Maqsud Karimov
Maqsud Karimov (tug'. 1985-yil 2-mart, Urganch, Oʻzbekiston SSR, SSSR[1] ) — oʻzbek futbolchisi, “ Nasaf ” klubi himoyachisi. O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan.
Maqsud Karimov | |
---|---|
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi |
![]() |
Qaysi sport | futbol |
Tavallud sanasi | 2-mart 1985-yil (37 yosh) |
Tavallud yeri | Urganch,Oʻzbekiston SSR |
Faoliyat yillari | 2006-yildan |
Faol tomoni | 2018-yilgacha |
Boʻyi | 182 sm |
Vazni | 75 |
BiografiyaTahrirlash
Maqsud Karimov 2-mart 1985-yil Urgench shahrida tug'ilgan. Maqsud yoshligidan futbol oʻynashni ona shahri Urganchda boshlagan. U Navroʻz shahridagi 22-maktabda oʻqib, tamomlagan.
MartabaTahrirlash
O'zbekiston chempionati oliy ligasida 2006-yilda " Xorazm" tarkibida debyut qilgan. Karimov liganing barcha 30 o'yinini maydonda o'tkazgan jamoaning asosiy o'yinchisi edi[2]. Mavsum yakunida klub oliy divizionni tark etdi va 2007-yilda “ Vobkent ” klubiga o'tdi. O'sha mavsumda klub oliy ligani ham tark etdi, biroq Karimov kuchliroq bo'lgan " Nasaf " klubi manfaatlari doirasiga kira oldi[2].
2008-yildan buyon Maqsud Karimov “Nasaf” futbolchisi. “Nasaf” tarkibida 2008-yilgi deyarli barcha oʻyinlarda qatnashgan. 2009-yilda esa Viktor Kumikovning jamoaga bosh murabbiy etib kelishi bilan jamoa tarkibi deyarli 95 foizga o'zgardi[3], ammo Maqsud Karimov jamoada qoldi . 2011-yilda jamoani Anatoliy Demyanenko qabul qilib oldi va u ham asosiy tarkibdagi o'rinni Maqsudga ishonib topshirdi. 2018-yilning 25-noyabr kuni u “Nasaf” bilan soʻnggi oʻyinida maydonga tushdi va shundan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi[3].