Madaniyat va istirohat bogʻlari
Madaniyat va istirohat bogʻlari — aholi madaniy hordiq chiqaradigan, turli bezakli daraxt va gulzorlar bilan jihozlangan, koʻkalamzorlashtirilgan maskan. M. va i.b. bogʻtuzish sanʼatining oʻziga xos uslublari asosida barpo etiladi. Oʻzbekistonda M. va i.b. shahar hududining hajmi, meʼmoriy qiyofasi va tabiiy sharoitiga qarab tashkil qilinadi. Kichik shaharlarda bitta, katta shaharlarda bir necha, aholisi 500 mingdan ortiq shaharlarda esa umumshahar ahamiyatiga ega boʻlgan bogʻlardan tashqari, shahar hududidagi har bir tumanning M. va i. b. boʻlishi mumkin. Unda aholiga madaniy xizmat koʻrsatish katta oʻrin tutadi. Maydonlardagi ochiq estrada sahnalarida professional teatr va eng yaxshi havaskorlik jamoalarining spektakl va konsertlari, dorboz, polvon va masharabozlarning tomoshalari, askiya kechalari uyushtiriladi, kinofilmlar namoyish qilinadi. Ommaviy sayil, karnaval, turli sport musobaqalari va boshqa tashkil etiladi. Bolalar uchun maxsus joy ajratilib, qiziqarli attrak-sionlar bilan jihozlanadi va hokazo (qarang Oʻzbekiston milliy bogʻi, Bobur bogʻi va b.). Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga kiruvchi M. va i. b. respublika boʻyicha 82 ta (2003).
Poʻlat Zohidov.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |