Tojikiston Respublikasi Mudofaa vazirligining CSKA stadioni – Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida joylashgan koʻp funksiyali sport stadioni. Arenada CSKA Pomir futbol klubi oʻz uy oʻyinlarini oʻtkazadi.

CSKA stadioni
Tojikiston Respublikasi Mudofaa vazirligining CSKA stadioni
Joyi Dushanbe, Tojikiston
Qachon qurilgan 1960-yilda
Qachon ochilgan 1961-yilda
Qachon taʼmirlangan 1985-yil, 2000-yillarda
Yuzasi tabiiy maysazor
Hajmi 7000 kishi
Maydon oʻlchami 112x72 m
Maydon egalari
CSKA Pomir

Stadion 1961-yilda qurilgan va shu yilda foydalanishga topshirilgan. Sovet Ittifoqi davrida CSKA Pomir futbolchilari stadionda mashgʻulot oʻtkazishgan va klubning yoshlar jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazgan. CSKA Pomir jamoasining birinchi tarkibi oʻzi uy uchrashuvlarini 21400 tomoshabinga moʻljallangan M. V. Frunze nomidagi Respublika stadionida oʻtkazgan. Shuningdek, ushbu stadionda oʻsha paytda SSSR Mudofaa vazirligining „CSKA“ sportchilari mashgʻulotlar olib borishgan boʻlsa, hozirda Tojikiston Respublikasi Mudofaa vazirligining „CSKA“ sportchilari mashgʻulotlar olib borishmoqda.

CSKA Pomir klubining asosiy jamoasi uy uchrashuvlarini 2000-yillarning oʻrtalaridan boshlab ushbu stadionda oʻtkazishni boshlagan va hozirda bu jamoaning asosiy uy stadioni hisoblanadi. Stadionda futbol oʻyinlaridan tashqari, yengil atletika kabi turli sport tadbirlari ham oʻtkaziladi. Arenada shuningdek, shahar darajasidagi bayramlar, tomoshalar va konsertlar ham oʻtkaziladi.

Havolalar

tahrir