CSKA Pomir (Dushanbe, futbol klubi)
SSKA Pomir Dushanbe (tojikcha: Клуби футболи ЦСКА-Помир Душанбе; forscha: زسکا پامیر دوشنبه) – Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, hozirda Tojikiston oliy ligasida ishtirok etadi. 1997-yildan buyon klub Tojikiston Mudofa vazirligining homiyligida musoboqalarda ishtirok etadi.
Toʻliq nomi |
CSKA Pamir Dushanbe ЦСКА-Помир Душанбе | ||
---|---|---|---|
Laqabi | tojikcha: Дастаи Футболи Помир | ||
Asos solingan | 1950 | ||
Tojikiston markaziy stadioni | |||
Sigʻimi | 20,000 | ||
Direktori | Shamsiddin Kosimov | ||
Liga | Tojikiston Oliy ligasi | ||
Oʻrni | 4 | ||
|
Tarix
tahrirKlub 1950-yilda tashkil etilgan. Jamoa o'zining dastlabki turnirlardagi ishtirokini „Bolshevik“ nomi bilan boshlagan. Debyut mavsumida jamoa Tojikiston SSR chempionati turnir jadvalida oxirgi oʻrinni egallagan va jamoa a'zolari tarqatib yuborilgan.
U 1956-yilda yana SSSR chempionatlarida ishtirok etad boshlagan. 1960-yilgacha asosan quyi o'rinlarni egallagan va yomon natijalar qayd etgan. Bu davrda jamoa bir necha bor o'z nomini oʻzgartirgan.
1960-yilda klub nomi „Energetik“ deb oʻzgartirilgan. Klub oʻz tarkibini mustahkamladi va asta-sekin ikkinchi liga zonasining oʻrtamiyona jamoalari qatoriga ko'tarilgan. 1964-yilda ittifoq respublikalari jamoalari tomonidan „A“ klassi kengaytirilganligi sababli klub asosiy ligada ishtirok eta boshlagan.
Dastlabki yillarda jamoaning natijalari qoniqarsiz bo'lgan, lekin 1960-yillarning oʻrtalaridan tarkibiga mamlakatdagi yaxshi futbolchilarni taklif etgan va liganing eng kuchli jamoalari bilan tengma-teng oʻynay boshlagan. Ushbu muvaffaqiyatlarning eʼtirofi 1967-yilda 11 nafar „Energetik“ oʻyinchisiga SSSR sport ustasi unvonlari berilishi edi.
1969-yilda Dushanbe jamoasi oʻz zonasida 4-oʻrinni egalladi. 1970-yilda futbol ligasi tizimi isloh qilingan. Jamoa nomini o'zgartirdi va „Pomir“ nomi ostida Birinchi ligada ishtirok eta boshlagan. Pomir nomi ostida jamoa koʻp mavsumlar davomida uzluksiz va juda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
1973-yildan 1978-yilgacha jamoani Ishtvan Sekech boshqargan. „Pomir“ jamoasining 70-yillardagi shakllanishi va yuklsalishi uning nomi bilan bogʻliq. Oʻtgan yillar davomida Birinchi ligada klub kuchli raqobatdosh klub va ligada eski gvardiya sifatida obroʻ qozongan.
1983-yildan 1986-yilgacha jamoani Yuriy Syomin boshqargan va u „Pomir“ klubini Birinchi liga yetakchisiga aylantirgan. 1986-yilda uning oʻrnini Sharif Nazarov egallagan. 1989-yilda zambiyalik futbolchilar Derbi Makinka, Pirson Mvanza va Wisdom Chansa bir necha oyga jamoaga kelishdi. Bular SSSR futbol chempionatining elit divizioni tarixidagi birinchi xorijlik legionerlar edi.
1988-yil mavsum oxirida tarixda ilk bor Tojikiston SSRdan yagona vakil sifatida SSSR Oliy ligasiga yo'l olgan. SSSR parchalanishidan oldin liganing soʻnggi uch mavsumi davomida (1989, 1990 va 1991-yillar) ishtirok etgan. Ular soʻnggi Sovet Kubogining yarim finalida CSKA Moskvaga yutqazishdi. Tojikistonda davom etayotgan fuqarolar urushi tufayli klub tugatilib, uning futbolchilari Oʻzbekiston chempionatiga koʻchib oʻtishgan[1][2].
CSKA Pamir
tahrir1992-yilning bahorida radikal islomchilar Tojikistonda fuqarolar urushini boshlab yubordilar, bu esa barcha rusiyzabon futbolchilarni jamoani tark etishga majbur qildi. Biroq, debyut mavsumidayoq klub Tojikiston chempioniga aylangan.
1995-yilda „Pomir“ ikkinchi va oxirgi marta oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1996-yil boshida Hamdoʻstlik kubogida ishtirok etganidan so'ng, bir necha yetakchi futbolchilar klubni tark etishgan. 1996-yildan keyin Dushanbedagi bir nechta klublar Tojikiston ligasidan chetlatilgan.
1996, 1997 va 1999-yilgi mavsumlarda jamoa moliyaviya qiyinchilikka uchragan Tojikiston chempionatida ishtirok etmagan. Shundan jamoaga mamlakat Mudofaa vazirligi yordam bera boshlagan. Xususan, mudofa vaziri Sherali Xayrulloyev jamoaga shaxsan o'zi qo'llab quvatlagan. 1997-yilda klub Tojikiston Mudofaa vazirligi qoshida qayta tashkil etilgan va Tojikistonning CSKA klubiga aylantirilgan. Bu davrda jamoaga Damir Kamaletdinov ustozlik qilgan.
Shundan soʻng klub SKA Havo Mudofaasi Pomiri, 1998-yildan esa SKA-Pomir nomi bilan turnirlarda ishtirok eta boshlagan. 2000 va 2002-yilgi mavsumlarda jamoa chempionatda toʻrtinchi oʻrinni egallagan, 2001-yilda esa bronza medali sohibiga aylangan.
Keyingi mavsumlarda u 5-8-oʻrinlarni egallagan. 2008-yilgi mavsumda moliyaviya qiyinchilik sababli mavsumdagi chorak qism oʻyinlarni tugatmasdan turnirni tark etgan. Klubdagi barqarorlik faqat 2009-yilda paydo boʻla boshlagan. 2012-yilgi mavsumda Tojikiston chempionatida 13 nafar ishtirokchi orasida 7-oʻrinni egallagan.
2016-yilning iyulida CSKA jamoasi rahbarlari bosh murabbiy Rahmatullo Fuzaylovni ishdan boʻshatib[3], uning oʻrniga Tohirjon Moʻminov bilan shartnoma imzolagan[4].
2019-yilning 5-yanvarida Rustam Xoʻjayev CSKA jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan[5]. 2019-yil 23-iyun kuni Xoʻjayev bosh murabbiy lavozimini tark etgan[6]. 2019-yil 8-iyulda Sergey Jitskiy CSKAning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan[7].
Yillar davomida Pomir jamoasi tarbiyalanuvchilari Gʻulomxaydarov, Shirinbekov, Gess, Rahimov, Fuzaylov, Valeriy Sarychev, Oleg Malyukov va boshqalar Moskvaning eng yaxshi jamoalarida oʻynagan, SSSR terma jamoasida, shuningdek, Rossiya va Yevropaning boshqa klublarida toʻp surgan.
Stadion
tahrirKlub ilgari „Pomir“ stadionida oʻynagan boʻlsa, bugun kichikroq CSKA stadionida oʻynamoqda.
Tashkil etilgan kundan boshlab, SSSR chempionatlari va kuboklarida klub oʻz uy uchrashuvlarini Tojikistonning oʻsha davrdagi eng yirik stadioni – M. V. Frunze nomidagi Respublika stadionida oʻtkazgan va stadion oʻsha paytda 21 000 dan ortiq tomoshabinni sigʻdirgan.
