Roʻziqul Saʼdullaevich Berdiyev (oʻzbekcha: Ro'ziqul Sa'dullayevich Berdiyev; 1971-yil 22-oktabr, Kitob, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. 2012-yilning noyabr oyidan buyon „Nasaf“ futbol klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.

Roʻziqul Berdiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Roʻziqul Saʼdullaevich Berdiyev
Tavallud sanasi 22-oktyabr 1971-yil (1971-10-22) (52 yosh)
Tavallud joyi Kitob, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 172 cm (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami Bosh murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992—1996 Yangiyer 51 (6)
1997—2008 Nasaf 314 (65)
Boshqargan klublari
2008—2011 Nasaf (murabbiy)
2011—2012 Nasaf (asistent)
2012 Nasaf (Bosh murabbiy)
2013—..... Nasaf (Bosh murabbiy)
2017 Oʻzbekiston (Bosh murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

1992—1996-yillarda „Yangiyer“ klubida oʻynagan. 1997-yildan 2008-yilgacha futbolchilik faoliyatining oxirigacha „Nasaf“da oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

2008-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2011-yilgacha u „Nasaf“ bosh murabbiyi yordamchilaridan biri, jumladan, 2010—2011-yillarda „Nasaf“da ishlagan va ushbu klub bilan AFC Kubogi qoʻlga kiritgan Anatoliy Demyanenkoning yordamchisi boʻlgan.

2012-yilning yanvarida Demyanenko isteʼfoga chiqarilganidan soʻng u „Nasaf“ga bosh murabbiy boʻldi[1] va shu yilning may oyiga qadar bu lavozimda ishladi. Shundan soʻng u ushbu klubning yoshlar jamoasini boshqargan. 2012-yilning noyabr oyida yana „Nasaf“ga bosh murabbiy etib tayinlandi va shu kungacha shu klub bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Milliy terma jamoa tahrir

2017-yil 20-oktabrda Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan[2][3]. Berdiyev boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi BAA terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi va unda minimal 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Yutuqlar tahrir

Murabbiy sifatida tahrir

Manbalar tahrir