Nasaf (futbol klubi)
Nasaf – Qarshi shahrining futbol jamoasidir. 1978-yilda tashkil topgan. 1997-yildan boshlab Oʻzbekiston Super Ligasi qatnashchisi.
Nasaf | |||
Toʻliq nomi | Nasaf Professional futbol klubi | ||
Laqabi | Ajdarlar | ||
Asos solingan | 1986 | )||
Stadion | Qarshi markaziy stadioni | ||
Prezidenti | ![]() | ||
Murabbiyi | ![]() | ||
Vebsayt | www.fcnasaf.uz | ||
Musobaqasi | Oliy liga | ||
---|---|---|---|
2021 | 4 | ||
|
TarixiTahrirlash
Jamoa nomiTahrirlash
- 1985–1991: Geolog
- 1992: Paxtachi
- 1996: Dinamo-Nasaf
- 1993–1995, 1996–: Nasaf FK
Qisqacha tarixTahrirlash
„Nasaf“ jamoasi 1987-yilda tashkil etilgan. Jamoa Oʻzbekiston oliy ligasida 1997-yildan beri ishtirok etadi.
Oʻzbekiston chempionatining oliy ligasida besh marotaba (2000, 2001, 2005, 2006, 2009) bronza medali sovrindori, Oʻzbekiston kubogi (2002/2003) finalchisi, Osiyo Chempionlar kubogi (2002-yil) yarim finalchisi, OFKning „Halol oʻyin uchun“ sovrini (2002-yil) sohibi.
Jamoa tarkibida eng koʻp maydonga chiqqan oʻyinchi — Roʻziqul Berdiev (314 marotaba). Jamoaning eng yaxshi toʻpurari — Zafar Xolmurodov (181 ta). Bir mavsumda eng koʻp toʻp kiritgan futbolchi— Zafar Xolmurodov (30 ta, 2000-yil).
Eng yirik gʻalabasi — 7:0 („Metallurg“ Bekobod, 2004-yil), 8:1 („Andijon“, 2004-yil). Eng yirik magʻlubiyati — 0:6 („Andijon“, 1998-yil).
Oliy ligada jami 398 ta uchrashuv oʻtkazgan. Shundan 216 tasida gʻalaba qozongan, 68 ta durang va 114 ta magʻlubiyat qayd etgan. Toʻplar nisbati 746—520.
Nasaf jamoasi Oliy Ligaga yoʻlanmasini pastgi ligalardagi kurashsiz qoʻlga kiritgan. Bunday hol Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabussi tufayli roʻy bergan. Asosan yosh futbolchilardan asos topgan Mash’al jamoasi pastki oʻrinlarda yurganligi sabab uning oʻrniga Oliy Ligada Nasaf jamoasi ishtirok etishni boshlagan.
Ichki oʻyinlar tarixiTahrirlash
Xalqaro maydondagi oʻyinlarTahrirlash
Musobaqa | Oʻ | Gʻ | D | M | GF | GA |
---|---|---|---|---|---|---|
Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati | 9 | 5 | 2 | 2 | 17 | 14 |
OFK kubogi | 19 | 13 | 3 | 3 | 49 | 13 |
Osiyo Chempionlar ligasi | 28 | 8 | 6 | 14 | 26 | 41 |
Jami | 56 | 26 | 11 | 19 | 92 | 68 |
YutuqlarTahrirlash
- Oʻzbekiston Oliy Ligasi kumush medali sovrindori: (3)
- 2011, 2017. 2020
- Oʻzbekiston Oliy Ligasi bronza sovrindori: (7)
- 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014
- Oʻzbekiston Kubogi finalisti: (4)
- 2002, 2003,2011, 2013
- Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalchisi: (1)
- 2001/02
- OFK kubogi chorak finalchisi: (1)
- 2010
- OFK kubogi finalchisi (1)
- 2021
- OFK kubogi sohibi: (1)
- 2011
StadionTahrirlash
Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 5 uy Telefon (+998 75) 221 86 17 Faks (+998 75) 221 50 94 Foydalanishga topshirilgan 2006 yil Arxitektor Sobir Toshev (Samarqand) Birinchi uchrashuv „Nasaf“ — „OʻzDongJu“ 2:0 (08.08.2008 y.) Maydon oʻlchami 104x68 Tomoshabinlar sigʻimi 14.750 Tribunalar soni 20 ta Mehmonlar sektori 5-sektor Maydon qoplamasi „Sportmaster“ (Daniya) Yoritish moslamasi 1200 lyuks VIP-loja 180 oʻrindiq TV-pozitsiya 12 Sharhlovchilar xonasi 6 ta OAV lojasi 100 oʻrindiq Videotablo Rangli, raqamli 2 dona
Bosh murabbiylariTahrirlash
Ismi sharifi | Faoliyati davri |
---|---|
Viktor Borisov | 1997–98 |
Viktor Makarov | 1998–99 |
Bahodir Davlatov | 2000–04 |
UKR Oleh Morozov | 2005 |
Bahrom Hakimov | 2006 |
Qozogʻiston Vladimir Fomichyov | 2007 |
Rossiya Viktor Kumikov | 2008–2010 |
UKR Anatoliy Demyanenko | Avg 12, 2010–Yan 4, 2012 |
Roʻziqul Berdiyev | Yan 9, 2012–May 12 |
Usmon Toshev | May 2012–Noy 12 |
Roʻziqul Berdiyev | Noy 2012– |
FutbolchilarTahrirlash
- 2022-yil 13-aprel[1]
|
|
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Coca-Cola Суперлига-2020 жамоалари заявкаси“ . pfl.uz. 30-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-aprel 2020-yil.