Aleksandar Stanisavlevich (11-iyun 1989-yilda tugʻilgan) — serbiyalik futbolchi, Oʻzbekiston Superligasining "Buxoro"klubida oʻynaydi.

Aleksandar Stanisavljević
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandar Stanisavljević
Tavallud sanasi 11-iyun 1989-yil (1989-06-11) (34 yosh)
Tavallud joyi Požarevac, Yugoslaviya
Boʻyi 1.81 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Winger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Buxoro
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2002 FC Braunau
2002—2007 AKA OÖ West
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 SV Ried
2008—2009 WAC St. Andrä 11 (1)
2009—2010 SV Horn 20 (6)
2010—2011 SC Ostbahn XI 14 (4)
2011 First Vienna FC 11 (1)
2011 Zalaegerszegi TE 3 (0)
2012 SC Sollenau 10 (0)
2013 Vorwärts Steyr 8 (1)
2013—2014 Sloga Petrovac na Mlavi 13 (5)
2014 OFK Beograd 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-aprel 2022-yil (utc) uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Serbiyaning Pojarevac shahrida tugʻilgan, 2013-yilda Serbiya birinchi ligasi vakili FK Sloga Petrovac na Mlavi bilan oʻynash uchun Serbiyaga qaytishdan oldin Avstriya va Vengriyada oʻynagan. 2013-14-yilgi mavsumdagi qishki tanaffusda u Serbiya Superligasining OFK Beograd jamoasiga oʻtdi va 2014-yilning yozida u Superliganing boshqa klubi Donji Sremga oʻtdi.[1] 2015-yil boshida u Voyvodinaga koʻchib oʻtdi va u yerda UEFA Yevropa ligasi oʻyinlarida, ayniqsa Italiyaning „Sampdoriya“ klubiga qarshi mehmonda 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 2015-yilning 24-dekabrida u Gretsiya Superligasi vakili Asteras Tripoli bilan nomaʼlum toʻlov evaziga 3,5 yillik shartnoma imzoladi.[2] 2023-yil Oʻzbekiston Superligasi vakili „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir