Alibek Davronov (2002-yil 28-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, „Nasaf“ futbol klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi. Ampluasi boʻyicha — markaziy himoyachi. Nasaf jamoasida 2-raqamda maydonga tushadi[1].

Alijon Davronov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alibek Fahriddin o'g'li Davronov
Tavallud sanasi 28-dekabr 2002-yil (2002-12-28) (21 yosh)
Tavallud joyi Qarshi shahri, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.83m
Ampluasi Markaziy Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021— Nasaf 61 (5)
Milliy terma jamoa
2019 O‘zbekiston U-19 3 (0)
2020— Uzbekistan U-20 0 (0)
2022— O‘zbekiston U-23 7 (1)
2022— Oʻzbekiston 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ilk yillari tahrir

Alibek Davronov 2002-yilning 28-dekabrida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida, Fahriddin aka oilasida dunyoga kelgan. Yosh bola vaqtidanoq futbolga mehr qoʻygan Alibek Davronov Qashqadaryo viloyatining asosiy jamoasi boʻlgan Nasaf futbol klubining akademiyasida mashgʻulotlarda qatnasha boshlaydi. Jismoniy jihatdan baquvvat boʻlgan Alisher Davronov murabbiylarning koʻrsatmasiga binoan himoyada toʻp sura boshlagan. Bu koʻrsatmalar oʻzini oqlagan va hozirda Alibek yurtimizning koʻzga koʻringan markaziy himoyachilaridan biridir. Futbolchi 2021-yilning yoz oyiga qadar Nasaf futbol klubining turli yoshdagi jamoalarida toʻp surgan. Ushbu oʻyinlar orqali bosh murabbiy eʼtiboriga tushgan va 2021-yil 1-avgustdan boshlab asosiy jamoa bilan shartnoma imzolagan. Transfermarkt sayti maʼlumotiga koʻra, hozirda Alibek Davronovning transfer narxi 450 000 yevroni tashkil qiladi[2].

Klubdagi faoliyati tahrir

Nasaf jamoasi tarkibida tahrir

2021-yil tahrir

Alibek Davronov Nasaf jamoasi bilan 2021-yil 1-avgustda professional shartnoma imzolagan va shu kundan buyon jamoa tarkibida toʻp surib kelmoqda. Nasaf jamoasidagi oʻzining debyutini Oʻzbekiston kubogi doirasida Jizzax viloyatining Soʻgʻdiyona jamoasiga qarshi oʻtkazgan va jamoa 1:0 hisobida gʻalabani qoʻlga kiritgan. Umumiy hisobda Alibek Davronov 2021-yil Oʻzbekiston kubogida 3 ta, OFK kubogida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan.

2022-yil tahrir

2022-yil futbolchi uchun anchagina omadli yil boʻldi. Oʻzbekiston Superligasida 24 ta, Osiyo chempionlar ligasida 7 ta, Oʻzbekiston kubogida 4 ta oʻyinda ishtirok etdi. Shuningdek, ilk marotaba Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga chaqiruv oldi va oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa sharafini himoya qildi. Shu oʻyinlarda umumiy 7 ta sariq kartochka oldi, biror marotaba qizil kartochkaga loyiq koʻrilmadi. 2022-yil davomida 1997 daqiqa vaqtini Nasaf jamoasi uchun maydonda oʻtkazdi[3].

2023-yil tahrir

2023-yil davomida hozircha Oʻzbekiston Superligasida 12 ta, Oʻzbekiston kubogida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. Superligada 2 ta uchrashuvda oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻyishga ham erishdi. Umumiy 5 ta sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Oʻzining oʻyini orqali Alibek Davronov koʻplab klublar eʼtiboriga tushgan.

Musobaqa Yil Oʻyin Gol Daqiqa
Oʻzbekiston kubogi 2023 3 0 270
Oʻzbekiston Superligasi 2023 12 2 776
Oʻzbekiston kubogi 2022 4 1 363
AFC Champions League 2022 7 0 515
Oʻzbekiston Superligasi 2022 24 0 1119
Oʻzbekiston Superkubogi 2022 0 0 0
AFC Cup 2021 1 0 4
Oʻzbekiston kubogi 2021 3 1 164

Xalqaro maydonda tahrir

Alibek Davronov turli yoshlardagi Oʻzbekiston terma jamoalarida jami 7 ta oʻyinda maydonga tushgan. Himoyada yaxshi harakat qilgan, gol urmagan. Milliy terma jamoaga esa 2022-yilda ilk marotaba chaqiruv oldi va oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Debyut oʻyinida 26 daqiqa davomida jamoasi uchun harakat qildi. 2023-yil CAFA Nations Cup musobaqasida 1 ta oʻyinni toʻliq maydonda oʻtkazdi.

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy tahrir

  „Nasaf“

  • OFK kubogi finalchisi: 2021

Manbalar tahrir

  1. „Alibek Davronov“. Transfermarkt. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
  2. „Alibek Davronov“. Transfermarkt. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
  3. „Alibek Davronov - Player Info“. GSA. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.

Havolalar tahrir