Otabek Shukurov (1996-yilning 22-iyunida tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va „Kayserispor“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.[1][2] Otabek Shukurov Oʻzbekiston respublikasi „Mard oʻgʻlon davlat mukofoti“ bilan ham taqdirlangan.[3]

Otabek Shukurov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Otabek Gʻayratovich Shukurov
Tavallud sanasi 22-iyun 1996-yil (1996-06-22) (27 yosh)
Tavallud joyi Chiroqchi Oʻzbekiston
Boʻyi 1.82 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kayserispor
Raqami 29
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Mashʼal Mubarak 4 (0)
2015 Bunyodkor 2 (0)
2015 Buxoro 14 (2)
2016—2018 Bunyodkor 53 (5)
2018—2022 Al-Sharjah 95 (10)
2022—2023 Fotih Karagumruk 43 (1)
2024— Kayserispor 0 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Oʻzbekistan U-17 4 (0)
2015 Oʻzbekistan U-20 5 (0)
2016 Oʻzbekistan U-23 3 (0)
2016— Oʻzbekiston 60 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2023 uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (31-dekabr 2023 uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Shukurov 2014-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasiga kelib qoʻshilgan va 2014-yilning 21-iyunida „Metallurg Bekobodga“ jamoasi qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2015-yilning 1-yanvarida u „Bunyodkorga“ oʻtdi, lekin u yerda atigi 2 ta oʻyin oʻtkazdi va shu sababli 2015-yilning 15-iyulida „Buxoro“ FKga oʻtdi. U „Buxoro FKda“ 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan mavsumni muvaffaqiyatli oʻtkazdi va 2016-yilning 1-yanvarida „Bunyodkor“ga qaytdi.[4][5]

2024-yil 6-fevralda Turkiyaning „Kayserispor“ jamoasi bilan shartnoma kelishgani toʻgʻrisida habar berilgan va 9-fevral shartnoma imzolangan[6][7][8].

Xalqaro martaba tahrir

Shukurov turli yosh toifalarida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan. U 2016-yilning 14-fevralida Livanga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida debyut qilgan.

Futboldan tashqari faoliyati tahrir

Shukurov Osiyo miqyosida yurtimiz sharafini munosib himoya qilish bilan birga, oʻzi tugʻilib oʻsgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yoshlariga oʻrnak boʻladigan xayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari 2021-yil „Covid-19“ kasalligi oqibatida yuzaga kelgan karantin paytida ham Otabek Shukurov oʻzi tugʻilib oʻsgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi kam taʼminlangan oilalarga yordam qoʻlini choʻzish maqsadida 100 million soʻm mablagʻga aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib tarqatgan. Bu esa Otabekning futboldan tashqari shaxsiy hayotda hayriya ishlarida faol ekanini ham bildiradi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami
Boʻlim Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Mash’al Muborak 2014-yil Oʻzbekiston ligasi 4 0 0 0 - - 4 0
Bunyodkor 2015-yil Oʻzbekiston ligasi 2 0 2 0 0 0 - 4 0
Buxoro 2015-yil Oʻzbekiston ligasi 14 2 0 0 - - 14 2
Bunyodkor 2016-yil Oʻzbekiston ligasi 25 0 6 0 7 0 - 38 0
2017-yil 20 2 5 1 7 0 - 32 3
Jami 45 2 11 1 14 0 - - 70 3
Karyera jami 65 4 13 1 14 0 - - 92 5

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Isht Gol
Oʻzbekiston 2016-yil 8 1
2017-yil 5 0
2018 1 1
Jami 16 2

2018-yil 23-mart kuni oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[9][10]

Xalqaro maydon tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2016-yil 11-oktabr "Bunyodkor" stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Xitoy
2–0
2–0
2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 2018-yil 23 mart Stade Mohamed V, Kasablanka, Marokash   Senegal
1–0
1–1
Doʻstona
3. 2019-yil 14-noyabr "Paxtakor" stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Saudiya Arabistoni
2–1
2–3
2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
4. 2021-yil 26 mart Markaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston   Gana
1–0
2–1
Doʻstona

Yutuqlar tahrir

Oʻzbekiston tahrir

Birlashgan Arab Amirliklari tahrir

  • BAA Ligasi chempioni: 2018/2019[11]
  • BAA Ligasi Ikkinchi oʻrin: 2021/2022
  • BAA Superkubogi sohibi: 2019/2020
  • BAA Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2020/2021

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir