Fozil Musayev 1989-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Hozirda Eronning Sepahan futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida oʻynaydi, ampluasi yarimhimoyachi.

Fozil Musayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fozil Musayev
Tavallud sanasi 2-yanvar 1989-yil (1989-01-02) (35 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbek SSR Sovet Ittifoqi SSSR
Boʻyi 187 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Vazni 76 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Neftchi
Raqami 88
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
 UZB Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 Oʻzbekiston Nasaf 29 (0)
009—2011 Oʻzbekiston Mashʼal 44 (5)
2011—2012 Oʻzbekiston Nasaf 30 (3)
2013 Oʻzbekiston Bunyodkor 12 (1)
2013—2014 Qatar Muaither 15 (1)
2014 Oʻzbekiston Lokomotiv 22 (2)
2015—2016 Eron Sepahon 40 (2)
2016 Oʻzbekiston Nasaf 15 (2)
2017 Yaponiya Júbilo Iwata 51 (5)
2021 Oʻzbekiston Turon 20 (2)
2022 Oʻzbekiston Metallurg 9 (0)
2022- Oʻzbekiston Neftchi 8 (2)
Milliy terma jamoa
2007—2008  UZB Oʻzbekiston U-19 10 (1)
2009—2011  UZB Oʻzbekiston U-23 18 (2)
2009—2022  Oʻzbekiston 26 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Fozil Musayev professional futboldagi faoliyatini 2007-yili Qarshining Nasaf futbol klubida boshlagan. U ushbu klub tarkibida 2008-yil oxiriga qadar oʻynadi va ushbu vaqt oraligʻida 29ta oʻyinda maydonga tushdi. 2009-yili u Qashqadaryoning yana bir boshqa klubi Muborakning Mashʼal klubiga kelib qoʻshiladi, Fozil Musayev gazchilar safida 3 mavsum oʻynab 44 marta klub shanini maydonda himoya qildi va raqiblar darvozasini 5 marta ishgʻol qildi.

2011-yili u yana Nasafga qaytadi va oʻsha yili jamoa bilan birga AFC kubogi musobaqasining chempioniga aylanadi. Nasaf safida 2 mavsum oʻynaydi, 30 marta maydonga tushib 3ta golga mualliflik qiladi. 2013-yili Toshkentning Bunyodkor klubi bilan shartnoma imzolaydi,[1], ammo ushbu klubda yarim mavsum oʻynab, 12ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1ta golga mualliflik qildi. Keyin u Qatarning Muaither klubi bilan shartnoma imzoladi. Musayev arab klubi tarkibida 2014-yilning oʻrtalariga qadar oʻynadi va ushbu vaqt oraligʻida 15ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilishga ulgurdi.

2014-yilning yozida u Oʻzbekistonga qaytadi va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma tuzadi. Lokomotiv tarkibida mavsumning oxirigacha oʻynaydi, 22ta oʻyinda oʻynab, 2ta golni oʻz nomiga yozdirib qoʻyadi. 2015-yilning yanvar oyida, Eronning Sepahan klubi bilan shartnoma imzolaydi va shu vaqtga qadar u ushbu klubda 13ta oʻyinda maydonga tushdi.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Fozil Musayev bir qancha xalqaro musobaqalarda terma jamoa sharafini himoya qilgan. U Oʻzbeiston U-19 terma jamoasi safida AFC U-19 Osiyo chempionati 2008 musobaqasida oʻynagan. 2011-yili Oʻzbekiston U-22 terma jamoasi va 2012-yili Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Yozgi Olimpiya oʻyinlari 2012 musobaqasi uchun boʻlgan saralash bosqichlarida ishtirok etgan.

Milliy terma jamoadagi ilk debyut oʻyinini 2009-yil 1-fevralda Ozarbayjon terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 23ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.

Klubdagi statistikalari tahrir

  • Soʻnggi maʼlumotlar olindi: 25-iyul 2015 [2][3]
Klubdagi isht. Liga Kubok Qitʼaviy Jami
Mavsum Klub Liga Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Oʻzbekiston Liga Kubok Qitʼaviy Jami
2007 Nasaf Qarshi Oliy liga 11 0 - - 11 0
2008 18 0 - - 18 0
2009 Mashʼal Muborak 15 2 - - 15 2
2010 19 0 - - 19 0
2011 10 3 4 0 - - 14 3
Nasaf Qarshi 7 1 2 0 4 0 13 1
2012 23 2 7 1 6 1 36 4
2013 Bunyodkor 12 1 1 0 6 2 19 3
Qatar Liga Kubok Qitaʼviy Jami
2013/14 Muaither Qatar Yulduzlar ligasi 15 1 1 0 - - 16 1
Oʻzbekiston Liga Kubok Qitʼaviy Jami
2014 Lokomotiv Toshkent Oliy liga 22 2 5 0 - - 27 2
Eron Liga Kubok Qitʼaviy Jami
2014/15 Sepahan Fors koʻrfazi ligasi 13 0 0 0 - - 13 0
2015/16 7 1 0 0 6 0 33 1
Jami faoliyatida 165 12 20 1 16 3 201 16

Yutuqlar tahrir

Nasaf tarkibida
  • 2  Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2011
  • 2  Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011, 2012
  • 1  AFC kubogi gʻolibi: 2011
Lokomotiv tarkibida
  • 2  Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2014
  • 1  Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014
  • 2  Oʻzbekiston super kubogi finalchisi: 2014
Sepaxon tarkibida
  • 1  Eron chempioni: 2014/2015

Manbalar tahrir

  1. „Янги “қалдирғочлар”“. fcbunyodkor.com (4-yanvar 2013-yil). 22-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2015-yil. (Wayback Machine saytida 22-iyul 2015-yil sanasida arxivlangan)
  2. Fozil Musaev soccerway.com saytida
  3. Fozil Musaev footballdatabase.eu saytida

Havolalar tahrir