Umidjon Ergashev
Umidjon Ergashev (1999-yil 20-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Nasaf“ klubida darvozabon ampulasida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Umidjon Ergashev Ikromjonovich | ||
Tavallud sanasi | 20-mart 1999-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Chelak, Samarqand, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nasaf | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Nasaf | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017— | Nasaf | 51 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2016 | Oʻzbekiston U-19 | 2 | (0) |
2018 | Oʻzbekiston U-20 | 3 | (0) |
2020 | Oʻzbekiston U-23 | 2 | (0) |
2022— | Oʻzbekiston | 0 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ilk yillar
tahrirUmidjon Ergashev 1999-yil 20-mart kuni Samarqand viloyatining Chelak qishlogʻida tavallud topgan. Juda kichik yoshidan futbolga kuchli qiziqishi boʻlgan. Buni sezgan oila aʼzolari Umidjonni Nasaf akademiyasiga olib kelishgan. 2017-yilgacha darvozabon Nasaf jamoasining turli yoshdagi jamoalari darvozasini qoʻriqlagan.
Karyera
tahrirIchki chempionat
tahrir2017-yil 1-yanvardan Nasaf klubi bilan shartnoma tuzgan. Shundan buyon turli musobaqalarda 60 ta oʻyinda jamoa darvozasini qoʻriqlagan. Amaldagi shartnomasi 2024-yil 31-dekabrgacha imzolangan boʻlib, transfer narxi 300 000 yevroni tashkil etadi[2].
2023-yilda
tahrirUshbu mavsumda Umidjon Ergashev Oʻzbekiston Superligasida 2 marotaba asosiy tarkibda maydonga tushdi va 180 daqiqa davomida toʻliq harakat qildi. Ushbu 2 ta oʻyinda jami 9 ta toʻp oʻtkazib yubordi va bu uning asosiy tarkib uchun kurashiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Sariq va qizil kartochkalar olmadi. 10 ta oʻyinni zahiradan kuzatdi[3].
Oʻzbekiston terma jamoalarida
tahrirUmidjon Ergashev 2016-yilda Oʻzbekiston U-19 jamoasiga chaqirilgan va Osiyo chempionatida 2 ta oʻyinda maydonga tushgan[4]. 2018-yilda Uzbekistan U-20 jamoasiga, 2020-yil esa Oʻzbekiston U-23 jamoasiga chaqiruv olgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga ham bir necha marotaba chaqiruv olgan boʻlsada, hali maydonga tushmagan.
Terma jamoa | Oʻyin | Gol | Daqiqa |
---|---|---|---|
Oʻzbekiston U-19 | 2 | 0 | 180 |
Oʻzbekiston U-20 | 3 | 0 | 270 |
Oʻzbekiston U-23 | 2 | 0 | 180 |
Oʻzbekiston | 0 | 0 | 0 |
Yutuqlar
tahrir2021-yilda Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-23 jamoasi tarkibida Antalya Cup 2021 xalqaro turnirining eng yaxshi darvozaboni deya topilgan[5].
Jamoaviy
tahrir- Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
- Oʻzbekiston Superligasida kumush medal: 2017, 2020, 2023
- Oʻzbekiston Superligasida bronza medal: 2022
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2021, 2022, 2023
- AFC Kubogi finalchisi: 2021
Manbalar
tahrir- ↑ [1]
- ↑ „Umid Ergashev“. Transfermarkt. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
- ↑ „Umidjon Ergashev“. UzPFL. 2023-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
- ↑ „AFC U-19 Championship Bahrain 2016: Meet the Teams“. AFC. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
- ↑ „Umidjon Ergashev "Antalya Cup 2021"ning eng yaxshi darvozaboni deb topildi + FOTO“. Olamsport. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
Havolalar
tahrir- Umidjon Ergashev Transfermarkt saytida
- Umidjon Ergashev Soccerway saytida