[nil tahrir] Biografiya portali
[nil tahrir] Tanlangan maqola
Abdurauf Fitrat (1886-yil, Buxoro shahri, Buxoro amirligi — 4-oktabr 1938-yil, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori (1926). Jadidchilik milliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada oʻqigan. Inqilobga qadar Oʻrta Osiyoni Rossiyadan ozod qilinishi harakatlarida faol qatnashgan, politsiya nazorati ostida boʻlgan. Turkiyadagi „Yosh turklar“ harakatidan ilhomlanib, Buxoroda „Yosh buxoroliklar“ partiyasini tuzgan, uning maʼnaviy rahnamosiga aylangan. Doʻsti va maslakdoshi Munzim bilan hamkorlikda buxorolik 70 nafar yosh turkistonliklarni Germaniyaning bir qator oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborgan (1922). (Davomi...)
- Shaxsiyatlar haqidagi boshqa TM statusini olgan maqolalar
[nil tahrir] Yaxshi maqola
Kelly Brianne Clarkson (talaffuzi: Kelli Brienn Klarkson; 1982-yil 24-aprelda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. Clarkson 2002-yilda American Idol teleshousida ishtirok etib mashhurlikka erishdi. Dastlab, Thankful nomli birinchi albomining chiqishidan soʻng tanqidchilar Clarksonni pop-qoʻshiqchi deb hisoblashar edilar. Bir necha platinum mukofoti olgan ikkinchi Breakaway albomi chiqqanidan soʻng Clarkson rock-musiqa tomon moʻljal ola boshladi. Clarkson 40 million singl va 25 million albom sotib, eng muvaffaqiyatli musiqachilar qatoridan joy olgan. Qoʻshiqchining musiqiy karyerasi 2002-yilda, Kelly Clarkson amerikalik talantlarning eng bosh teleshousi — American Idolda gʻalaba qozonishidan boshlandi. Uning birinchi singli — „A Moment Like This“ tez orada AQShda juda katta ommaviylikni tusga oladi va xuddi shunday tezlikda uni yoʻqotadi. Tarona American Top 40ning 4-oʻrnigacha chiqadi va keyin pastga tushishni boshlaydi. (Davomi...)
- Shaxsiyatlar haqidagi boshqa YM statusini olgan maqolalar
[nil tahrir] Portret
(Vena, 1921-yil)
Albert Einstein olmon va yahudiy fizik-nazariyotchisidir. Nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direktori (1914-1933). 1933-yildan to umrining oxirigacha AQShdagi Princeton universitetida ishlagan.
„Yosh pessimistning xoʻrsinishidan ham qaygʻuliroq manzara yoʻq, keksa optimistning ohidan tashqari.“
— Mark Twain
[nil tahrir] Yordam kerakmi?
[nil tahrir] Loyihada qatnashing!
Shaxsiyatlar loyihasi doirasida Vikipediyada shaxslar (kishilar) haqida maqolalar yozishni taklif etamiz.
Ostturkumlarni koʻrish uchun [►] ustiga bosing.
[nil tahrir] Qardosh loyihalar
Keshni tozalash
|