Yaypan Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumani markaziy shahridir.[2] Yaypan temir yoʻl bekatidan 12 km uzoqlikda joylashgan.[3] 2007-yili shaharda istiqomat qiluvchi aholi soni 20 723 kishini tashkil etdi. Qoʻqondan 25 km janubi-gʻarbda joylashgan. Yaypanda paxta tozalash zavodi, tikuvchilik fabrikasi, qurilish tresti, kichik, xususiy korxona va firmalar, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 4 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, tuman markaziy kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion bor. Markaziy kasalxona, stomatologiya poliklinikasi aholiga xizmat koʻrsatadi. Yaypandan Fargʻona, Qoʻqon va boshqalar shaharlarga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Yaypan
shahar
40°22′32″N 70°48′56″E / 40.37556°N 70.81556°E / 40.37556; 70.81556 G OKoordinatalari: 40°22′32″N 70°48′56″E / 40.37556°N 70.81556°E / 40.37556; 70.81556 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Fargʻona
Tuman Oʻzbekiston
Hukumat
Asos solingan 1926
Aholisi
 (2010)
22 115[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 8-10-998-7353
Pochta indeks(lar)i 1518ХХ
Yaypan xaritada
Yaypan
Yaypan

Tarix tahrir

Farg'ona vodiysidagi Yaypan toponimi yaypanlarning migrasiyasi natijasida yuzaga kelgan. U sharq tomon man'osini bildiruvchi Yo'ritkan so'zining transkripsiasi bo'lishi extimoldan xoli emas. Yaypanlar hunlar xukmdoriga tegishli qabila avlodlaridir. V asrning ikkinchi choradigan so'ngi chogigacha bo'lgan arim asrga aqin vaqt davomida yaypanlar mustaqil davlatga ega bo'lgan. Ushbu davlat hududiga Ili vodiysi, G'arbiy Tangritog'ning sharqiy etaklari, Issiqqo'l bo'ylari va uning g'arbiydagi joylar kirgan. Farg'ona vodiysiga ko'chib kelgan vaqtn xitoy manbalarida aniq ko'rsatilmagan. Ammo eftaliylar davlati tarixidan kelib chiqib, bu voqea V asrning oxiriga yoki undan keyingi davra to'gri keladi, deb taxmin qilinadi. [4]

Manbalar tahrir

[1]



  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :0