Anvarjon Soliyev (1978-yil 5-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi oʻzbekistonlik futbol hujumchisi va futbol murabbiyi.

Anvarjon Soliev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anvarjon Ahmadjonovich Soliev
Tavallud sanasi 5-fevral 1978-yil (1978-02-05) (46 yosh)
Tavallud joyi Namangan, USSR, SSSR
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor (Yordamchi murabbiyi)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—2000 Navbahor 85 (29)
2001—2007 Paxtakor Toshkent 115 (60)
2008—2010 Bunyodkor 52 (22)
2010   Nasaf Qarshi 11 (3)
2011—2013 Bunyodkor 44 (15)
2013—2016 Paxtakor Toshkent 42 (6)
Milliy terma jamoa
2001—2009 Oʻzbekiston 48 (8)
Boshqargan klublari
2016 Paxtakor-2 (Yordamchi murabbiyi)
2016 Navbahor (Yordamchi murabbiyi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2016-yil 23-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2013-yil 10-noyabr uchun)

Yoshlik yillari tahrir

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan.

Faoliyati tahrir

Navbahor Namangan tahrir

Dastlab „Yoshlik“ futbol jamoasida oʻynagan. Keyin esa Namanganning Navbahor jamoasida oʻz futbolchilik faoliyatini davom ettirgan. 1998-yilda „Navbahor“ bilan Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 2001-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan.

Paxtakor tahrir

Soliyev 2008-yilda poytaxtning „Quruvchi“ klubiga oʻtganidan soʻng „Paxtakor“ skautlari nazariga tushgan. „Paxtakor“ bilan shartnomadan keyin yetti mavsum davomida jamoada oʻynagan. „Paxtakor“ safida u klubni tark etgunga qadar 6 karra Oʻzbekiston chempioni va 5 marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan.

Bunyodkor tahrir

Soliyev „Bunyodkor“ safidagi ilk mavsumidayoq chempionat oʻyinlarida 12 ta gol urgan. U 2012-yil 21-noyabr holatiga koʻra 46 ta gol bilan Oʻzbekiston ligasida klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlib turibdi, Rivaldo va Server Jeparovlar ikkinchi oʻrinda. Soliyev 16 ta gol bilan OChL tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻlib, shulardan 8 tasini „Bunyodkor“ jamoasi tarkibida kiritgan.

2013-yil 18-iyul kuni yana Toshkentning „Paxtakor“ klubiga koʻchib oʻtgan[1][2].

2015-yilgi Oʻzbekiston ligasi mavsumi yakuniga koʻra u „Paxtakor“ bilan sakkizinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 12 marta Oʻzbekiston Ligasi chempionligi va toʻqqizta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan Soliyev oʻzbekistonlik futbolchilar orasida eng koʻp sovrinni yutgan futbolchi hisoblanadi. Soliyev uchta klub safida oʻynab, Oʻzbekiston chempioni unvonini qoʻlga kiritgan yagona futbolchi.

U Gennadiy Krasnitskiy nomidagi oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi boʻlib, 100 dan ortiq gol urgan (2015-yil 22-noyabr holatiga koʻra) liga, kubogi, OChL va milliy terma jamoa safida rasmiy oʻyinlarda 228 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

2016-yil oʻrtalarida futbolchilik faoliyatini yakunlagan va „Paxtakor-2“ da bosh murabbiy yordamchisi sifatida ish boshlagan. 2016-yilning dekabr oyidan Namanganning „Navbahor“ klubida Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga ishga qabul qilingan.

Xalqaro tahrir

U futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan va 2001-yilgi debyutidan soʻng 48 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan[3].

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

Navbahor
Paxtakor
Bunyodkor

Shahsiy yutuqlar tahrir

Oʻyinlar statistikasi tahrir

Milliy terma jamoadagi gollar tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 20.08.2003 Riga, Latviya   Latviya 0-3 Gʻalaba Oʻrtoqlik
2 06.11.2003 Toshkent, Oʻzbekiston   Hong Kong 4-1 Gʻalaba 2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi
3 18.02.2004 Toshkent, Oʻzbekiston   Iroq 1-1 Durang 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
4 09.02.2005 Toshkent, Oʻzbekiston   Saudiya Arabistoni 1-1 Durang 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi[4]
5 17.08.2005 Toshkent, Oʻzbekiston   Quvayt 3-2 Gʻalaba 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
6 16.08.2006 Toshkent, Oʻzbekiston   Hong Kong 2-2 Durang 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi
7 09.03.2007 Chimkent, Qozogʻiston   Qirgʻiziston 6-0 Gʻalaba Oʻrtoqlik
8 28.03.2009 Toshkent, Oʻzbekiston   Qatar 4-0 Gʻalaba 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir