urgan boʻlib, Oʻzbekistonda 100 tadan ortiq gol urganlar klubi boʻlmish Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosidir.

Hozirda murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanyapti. Futbolchilik faoliyatini tugatgach Odil Axmedovning „Odil junior“ bolalar futbol akademiyasida 2008-yilgi bolalarga ustozlik qilgan.2021-yilda Oʻzbekiston U-15 terma jamoasini boshqarmoqda.[9]

Yutuqlari tahrir

  • Oʻzbekiston chempioni- 2002, 2003, 2004, 2006.
  • Oʻzbekiston chempionati ikkinchi oʻrin- 2008, 2009, 2010.
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi- 2002, 2003, 2004, 2006, 2009.[10]
  • Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalchisi- 2003, 2004.

Shaxsiy yutuqlar

Havolalar tahrir

  1. „Yulduz futbolchilar necha yoshidan professional faoliyatini boshlashgan?“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  2. „Yoshligida o't o'chiruvchi bo'lishni xohlagan Zayniddin Tojiev 43 yoshga to'ldi“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  3. „Zayniddin Tojiev "Neftchi" bilan shartnoma tuzdi“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  4. „Zayniddin Tojiev oliy ligada beshinchi klub safida gol urdi“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  5. „Zayniddin Tojiev "Dinamo" bilan shartnoma tuzdi“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  6. „Muxlislarga so'z bergan Zayniddin Tojiev“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  7. „Zayniddin Tojiev "Buxoro"da ko'rikdan o'tmoqda“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  8. Zayntdin TadjiyevFIFA competition record (archived)
  9. „Eshitdik-da: Tojiev 2007, Mirzaahmedov 2008 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoalarga bosh murabbiy bo'ladi“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  10. „O'zbekiston kubogi finallaridagi yubiley gollarni kimlar urgan?“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  11. „Yilning "eng yaxshi yoshlar murabbiyi" - Zayniddin Tojiev“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.

Havoalar tahrir