Xumoyun Murtozoyev (1992-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, „Turon“ hujumchisi.

Xumoyun Murtozoyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Xumoyun Abdusomad o'gli Murtazoyev
Tavallud sanasi 9-noyabr 1992-yil (1992-11-09) (31 yosh)
Tavallud joyi Qashqadaryo, Uzbekistan
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Bunyodkor
Raqami 92
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Shoʻrtan 30 (12)
2015—2019 Mashʼal 98 (31)
2019 Nasaf 26 (14)
2020Bunyodkor (Ijara) 7 (1)
2020—2021 Mashʼal 22 (7)
2021—… Turon 38 (16)
Milliy terma jamoa
2020- Oʻzbekiston 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-noyabr uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Muborakning „Mashʼal“ klubi akademiyasi tarbiyalnuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi debyutini 2012-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida boshlagan. 2014-yil Muborakliklar safiga qaytdi va 2019-yilgacha „Mashʼal“ klubi sharafini himoya qildi. 2019-yilda Qashqadaryoning bosh jamoasi „Nasaf“ klubi jamoasi tarkibiga oʻtdi.[1] 2020-yil mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi taklifini qabul qilib, qaldirgʻochlar safiga oʻtdi,[2] ammo „Bunyodkor“ safida oʻz oʻyinlariga kirishib ketolmadi va yozgi transfer oynasida „Mashʼal“ jamoasi safiga oʻtdi.[3] 2021-yil yozgi transfer oynasida Yaypanning „Turon“ Jamoasi safiga oʻtdi va hozirda yaypanliklar sharfini himoya qilmoqda.[4][5][6]

Xalqaro tahrir

U 2020-yil 23-fevral kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2020 1 0
Jami 1 0

2020-yil 23-fevralda o‘tkazilgan o‘yindagi aniq statistika.

Yutuqlari tahrir

  • Oʻzbekiston Pro ligasi Chempioni: 2014
  • Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2018
  • Oʻzbekiston Pro ligasi Uchinchi oʻrin: 2022
  • Oʻzbekiston PFL kubogi Ikkinchi oʻrin: 2015

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir