Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati — Superliga

O‘zbekiston Superligasi (sobiq nomi – Oliy liga) – O‘zbekiston professional futbol klublarining oliy toifali musobaqasi. Homiylik nuqtai nazaridan Coca Cola Superligasi deb ham yuritiladi. O‘zbekiston Superligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladi. Superligada ishtirokchi jamoalari soni ayni paytda 14tani tashkil etadi. Mavsum yakuniga ko‘ra, Superligada so‘nggi ikki pog‘onani egallaydigan klublar Pro ligaga tushib ketadi. Superliga yakunida 12-o‘rinni qo‘lga kiritadigan jamoa esa Pro liganing 3-o‘rindagi klubiga qarshi O‘tish uchrashuvida ishtirok etadi. O‘zbekiston Superligasi g‘olibi kelgusi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga, shuningdek O‘zbekiston Superkubogida mamlakat kubogi sohibiga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Oʻzbekiston Superligasi
Coca-Cola Superleague 2019 logo.png
Toʻliq nomi Oʻzbekiston Superligasi
Davlat Oʻzbekiston
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Oʻtkazuvchi tashkilot Oʻzbekiston Professional futbol ligasi
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1
Asos solingan sana 1992-yil
Xalqaro musobaqalar Osiyo Chempionlar ligasi
Klublar soni 14 ta
Quyi divizion Pro liga
Ichki kuboklar O'zbekiston kubogi
Liga kubogi
Eng kuchli jamoa Paxtakor (14 marta)
Eng yaxshi toʻpurar Anvar Berdiyev (520ta gol)
Eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi Asror Aliqulov (225ta oʻyin)
Sayt Rasmiy sayti

Musobaqa formatiTahrirlash

Musobaqalarni boshqarish, tashkil etish va o‘tkazilishini nazorat qilish O‘zPFL tomonidan amalga oshiriladi. Superliga odatiy ikki davrali formatda tashkil etiladi. Chempionat har yili fevral oyi so‘nggida start oladi va noyabrga qadar davom etadi. Mavsum davomida har bir klub boshqa klublar bilan ikki marta, bir marta uyda va bir marta mehmonda, jami 26 ta o‘yin o‘tkazadi. Jamoalar g‘alaba uchun uch ochko oladi, durang uchun bir ochko, mag‘lubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar bo‘yicha tartiblangan, mavsum oxirida eng yuqori o‘rinni egallagan klub chempion bo‘ladi. Superligada asosiy jamoa uchrashuvidan bir kun keyin U-21 chempionati o‘yini ham o‘tkaziladi.

TarixTahrirlash

Mustaqil O‘zbekistonda futbol bo‘yicha mamlakat chempionati 1992-yildan boshlab o‘tkazib kelinadi. Ilk bora tashkil etilgan chempionatda “Paxtakor” va “Neftchi” bir xil ochko jamg‘arib, yakunda qo‘shchempionlikni tantana qilishgan. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yuqori divizioni dastlab Oliy liga deb nomlangan. Milliy chempionat 1992-2017-yillar mavsumlarida Oliy liga nomi ostida tashkil etilgan. 2018-yildan boshlab esa O‘zbekiston Professional futbol ligasi ichki chempionatda islohotlar amalga oshirib, yuqori divizionni O‘zbekiston Superligasiga aylantirdi.[1]

KlublarTahrirlash

O‘zbekiston klublari ichida eng sovrindori – Toshkentning “Paxtakor” jamoasi sanaladi. “Paxtakor” hozirga qadar 14 marta O‘zbekiston chempionatida oltin medallarga ega chiqqan. O‘zbekiston Superligasining sovrindor klublari Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishadi. Xususan, O‘zbekiston chempioni va O‘zbekiston kubogi sohibi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashsa, Superliganing kumush va bronza medallari g‘oliblari saralash bahslari orqali Chempionlar ligasiga yo‘l olishadi. Hozirga qadar Superliga jamoalarining qit’a Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi yarim final bo‘lib qolmoqda. Ayrim yillarda O‘zbekiston klublari Osiyoda nufuz jihatidan ikkinchi o‘rindagi OFK kubogi musobaqasida ham ishtirok etgan. Xususan, “Nasaf” 2011-yilda OFK kubogi finalida g‘alaba qozongan.

Superligada legionerlar limitiTahrirlash

O‘zPFL musobaqalari uchun klub 5 nafargacha xorijlik futbolchini legioner sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Bunda ulardan biri (yoki hammasi) Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a’zo mamlakat fuqarosi bo‘lishi shart, ya’ni O‘zbekistonda 4+1 limiti amal qiladi. OFKga a’zo davlatdan legioner mavjud bo‘lmagan taqdirda klub ariza varaqasiga 4 nafardan ortiq chet ellik futbolchini kirita olmaydi (farm klub safida ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi ham shunga qo‘shib hisoblanadi).

Superliga futbolchilarining rekordlariTahrirlash

O‘zbekiston Superligasida mahalliy va xorijlik bir qator mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan. Xususan, braziliyalik Rivaldo 2008–2010-yillar mobaynida “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 20 ta gol bilan Rivaldo O‘zbekiston chempionati to‘purariga aylangan. Superligada to‘purarlik bo‘yicha rekordchi – Anvar Berdiev sanaladi. “Neftchi” jamoasi safida uzoq vaqt barqaror o‘ynagan futbolchi O‘zbekiston chempionatlari tarixida 225 ta gol kiritishga erishgan. O‘tkazgan o‘yinlari soni bo‘yicha rekordchi esa – Asror Aliqulov hisoblanadi. Yaqin o‘tmishning taniqli himoyachisi umumiy hisobda 520 ta o‘yinda maydonga tushgan[2].

Mavsumlardagi sovrindorlarTahrirlash

Har mavsum yakunida Superliganing uchta sovrindor jamoasi va quyi o‘rinni egallab Pro ligaga tushib ketadigan jamoalari nomi aniqlanadi[3].

Sovrindor klublarTahrirlash

“Paxtakor”dan keyingi eng ko‘p sovringa ega chiqqan jamoalar – “Neftchi” hamda “Bunyodkor” sanaladi. Har ikkala jamoa ham o‘z tarixida 5 martadan O‘zbekiston chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritgan.[4]

Liganing barcha vaqt jadvali, 2021 yilgi mavsum[5]

2018-yilgi Superliga ishtirokchilari
2018-yilgi Proliga ishtirokchilari
Tarqatib yuborilgan
Ikkinchi liga
Pozitsiya Jamoa O'ynalgan mavsumlar Nuqtalar O'tkazilgan uchrashuvlar Yutuq Durang Mag'lubiyat Urilgan gollar Urilgan gollar 1-o'rin 2-o'rin 3-o'rin Eng yaxshi
1 Paxtakor 30 1967 890 609 140 141 1998 740 14 6 2 1
2 Neftchi Farg'ona 27 1552 812 474 130 208 1571 868 5 9 1 1
3 Navbahor Namangan 30 1416 890 410 186 294 1437 1049 1 0 8 1
4 Nasaf Qarshi 25 1345 738 402 149 187 1295 797 0 4 9 2
5 Bukhoro 28 1106 838 321 143 374 1116 1279 0 1 0 2
6 Soʻgʻdiyona Jizzax 26 943 778 265 141 365 973 1243 0 1 1 2
7 Dinamo Samarqand 23 848 706 241 125 340 853 1034 0 0 0 4
8 Andijon 26 875 766 238 161 367 1003 1258 0 0 0 5
9 Bunyodkor 15 903 430 273 88 71 784 327 5 2 2 1
10 Metallurg-Bekobod 24 845 704 234 143 327 858 1077 0 0 0 5
11 Lokomotiv-Toshkent 15 832 434 243 103 140 786 553 3 4 1 1
12 Qizilqum-Zarafshon 22 826 644 228 142 274 780 919 0 0 1 3
13 Mashal-Muborak 19 743 538 214 102 223 673 725 0 1 1 2
14 Traktor-Tashkent 16 621 490 178 87 225 684 814 0 0 0 4
15 Do'stlik 11 559 346 169 52 125 669 532 2 0 0 1
16 Qoʻqon 1912 16 612 490 176 84 240 649 844 0 0 0 5
17 Olmaliq 14 536 400 149 85 162 550 564 0 0 0 4
18 Surxon-Termiz 15 428 452 130 80 231 531 846 0 0 0 6
19 MHSK 7 362 216 106 44 66 420 335 1 1 1 1
29 Sho'rtan-G'uzor 12 381 340 109 54 177 393 566 0 0 0 4
21 Xorazm 8 230 248 62 44 142 281 518 0 0 0 7
22 Zarafshon 6 217 196 60 37 99 236 355 0 0 0 9
23 Yangiyer 7 205 216 56 37 123 266 385 0 0 0 10
24 Orol 5 155 164 44 23 97 171 329 0 0 0 11
25 Kosonsoy 5 145 156 40 25 91 171 305 0 0 0 8
26 Guliston 5 119 154 34 17 103 142 340 0 0 0 14
27 Atlaschi 4 118 124 34 16 74 149 280 0 0 0 7
28 Chirchiq 4 103 122 26 25 71 130 240 0 0 0 14
29 Toʻpalang-Sariosiyo 3 96 86 28 12 46 103 146 0 0 0 9
30 Kimyogar-Chirchiq 3 96 104 25 21 58 113 193 0 0 0 14
31 Akademiya 1 59 34 16 11 7 72 45 0 0 0 5
32 Semurg Angren 2 57 72 15 12 45 99 200 0 0 0 12
33 Sementchi-Quvasoy 1 31 30 8 7 15 39 64 0 0 0 15
34 Chilonzor-Toshkent 1 30 34 8 6 20 51 70 0 0 0 16
35 Shahrixon 1 28 32 7 7 18 25 67 0 0 0 15
36 Obod 1 24 30 6 6 18 25 51 0 0 0 14
37 Turon 1 17 26 3 8 15 16 47 0 0 0 14
38 Vobkent 1 15 30 3 6 21 23 70 0 0 0 16
39 Uz-Dong-Ju Andijon 1 13 30 2 7 21 17 65 0 0 0 16

Superliga futbolchilarining rekordlariTahrirlash

Eng koʻp gol urganlarTahrirlash

2019-yil holatiga[6]
Oʻrni Ismi Yillari Gollar soni
1 Anvar Berdiyev 1995-2019 225
2 Zafar Xolmurodov 1997-2012 200
3 Shuhrat Mirxoldirshoyev 2000-2014 194
4 Baxtiyor Hamidullayev 1997-2011 178
5 Jaʼfar Irismetov 1993-2012 174
6 Umid Isoqov 1994-2009 171
7 Ravshan Bozorov 1992-2007 171
8 Anvarjon Soliyev 1996-2015 164
9 Oybek Usmonxoʻjaev 1992-2005 157
10 Rustam Durmonov 1992-2002 133
11 Farid Habibullin 1992-2004 131
12 Muxtor Qurbonov 1993-2009 128
13 Noʻmon Hasanov 1992-2009 125
14 Nosirbek Otaqoʻziyev 2003-yildan 117
15 Server Jeparov 2000-yildan 113
16 Shuhrat Rahmonqulov 1992-2005 108
17 Nagmetulla Kutibayev 1992-2007 106
18 Artur Gevorkyan 2007-yildan 105
19 Oleg Shatskix 1993-2003 105
20 Vali Keldiyev 1992-2006 104
21 Zayniddin Tojiyev 2001-2015 102
22 Shaxboz Erkinov 2003-yildan 101
23 Igor Taran 2003-yildan 95


Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlarTahrirlash

2019-yil holatiga[7]
Oʻrni Ismi Yillar Soni
1 Asror Aliqulov 1995-2015 520
2 Anvar Berdiyev 1995-2019 505
3 Anvar Gʻofurov 2000-yildan 455
4 Hikmat Hoshimov 1998-2017 453
5 Ilhom Yunusov 2000-2018 431
6 Botir Qorayev 1999-2017 428
7 Ignatiy Nesterov 2001-present 423
8 Vali Keldiyev 1992-2006 415
9 Xayrulla Karimov 1996-2016 410
10 Roʻziqul Berdiyev 1992-2008 408
11 Jasur Hasanov 1999-present 406
12 Abdumajid Toirov 1996-2013 406
13 Anvar Soliyev 1996-2015 406
14 Noʻmon Hasanov 1992-2009 402
15 Muxtor Qurbonov 1992-2012 402
17 Shavkat Salomov 2000-present 368
18 Erkin Boydullayev 2003-present 362
19 Nosirbek Otaqoʻziyev 2003-present 351
20 Artur Gevorkyan 2007-present 330
21 Mamur Ikromov 2003-present 323


Mavsumlardagi sovrindorlar oʻrni va Toʻpurarlar roʻyxatiTahrirlash

O‘zbekiston chempionatining ilk mavsumida Valeriy Kechinov 24 ta gol bilan to‘purar nomiga ega chiqqan. 2000-yilgi mavsumda “Do‘stlik” jamoasi safida Jafar Irismetov 45 ta gol kiritib mavsum to‘purariga aylangan va ushbu natija hozirga qadar bir mavsum uchun rekord sanaladi.[8]

Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin
1992 1 Paxtakor Neftchi Fargʻona Soʻgʻdiyona
1993 Neftchi Fargʻona Paxtakor Navbahor Namangan
1994 Neftchi Fargʻona Nurafshon Buxoro Navbahor Namangan
1995 Neftchi-Fargʻona MHSK Navbahor-Namangan
1996 Navbahor Namangan Neftchi Fargʻona MHSK
1997 MHSK Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
1998 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
1999 Doʻstlik Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2000 Doʻstlik Neftchi Fargʻona Nasaf Qarshi
2001 Neftchi Fargʻona Paxtakor Nasaf Qarshi
2002 Paxtakor Neftchi Fargʻona Qizilqum Zarafshon
2003 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2004 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2005 Paxtakor Mash’al Mubarak Nasaf Qarshi
2006 Paxtakor Neftchi Fargʻona Nasaf Qarshi
2007 Paxtakor Kuruvchi Mash’al Mubarak
2008 2 Bunyodkor Paxtakor Neftchi Fargʻona
2009 Bunyodkor Paxtakor Nasaf Qarshi
2010 Bunyodkor Paxtakor Nasaf Qarshi
2011 Bunyodkor Nasaf Qarshi Paxtakor
2012 Paxtakor Bunyodkor Lokomotiv Tashkent
2013 Bunyodkor Lokomotiv Toshkent Nasaf Qarshi
2014 Paxtakor Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi
2015 Paxtakor Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi
2016 Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi Bunyodkor
2017 Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi Paxtakor
2018 Lokomotiv Tashkent Paxtakor Navbahor Namangan
2019 Paxtakor Lokomotiv Tashkent Bunyodkor
2020 Paxtakor Nasaf Qarshi AGMK
2021 Paxtakor Soʻgʻdiyona AGMK
1Oliy Liga turniri

2Oʻzbekiston Professional futbol ligasi turniri

3Superliga turniri

Sovrindor klublarTahrirlash

Klublar Gʻolib Kumush Bronza
Soni Yil Soni Yil Soni Yil
"Paxtakor" (Toshkent) 14 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021 6 1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018 2 2011, 2017
"Neftchi" (Fargʻona) 5 1992, 1993, 1994, 1995, 2001 9 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006 1 2008
"Bunyodkor" (Toshkent) 5 2008, 2009, 2010, 2011, 2013 2 2007, 2012, 2016 2 2016, 2019
"Lokomotiv" (Toshkent) 3 2016, 2017, 2018 4 2013, 2014, 2015,

2019

1 2012
"Doʻstlik" (Toshkent viloyati) 2 1999, 2000
MHSK 1 1997 1 1995 1 1996
"Navbahor" (Namangan) 1 1996 9 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018
"Nasaf" (Qarshi) 3 2011, 2017, 2020 10 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015,2016
"Mashʼal" (Muborak) 1 2005 1 2007
"Nurafshon" (Buxoro) 1 1994
"Soʻgʻdiyona" (Jizzax) 1 2021 1 1992
"AGMK" (Olmaliq) 2 2020, 2021
"Qizilqum" (Zarafshon) 1 2002

ToʻpurarlarTahrirlash

Yil boʻyichaTahrirlash

Mavsum Oʻyinchi Klub Gollar
1992   Valeriy Kechinov «Paxtakor» (Toshkent) 24
1993   Rustam Doʻrmonov «Neftchi» (Fargʻona) 24
1994   Ravshan Bozorov «Neftchi» (Fargʻona) 26
1995   Oleg Shatskix «Navbahor» (Namangan) 26
1996   Jaʼfar Irismetov «Doʻstlik» (Toshkent viloyati) 23
1997   Oleg Shatskix «Navbahor» (Namangan) 34
  Jaʼfar Irismetov «Doʻstlik» (Toshkent viloyati)
1998   Igor Shkvirin «Paxtakor» (Toshkent) 22
  Mirjalol Qosimov
1999   Umid Isoqov «Neftchi» (Fargʻona) 24
  Baxtiyor Hamidullayev Andijon
2000   Jaʼfar Irismetov «Doʻstlik» (Toshkent viloyati) 45
2001   Umid Isoqov «Neftchi» (Fargʻona) 28
2002   Baxtiyor Hamidullayev Andijon 22
2003   Marsel Idiatulin Qizilqum 26
  Shuhrat Mirxoldirshoyev «Navbahor» (Namangan)
2004   Shuhrat Mirxoldirshoyev «Navbahor» (Namangan) 31
2005   Anvar Soliyev «Paxtakor» 29
2006   Pavel Solomin Traktor (Toshkent) 21
2007   Ilhom Moʻminjonov Bunyodkor 21
2008   Server Jeparov Bunyodkor PFK 19
2009   Rivaldo Bunyodkor(Toshkent) 20
2010   Alisher Xoliqov «Neftchi» (Fargʻona) 13
  Nosir Otaqoʻziyev AGMK
2011   Miloš Trifunović Bunyodkor 17
2012   Anvar Berdiyev «Neftchi» (Fargʻona) 19
2013   Aleksandr Pishchur Bunyodkor 19
2014   Artur Gevorkyan Nasaf (Qarshi) 18
2015   Igor Sergeyev «Paxtakor» (Toshkent) 24
2016   Temirxoʻja Abduxoliqov Lokomotiv (Toshkent) 22
2017   Marat Bikmayev Lokomotiv (Toshkent) 27
2018   Tiagu Bezerra «Paxtakor» (Toshkent) 17
2019   Dragan Ceran «Paxtakor» (Toshkent) 23
2020   Dragan Ceran «Paxtakor» (Toshkent) 21
2021   Dragan Ceran «Paxtakor» (Toshkent) 16

HomiylarTahrirlash

Dastlabki yillarda O‘zbekiston chempionatining titul homiysi bo‘lmagan. O‘zPFL 2017-yildan boshlab bu borada jiddiy ish olib bora boshladi va 2018-yilgi mavsumda Pepsi O‘zbekiston Superligasiga titul homiy bo‘ldi. O‘zPFL 2019-yildan boshlab asosiy homiy sifatida Coca Cola bilan ishlab kelmoqda. O‘zbekiston chempionati yuqori divizioni shu sababli Coca Cola Superliga deb yuritiladi.

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash