Mustafa Belyalov
Mustafa Osmanovich Belyalov (1957-yil 4-iyun) — sovet va oʻzbek futbolchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mustafa Osmanovich Belyalov | ||
Tavallud sanasi | 4-iyun 1957-yil | ||
Tavallud joyi | Sovetobod, Samarqand viloyati, OʻzSSR | ||
Boʻyi | 178 sm | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1977—1979 | Pomir (Dushanbe) | 89 | (7) |
1980—1981 | SKA Lviv | 50 | (5) |
1981—1984 | Paxtakor | 95 | (6) |
1985—1987 | Neftçi Boku PFK | 83 | (2) |
1988—1990 | Paxtakor | 88 | (8) |
1990—1992 | Nurafshon | 82 | (6) |
1992—1993 | Priborist Mukacheve | 2 | (0) |
1993—1994 | Perak | ||
Milliy terma jamoa | |||
1983 | SSSR (Olimpiya) | 2 | (0) |
1992 | Oʻzbekiston | 7 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
1992 | Nurafshon | ||
1997 | Chilonzor (Toshkent) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Tarjimai hol
tahrirFutbol oʻynashni Tojikistonning kichik Chkalovsk shahrida boshlagan. BOʻSM tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi — Vladimir Gavrilovich Burdin[1].
1977-yildan „Pomir“ uchun birinchi ligada oʻynagan, 1980-yilda Lvovda SKA jamoasida armiya xizmatida boʻlgan. 1981-yilgi mavsumda „Paxtakor“ murabbiyi Istvan Sekech Belyalovni jamoaga taklif qildi[2].
„Paxtakor“ murabbiyi Istvan Sekech oʻz intervyularidan birida himoyachi haqida shunday degan:
Bir marta oʻyinlarning birida oʻsha paytdagi yosh Belyalov maydon markazida toʻpni yoʻqotib qoʻydi, raqib uni olib, darvozamiz tomon yugurdi. Belyalov uning orqasidan yugurdi, lekin u ulgurmadi va xafa boʻlganidan koʻzlari yoshlandi. Shu vaqtda darvozabon yordam berdi va Belyalov hursandchiligidan uni quchoqlab oʻpdi. U futbolni chin dildan sevadigan, fidokorona oʻynab, mashgʻulot oʻtkazadigan insondir. Unga biroz tezlik yetishmaydi, lekin pozitsiyani toʻgʻri tanlash unga bu kamchilikni yopish imkonini berdi. Belyalov boshi bilan aʼlo darajada oʻynaydi, raqib darvozasi tomon belgilangan toʻplarni urganda, mamlakatda u kabi mahoratli harakat qiladigan futbolchilar kamligini tan olish kerak[3].
Keyin esa, „Nurafshon“, Ukrainadagi Mukachevoning „Priborist“ va Malayziyaning „Perak“ klublarida toʻp surdi va shu yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi. SSSR Olimpiya terma jamoasi uchun u 1984-yilgi Olimpiya oʻyinlariga saralash turnirida 2 ta rasmiy oʻyin oʻtkazdi va uning tarkibida birinchi Yevropa zonasi gʻolibiga aylandi[4].
Oʻzbekiston terma jamoasi safida 7 ta oʻyin oʻtkazgan[5].
Yutuqlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Мустафа Белялов“. 2020-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
- ↑ Мустафа Белялов
- ↑ Из статьи Виктора Хохлюка: «Они возрождали «Пахтакор». Мустафа Билялов – беззаветно любящий футбол» // «InterFutbol». — № 32 (500), август 2018. — с. 13
- ↑ Из статьи Виктора Хохлюка: «Они возрождали «Пахтакор». Мустафа Билялов — беззаветно любящий футбол». — Еженедельник «Интерфутбол». — № 32 (500), стр. 13. Ташкент. август 2018 год.
- ↑ „Статистика футболистов сборной Узбекистана“ (deadlink). 8-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2016-yil.
Havolalar
tahrir- Профиль на сайте National-football-teams