Aziz Shakirovich Ibragimov (21-iyul 1986-yil Toshkent Oʻzbekiston) — yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan oʻzbek futbolchisi. Xalqaro maydonda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan[1].

Aziz Ibragimov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 21-iyul 1986-yil (1986-07-21) (36 yosh)
Tavallud joyi G'uzor, O'zbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Buxoro
Raqami 10

Klubdagi faoliyatiTahrirlash

Aziz Ibrohimov 1986-yil 21-iyulda Sovet Oʻzbekistoni poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan. 8 yoshida futbol oʻynay boshlagan. Dastlabki yillarida u jang sanʼatlariga qiziqib, karate va taekvondo bilan shugʻullanishni orzu qilgan, ammo keyin orzulari oʻzgarib futbolga oʻtgan. U Toshkentning "Paxtakor" klubini futbol akademiyasida tahsil olgan, biroq keyinchalik ayrim muammolar tufayli „Tekstilshchik“ futbol maktabiga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan.

Professional faoliyatini 2004-yilda Toshkentning sobiq „Traktor“ klubida boshlagan. 2005/2006-yillarda Qashqadaryoning „Shoʻrtan“ va "Mash’al" jamoalarida toʻp surgan. 2007/2008-yillarda Slovakiyaning „Slovan“ jamoasida oʻynagan. 2008-yildan 2011-yilgacha u Chexiyaning „Bohemians 1905“ jamoasida oʻynagan. 2008/09-yilgi mavsumda Bohemians 1905 tarkibida u ikkinchi kuchli Chexiya ligasi gʻolibiga aylangan.

2012-yilda u Xitoy Superligasining „Qingdao Zhongneng“ klubida oʻz faoliyatini boshlagan. Keyingi yillarda 2014-yilgacha Chexiyaning turli klublarida toʻp surgan. 2014/2016-yillarda Oʻzbekistonning „Andijon“, „Dinamo“ va „Buxoro“ klublarida futbolchilik faoliyati bilan shugʻullangan. 2017-yilning yanvar oyida Eronning „Mashin Sazi“ jamoasiga oʻtgan.

2021-yilda u nafaqaga chiqishini eʼlon qilgan[2].

Terma jamoadagi faoliyatiTahrirlash

2007-yildan 2011-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qilgan. Terma jamoa bilan birga 2007 va 2011-yillarda Osiyo Kubogida ishtirok etgan.

Faoliyat statistikasiTahrirlash

Terma jamoadagi gollariTahrirlash

# Sana Joy Raqib Natija Hisob Turnir
1. 02.07.2007 Paju, Janubiy Koreya   2—0 Won O'rtoqlik
2. 14.07.2007 Kuala Lumpur, Malayzia   5—0 Won Osiyo kubogi 2007
3. 02.06.2008 Singapore, Singapur   7—3 Won 2010-yilgi jahon chempionati saralash

Shahsiy hayotiTahrirlash

Aziz Ibragimov uylangan, ayni damda nafaqada farzand tarbiyasi bilan mashgʻul[2].

ManbalarTahrirlash