Anvar Hikmatillayevich Rajabov (23-yanvar 1988-yilda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, Bunyodkor va Buxoro klublarida uzoq muddat faoliyat olib borgan va hujumchi pozitsiyasida o'ynagan[1]. Buxoro U-21 yoshlar jamoasida murabbiy.

Anvar Rajabov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anvar Hikmatillayevich Rajabov
Tavallud sanasi 23-yanvar 1988-yil (1988-01-23) (36 yosh)
Tavallud joyi Kogon, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 186 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Buxoro U-21
Raqami Murabbiy
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2005 Oʻzbekiston Buxoro
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2007 Oʻzbekiston Buxoro 44 (9)
2008—2012 Oʻzbekiston Bunyodkor 37 (8)
2008   Oʻzbekiston Nasaf 7 (0)
2009   Oʻzbekiston Buxoro 19 (0)
2012 Tailand Buriram United ? (0)
2013 Oʻzbekiston Paxtakor 6 (0)
2014 Oʻzbekiston Andijon 13 (2)
2015 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 13 (2)
2015 Oʻzbekiston Bunyodkor 6 (0)
2016 Oʻzbekiston Navbahor 12 (1)
2016—2017 Oʻzbekiston Buxoro 5 (1)
Milliy terma jamoa
2005—2007 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 14 (4)
2007—2009 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-21 14 (6)
2011—2013 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 2 (0)
Boshqargan klublari
2020—2022 Oʻzbekiston Buxoro U18
2023— Oʻzbekiston Buxoro U21
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Klub tahrir

Anvar Faoliyatini 2006-yilda Buxoroning shu nomdagi „Buxoro“ klubida boshlagan. 2008-yildan Toshkentning „Quruvchi“ jamoasida (keyinchalik nomi „Bunyodkor“ga oʻzgartirilgan) oʻynagan. „Bunyodkor“ bilan toʻrt marta Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan, ikki marta kubok sohibi boʻlgan. Anvar OChLda ishtirok etdi, 3 yil davomida 10 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urdi.[2]

Anvar Rajabov 2012-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Tailandda, Buriram Yunayted jamoasida oʻtkazdi. 2013-yilning yanvar oyida u Toshkentning „Paxtakor“ jamosiga qoshildi.[3]

Terma jamoada tahrir

Oʻzbekiston yoshlar va yoshlar terma jamoalarida oʻynagan.

2011-yilning yozida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Anvar Rajabov 1-iyun kuni Ukraina terma jamoasi bilan uchrashuvda debyut qildi va 59-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[4]. Ikkinchi oʻyin 5-iyun kuni ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan Xitoy terma jamoasiga.[5] Har ikki uchrashuv ham Oʻzbekiston terma jamoasining magʻlubiyati bilan yakunlangan.

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Анвар Ражабов ҳозир қаерда?“ (2018-yil 17-yanvar).
  2. „Anvar Rajabov — Vereinsspiele“ (olmoncha). weltfussball.de. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2013-yil.
  3. „Анвар Ражабов «Пахтакор» футболчисига айланди“ (oʻzbekcha). «Пахтакор» ФК расмий веб-сайти (25-yanvar 2013-yil). 2021-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2013-yil.
  4. „Spielschema / Aufstellung: Ukraine — Usbekistan (Freundschaft 2011)“ (olmoncha). weltfussball.de. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2013-yil.
  5. „Spielschema / Aufstellung: China — Usbekistan (Freundschaft 2011)“ (olmoncha). weltfussball.de. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2013-yil.

Havolalar tahrir