Nurafshon (futbol klubi)

(Buxoro FKdan yoʻnaltirildi)

„Nurafshon“ (Buxoro futbol klubi) — 1989-yilda Buxoro shahrida tashkil topgan oʻzbek futbol klubi. Mamlakatning ikkinchi muhim futbol divizioni — O‘zbekiston Pro-ligasi ishtirokchisi. 2020-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yuqori reytingdagi Superligasida 14 ta klub orasida so‘nggi o‘rinni egallab, Pro-ligaga yo‘l olgan.

Nurafshon[1]
Toʻliq nomi Buxoro professional futbol klubi
Laqabi Buxoroliklar
Amir klubi
Cho‘l jangchilari
Koʻhna shaharliklar
Asos solingan 1989-yili
Stadion Buxoro Sport Majmuasi
Stadion hajmi 21 000
Prezidenti Oʻzbekiston Ali Orziyev
Direktori Oʻzbekiston Usmon Toshev
Murabbiyi OʻzbekistonJamshid Saidov
Vebsayt http://www.pfcbuxoro.com/
Musobaqasi Oliy liga
2020 Superligada 14-o‘rin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

NomlariTahrirlash

  • 1989—1996 „Nurafshon“
  • 1997—2021 „Buxoro“
  • 2021—h. v. „Nurafshon“

TarixiTahrirlash

1960-yilda tashkil etilgan, ammo bir yil avval tarqatib yuborilgan „Buxoro“ jamoasi o‘rniga 1989-yilda „Nurafshon“ futbol klubi sifatida tashkil etilgan. 1989-yilgi debyut mavsumida „Nurafshon“ O‘zbekiston SSR chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, O‘zbekiston SSR kubogida ham ishtirok etdi. 1990-yilda klub SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasining 9-divizioni g‘olibi bo‘ldi va Ikkinchi ligaga yo‘llanma oldi. 1991-yilgi SSSR tarixidagi so‘nggi chempionatda „Nurafshon“ mavsum yakuniga ko‘ra Ikkinchi liganing „Sharqiy“ zonasida 4-o‘rinni (22 ta jamoa orasida) egallagan. 1992-yildan Oʻzbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshladi. O‘zbekiston chempionatining ilk mavsumida mamlakatning qolgan 16 jamoasi qatori „Nurafshon“ ham Oliy ligadan joy oldi. 1992-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Buxoro klubi sensatsion tarzda bronza medali sohibi Jizzaxning „So‘g‘diyona“ jamoasidan atigi 1 ochkoga ortda qolib, 4-o‘rinni egalladi. 1993-yilda „Nurafshon“ 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1994-yilgi mavsumda kumush medal sohibiga aylandi: amaldagi chempion — Farg‘onaning „Neftchi“ jamoasidan 7 ochkoga ortda qoldi va bronza medali sohibi — Namanganlik „Navbahor“dan 4 ochkoga oldinga chiqib oldi.

Klub 1996-yilgacha „Nurafshon“ deb atalgan bo‘lsa, 1997-yildan boshlab o‘zining asl nomi — „Buxoro“ga o‘zgartirilgan. 2009-yilgacha jamoa uzluksiz O‘zbekiston Oliy ligasida o‘ynagan.

Bu davrda Buxoro klubi mavsum yakunlariga ko‘ra, asosan turnir jadvalining o‘rtalarida yoki oxiridagi (5-o‘rindan 15-o‘ringacha) o‘rinlarni egallagan.

2009-yilgi mavsumda „Buxoro“ so‘nggidan oldingi 15-o‘rinni egallab, O‘zbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.

2010-yilda „Buxoro“ Birinchi liga g‘olibiga aylanib, „So‘g‘diyona“dan 8 ochkoga o‘zib, Oliy ligada o‘ynash huquqini qaytarib oldi.

2011-yilgi mavsumdan boshlab „Buxoro“ yana Oliy liganing doimiy ishtirokchisi bo‘lib, 2018-yildan buyon O‘zbekiston Superligasi nomini olgan.

2020-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yuqori reytingdagi „Superliga“sida 12 ta klub orasida so‘nggi o‘rinni egallab, „Proliga“ga yo‘l olgan.

2021-yil 13-iyulda yana Nurafshon professional futbol klubi deb nomlandi[2].

YutuqlarTahrirlash

O‘zbekiston chempionati

  • 2 Oliy liga kumush medali sohibi (1994).
  • 1 Birinchi liga g‘olibi (2010).

SSSR chempionati

  • 1 O‘zbekiston SSR chempionati sovrindori (1989).
  • 1 SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasi 9-zonasi g‘olibi (1990).

Chiqishlar statistikasiTahrirlash

Mavsum Liga O‘rin Kubok
1989 O‘zbekiston SSR chempionati 1 noma‘lum
1990 SSSR Ikkinchi kichik ligasi 1 (9-zona) ishtirok etmagan
1991 SSSR Ikkinchi ligasi 4 („Sharq“ zonasi) ishtirok etmagan
1992 O‘zbekiston Oliy Ligasi 4 1/16 final
1993 5 1/16 final
1994 2 1/4 final
1995 5 1/4 final
1996 5 1/4 final
1997 7 1/4 final
1998 6 1/4 final
1999 9
2000 6 1/16 final
2001 8 1/2 final
2002 7 1/8 final
2003 12 1/4 final
2004 7 1/4 final
2005 12 1/2 final
2006 11 1/4 final
2007 9 1/8 final
2008 15 1/4 final
2009 15 1/4 final
2010 O‘zbekiston Birinchi ligasi 1 1/16 final
2011 O‘zbekiston Oliy Ligasi
(2018-yildan - O‘zbekiston Superligasi)
9 1/16 final
2012 7 1/2 final
2013 6 1/16 final
2014 12 1/16 final
2015 14 1/8 final
2016 4 1/2 final
2017 6 1/4 final
2018 6 1/16 final
2019 12 1/16 final
2020 14 guruh bosqichi
2021 O‘zbekiston Pro ligasi guruh bosqichi

Mashhur futbolchilarTahrirlash

Bosh murabbiylarTahrirlash

Yillar Murabbiy
1989 ma‘lumot yo‘q
1990   Oleg Bugayev
1991—1992   Stanislav Kaminskiy
1993   Boris Lavrov
1994   Aleksandr Ivankov
1995   Mustafo Belyalov
1996   Islom Axmedov
1997   Igor Plyugin
1997—1998   Stanislav Kaminskiy
1998—1999   Hakim Fuzaylov
2000—2008   Usmon Toshev
2008   Yuriy Ageev
2009   Rauf Inileev
2010—2011   Gennadiy Kochnev
2011-2012   Jamshid Saidov
2012   Vladimir Utkin
2012—2013   Tachmurod Agamurodov
2014   Edgar Ges
2014   Seid Seidov
2015   Aleksandr Mochinov
2015   Shuhrat Fayziev
2015—2017   Jamshid Saidov
2017—2018   Ulug‘bek Bakayev
2018— h.v.

  Baxtiyor Ashurmatov

StadionTahrirlash

„Buxoro“ o‘z uy uchrashuvlarini yirik „Buxoro“ sport majmuasi tarkibiga kiruvchi „Buxoro Arena“ (Buxoro nomi bilan ham mashhur) stadionida o‘tkazadi.

Stadion 22 700 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, Buxoro va Buxoro viloyatidagi eng yirik stadion hisoblanadi. „Buxoro Arena“ O‘zbekiston chempionatining eng ko‘p tashrif buyuradigan stadionlaridan biri hisoblanadi. „Buxoro“ PFKning har bir o‘yinida stadion muxlislar bilan to‘lib ketadi.

Muxlislar, asosiy raqiblar, derbi, taxalluslarTahrirlash

„Buxoro“ O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Deyarli har bir o‘yinda „Buxoro Arena“ tribunalari muxlislar bilan to‘lib ketadi.

„Buxoro“ning asosiy raqibi qo‘shni Samarqand viloyati poytaxti bo‘lgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi hisoblanadi. „Buxoro“ va „Dinamo“ muxlislari o‘rtasida do‘stona munosabatlar mavjud bo‘lib, agar o‘yinda mamlakatning boshqa klublari ularning klublariga raqib bo‘lib qolishsa, muxlislar har ikki jamoani ham qo‘llab-quvvatlaydilar.

„Qadimiy shaharlar derbisi“ deb ataluvchi musoba mamlakatimizda juda mashhur bo‘lib, uning ishtirokchilari bo‘lib „Buxoro“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalari hisoblanadi. Har ikki klub ham O‘zbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.

Vaqti-vaqti bilan „Buxoro“, „Spartak“ (Buxoro), qo‘shni G‘ijduvon va Vobkent shaharlarining „G‘ijduvon“ yoki „Vobkent“ klublari o‘zaro o‘ynasa, „Buxoro derbisi“ bo‘lib turadi.

„Buxoro“ klubining ko‘plab taxalluslari bor: „Buxoroliklar“; „Choʻl jangchilari“ — markazida Buxoro shahri joylashgan butun Buxoro vohasi choʻl bilan oʻralganligiga ishora beradi; „Koʻhna shaharliklar“ — Buxoroning qadimiyligi tufayli; „Amir klubi“ — 1920-yilgacha mavjud bo‘lgan Buxoro amirligi va uning boshlig‘i — amir sharafiga.

Buxorolik futbolchilar yirik xalqaro turnirlardaTahrirlash

Turnirlar vaqtida klubning faol a’zosi bo‘lgan „Buxoro“ futbolchilari ko‘rsatilgan.

Turnir Ishtirokchi

Osiyo Kubogi - 2019 - Arslonmurod Amanov


ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash