Mansur Saidov - Sobiq futbolchi va hozirda murabbiy. Yarim himoyachi pozitsiyasida to'p surgan. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan birgalikda BAA 2003 jahon chempionatida ishtirokchisidir.

Mansur Saidov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mansur Saidov
Tavallud sanasi 1-noyabr 1983-yil (1983-11-01) (40 yosh)
Tavallud joyi Qoʻshtepa tumani, Fargʻona viloyati Oʻz SSR SSSR
Boʻyi 172 sm
Ampluasi Pleymeker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Qoʻshtepa
Neftchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2013 Neftchi
2014 Bunyodkor
2014—2015 Navbahor
2016 Neftchi
2017 Navbahor
2017 Neftchi
2018 Soʻgʻdiyona
2019—2020

Neftchi

klublar9=Istiqlol Fargʻona
Milliy terma jamoa
2007—2012 Oʻzbekiston 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Neftchi tahrir

Mansur Fargʻona futboli maktabi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatini dastlabki davrida Qoʻshtepa futbol maktabida keyinchalik „Neftchi“ futbol maktabida davom ettirdi. 2000-yildan rasman „Neftchi“ futbolchisi sifatida faoliyatini boshladi. 2001-yilgi Oʻzbekiston Superligasida soʻnggi erishilgan chempionlik tarkibida Saidovning ham hissasi bor edi. „Nefchi“ klubi safida 2013-yilgacha toʻp surgan xolda keyinchalik mahalliy birinchilikda bir nehca jamoa bilan sovrindorlar safidan joy oldi va jamoaning muhim oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2008-yilgi mavsumda Akmal Xolmatov jamoani tark etishi bilan klubning asosiy pleymekeriga aylandi va jamoaning muhim gollar aynan uning pasi bilan boshlanar edi.

Bunyodkor tahrir

2013-yilgi mavsum soʻnggida "Neftchi" klubi bilan 13 yillik oʻzaro hamkorlikdan soʻng,[1][2] Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga oʻtdi.[3][4] Qaldirgʻochlar safida yanggi mavsumga tayyorgarlik olib borganlekin jamoa safidan oʻrin olmadi va masum boshida Namanganning „Navbahor“ jamoasiga.[5]

Navbahor tahrir

Mavsum startida milliy birinchilik boshlanishidan avval Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi.[6][7] 2015-yilgi mavsum avvalida oʻzining sobiq jamoasi "Neftchi klubi safiga qaytdi.[8] 2017-yilgi mavsumda yarim mavsum „Navbahor“ jamoasi safida[9] oʻynaganidan soʻng yana Fargʻonaga „Neftchi“ klubi safiga qaytdi.[10] Keyinchalik birinchi liga jamoalarida toʻp surdi.

Milliy terma jamoa tahrir

Yoshlar toifasida bir necha jamoalarda toʻp surgan. 2003-yilda tarixda ilk bor Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan. Kattalar safidagi debyutini 2007-yil Rauf Ineleyev qoʻl ostida oʻtkazgan. Milliy terma jamoa safida jami 4 ta uchrashuv oʻtkazgan

Murabbiylik faoliyati tahrir

Mansur faoliyatini yakunlaganidan soʻng 2022-yilda „Neftchi“ klubi U-19 jamoasi murabbiy etib tayinlandi.[11]

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Мансур Саидов "Нефтчи"дан кетди, аммо "Пахтакор"га эмас“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  2. „"Нефтчи": Мансур Саидов жамоани тарк этди“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  3. „Мансур Саидов "Бунёдкор"ни танлади“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  4. „Мансур Саидов ва Рустам Аъзамов “Бунёдкор”нинг янги аъзолари“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  5. „Павел Бугало, Рустам Аъзамов, Мансур Саидов Саудия Арабистонига учмади“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  6. „Мансур Саидов "Бунёдкор"га келди-ю, кетди“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  7. „Мансур Саидов деярли "Навбаҳор"да?!“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  8. „Мансур Саидов "Нефтчи"га қайтиши мумкин“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  9. „Мансур Саидов “Навбаҳор”да“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  10. „Мансур Саидов иккинчи даврада "Нефтчи"га қайтади“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  11. „Мансур Саидов "Нефтчи" U-19 жамоаси мураббийи этиб тайинланди“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.

Havolalar tahrir