SSSR parchalanganidan keyin stadion Respublika markaziy stadioni „Pomir“ nomini oldi. Ushbu stadionda 2000-yillarning oʻrtalarigacha CSKA-Pomir oʻz mehmonlarini qabul qilgan. Hozirda u uy uchrashuvlarini 7000 tomoshabinga moʻljallangan CSKA stadionida oʻtkazmoqda.
Ichki tarix
tahrirMavsum | Liga | Tojikiston kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Div. | Pos. | Pl. | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O | Ism | Liga | |||
1992 | 1st | 1 | 20 | 16 | 1 | 3 | 61 | 15 | 33 | Gʻolib | Umed Alidodov | 11 | Sharif Nazarov |
1993 | 1st | 2 | 30 | 25 | 2 | 3 | 93 | 21 | 52 | Sharif Nazarov | |||
1994 | 1st | 2 | 30 | 20 | 5 | 5 | 75 | 28 | 45 | ||||
1995 | 1st | 1 | 28 | 22 | 1 | 5 | 81 | 32 | 67 | ||||
1998 | 1st | 7th | 22 | 7 | 9 | 6 | 31 | 32 | 30 | Damir Kamaletdinov | |||
2000 | 1st | 4th | 34 | 15 | 7 | 12 | 54 | 51 | 52 | Damir Kamaletdinov | |||
2001 | 1st | 3rd | 18 | 9 | 5 | 4 | 29 | 19 | 32 | Damir Kamaletdinov | |||
2002 | 1st | 4th | 22 | 12 | 7 | 3 | 57 | 25 | 43 | Damir Kamaletdinov | |||
2003 | 1st | 9th | 30 | 15 | 3 | 12 | 61 | 41 | 48 | Damir Kamaletdinov | |||
2004 | 1st | 7th | 36 | 11 | 4 | 21 | 55 | 76 | 37 | Damir Kamaletdinov | |||
2005 | 1st | 7th | 18 | 5 | 4 | 9 | 30 | 36 | 19 | Damir Kamaletdinov | |||
2006 | 1st | 8th | 22 | 5 | 5 | 12 | 24 | 39 | 20 | ||||
2007 | 1st | 7th | 20 | 7 | 1 | 12 | 34 | 44 | 22 | ||||
2008 | 1st | 11th | 40 | 7 | 2 | 31 | 21 | 98 | 23 | ||||
2009 | 1st | 8th | 18 | 2 | 2 | 14 | 16 | 42 | 8 | Ikkinchi oʻrin | Abdugaffor Sattorovich Yuldashev | ||
2010 | 1st | 6th | 32 | 9 | 10 | 13 | 35 | 51 | 37 | ||||
2011 | 1st | 6th | 40 | 16 | 4 | 20 | 65 | 69 | 52 | Vladimir Utkin | |||
2012 | 1st | 7th | 24 | 8 | 6 | 10 | 26 | 25 | 30 | Chorak final | Aliyor Ashurmamadov | ||
2013 | 1st | 9th | 18 | 2 | 5 | 11 | 10 | 26 | 11 | Hussein Shodiev | |||
2014 | 1st | 8th | 18 | 3 | 6 | 9 | 14 | 27 | 15 | Alia Sylla | 6 | Abdugaffor Sattorovich Yuldashev | |
2015 | 1st | 6 | 18 | 8 | 2 | 8 | 18 | 22 | 26 | Yarim final | Davronjon Tukhtasunov | 8 | Abdugaffor Sattorovich Yuldashev |
2016 | 1st | 6 | 18 | 8 | 3 | 7 | 23 | 16 | 27 | 1/8 fianl | Davronjon Tukhtasunov | 4 | |
2019 | 1st | 4 | 21 | 8 | 5 | 8 | 24 | 27 | 29 | Chorak final | Shodibek Gafforov | 7 | Rustam Khojayev |
2020 | 1st | 3 | 18 | 8 | 5 | 5 | 29 | 25 | 29 | 1/8 fianl | Shodibek Gafforov | 7 | Sergey Zhitsky |
2021 | 1st | 3 | 27 | 12 | 8 | 7 | 37 | 29 | 44 | Chorak final | Fathullo Fathulloyev | 9 | Aliyor Ashurmamadov |
2022 | 1st | 5 | 22 | 7 | 4 | 11 | 30 | 34 | 25 | Chorak final | Sharafdzhon Solehov | 5 | Amin Subhoni |
Xalqaro musoboqalardagi tarix
tahrir- Natijalar 2022-yil 30-iyungacha boʻlin oʻtgan oʻyinlarga oid
Musoboqa | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG |
---|---|---|---|---|---|---|
Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati | 2 | 0 | 0 | 2 | 2 | 8 |
AFC Kubogi | 3 | 0 | 2 | 1 | 3 | 4 |
Jami | 5 | 0 | 2 | 3 | 5 | 12 |
- Natijalar 2022-yil 30-iyungacha boʻlin oʻtgan oʻyinlarga oid
Mavsum | Musoboqa | Bosqich | Jamoa | Uy | Safar | Umumiy |
---|---|---|---|---|---|---|
1996–97 | Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati | Birinchi bosqich | Neftchi | 1–4 | 1–4 | 2–8 |
2022 | AFC Kubogi | E guruhi | Altyn Asyr | 1–1 | 3-oʻrin | |
Soʻgʻdiyona Jizzax | 2–3 | |||||
Neftchi Qoʻchqor-Ota | 0–0 |
Yutuqlar
tahrirSSSR
tahrir- SSSR birinchi ligasi gʻolibi: 1988-yil.
- SSSR-MDH kubogi yarim finalchisi: 1991/1992.
Tojikiston
tahrir- Tojikiston chempionatida 1-oʻrin (2): 1992, 1995.
- Tojikiston chempionatida 2-oʻrin (2): 1993, 1994.
- Tojikiston chempionatida 3-oʻrin (1): 2001.
- Tojikiston kubogi sohibi (1): 1992.
- Tojikiston kubogi finalchisi (1): 2009.
Statistika
tahrirQuyida CSKA „Pomir“ jamoasi futbolchilarining 1988-1991-yillar oraligʻida SSSR oliy ligasidagi oʻyinlari haqidagi statistik maʼlumotlar keltirilgan[8].
SSSR oliy ligasidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar
tahrir№ | Ism | Oʻyinlar |
---|---|---|
1 | Yuriy Baturenko | 80 |
1 | Andrey Manannikov | 80 |
2 | Muhsin Muhammadiyev | 78 |
3 | Hakim Fuzaylov | 75 |
4 | Rashid Rahimov | 74 |
5 | Alimjon Rafiqov | 61 |
6 | Çaryýar Muhadow | 54 |
6 | Vasiliy Postnov | 54 |
7 | Anatoliy Volovodenko | 50 |
SSSR oliy ligasidagi eng koʻp gol urganlar
tahrir№ | Ism | Gollar |
---|---|---|
1 | Muhsin Muhammadiyev | 22 |
2 | Rashid Rahimov | 10 |
2 | Çaryýar Muhadow | 10 |
3 | Yuriy Baturenko | 5 |
Joriy tarkib
tahrir- 2024-yil 3-iyun[9]
|
|
Mashhur futbolchilar
tahrirOʻz mamlakatlari uchun xalqaro musobaqalarda qatnashgan futbolchilar.
|
|
|
Bosh murabbiylar
tahrir- Georgiy Mazanov (1950)
- Viktor Arjakov, Miroshnikov N. (1956)
- Ivan Kochetkov, Nikolay Potapov (1957)[10][11]
- Yuriy Yefremov (1958—1959)
- N. A. Aleshin (1960)
- Eduard Korobov (1961—1963)
- Nikolay Potapov (1964)
- Andrey Zazroyev (1964—1966)
- Vladimir Alyakrinskiy (1967)
- Ivan Larin (1968–1971)
- Yakov Karpov (1971)
- Ahmad Alaskarov (1972–1973)
- Yakov Karpov (1973)
- Ishtvan Sekech (1973–1978)
- Mark Tunis (1978–1981)
- Vladimir Gʻulomhaydarov (1981 – iyun 1983)
- Yuriy Syomin (1983—1985)
- Sharif Nazarov (1986–1988)
- Oleg Habi (1988—1989)
- Sharif Nazarov (1990—1993)
- Damir Kamaletdinov (1998—2005)
- Kenja Haitov (2005)[12]
- Ishtvan Sekech (2006)
- Aliyor Ashurmamadov (2009)
- Vladimir Utkin (2011-yil avgustgacha)
- Aliyor Ashurmamadov (2012-yil martgacha)
- Xusayin Shodiyev (2013-yil yanvardan — 2013-yil maygacha)
- Abdugʻaffor Yoldashev (2013-yil iyulgacha)
- Hamid Karimov (2014—2015)
- Rahmatullo Fuzaylov (2016-yil 19-iyulgacha)[13]
- Tohirjon Moʻminov (2016—2018)
- Rustam Xoʻjayev (2019-yil 23-iyungacha)[14]
- Sergey Jitskiy (i2019—2020-yil iyul oyigacha)
- Aliyor Ashurmamadov (2021-yil 19-aprelgacha)[15]
- Amin Subxoni (2021)
Manbalar
tahrir- ↑ „Tajikistan 1996“. 2023-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
- ↑ Vsevolod Yureskul: „Pamir“ s molotka – optom i v roznitsu // Futbolniy kurer. – № 18. – s.12.
- ↑ „ru:ЦСКА Памир расстался с главным тренером Рахматулло Фузайловым“ (ru). fft.tj. Football Federation Tajikistan (2016-yil 19-iyul). 2016-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
- ↑ „ru:Тохир Муминов – новый главный тренер ЦСКА Памир“ (ru). fft.tj. Football Federation Tajikistan (2016-yil 19-iyul). 2016-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
- ↑ „ru:РУСТАМ ХОДЖАЕВ СТАЛ НОВЫМ ГЛАВНЫМ ТРЕНЕРОМ ЦСКА ПАМИР“ (ru). fft.tj. Football Federation Tajikistan (2019-yil 5-yanvar). 2019-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „РУСТАМ ХОДЖАЕВ ПОДАЛ В ОТСТАВКУ С ПОСТА ГЛАВНОГО ТРЕНЕРА ЦСКА ПАМИР“ (ru). fft.tj/. Football Federation Tajikistan (2019-yil 23-iyun). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
- ↑ „УКРАИНСКИЙ СПЕЦИАЛИСТ СЕРГЕЙ ЖИЦКИЙ НАЗНАЧЕН ГЛАВНЫМ ТРЕНЕРОМ ЦСКА ПАМИР“ (ru). fft.tj/. Football Federation Tajikistan (2019-yil 8-iyul). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
- ↑ „Таджикистан — Планета Футбол — Яндекс.Словари“. 2012-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-aprel.
- ↑ „44 ЛЕГИОНЕРА ИЗ 13 СТРАН ВЫСТУПЯТ В 1XBET-ЧЕМПИОНАТЕ ТАДЖИКИСТАНА-2023“ (Russian). fft.tj/. Tajikistan Football Federation (2023-yil 31-mart). 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ : FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki
- ↑ „Потапов Николай Гаврилович, 1926, футболист“. 2022-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
- ↑ „«Памир» обрел нового тренера“. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 18-sentyabr.
- ↑ Toxir Muminov – noviy glavniy trener TsSKA „Pamir“ – Pressa.tj
- ↑ Rustam Khodzhaev – Profil trenera | Transfermarkt
- ↑ „Тренер тренер ЦСКА Памир Алиер Ашурмамадов подал в отставку“. 2022-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (ruscha) (archived)
- Club statistics at KLISF