Gulzor
Gulzor — gul va manzarali daraxtlar ekilgan joy. Gulzor oʻsimlik chiroyini koʻrsatish uchun maxsus bezatiladi. Hajmiga, joylashgan oʻrniga qarab, har xil shakl va kórinishda barpo etiladi. Gulzor, ayniqsa, koʻk maysa fonida joylashib, daraxt hamda butalar bilan oʻralgan boʻlsa, koʻrinishi yanada chiroyli boʻladi. Oʻsimlik tur-xillari toʻgʻri tanlanib, yaxshi parvarish qilib borilsa gulzor manzarasi koʻp yillargacha oʻzgarmay turadi. Gulzordagi gullarning tur va xillari vaqtvaqti bilan yangilanib, shaqli oʻzgartirib turiladi.Bahor juda chiroyli fasl hisoblanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |