Bojan Mališić (talaffuzi: Boyan Malishich ; 1985-yil 14-yanvar, Kragujevac, Yugoslaviya) — serb futbolchisi, himoyachi ampulasida oʻynagan.

Bojan Mališić
Mališić with South China in 2014
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bojan Mališić
Tavallud sanasi 14-yanvar 1984-yil (1984-01-14) (40 yosh)
Tavallud joyi Kragujevac, Yugoslaviya
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Markaziy himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002–2004 Radnički Kragujevac 112 (3)
2007–2010 Rad 33 (0)
2010–2011 Javor Ivanjica 15 (0)
2011–2012 Nasaf Qarshi 33 (0)
2012–2013 Hoverla Uzhhorod 23 (1)
2014–2017 South China 44 (1)
2017–2018 Davao Aguilas 12 (4)
Persib Bandung 40 (3)
2019 Badak Lampung 16 (0)
2021 Sinđelić Beograd ? (?)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 27-noyabr uchun)

Faoliyati tahrir

Bojan Mališić oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2002-yilda asos solingan „Radnički“ jamoasi tarkibida boshlagan. Radnička tarkibida Mališić 2007-yil boshigacha oʻynagan va shu vaqt ichida u bir yuz yigirmata oʻyinda qatnashib, uchta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2007-yilda unga Serbiyaning yana bir gigant klubi Rad qiziqish bildirgan. Mališić poytaxt jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan va 2010-yil boshiga qadar oʻttiz uchta oʻyinda maydonga tushgan, bu davr mobaynida birorta ham gol muallifiga aylanmagan. Keyinchalik erkin agent sifatida „Yavor“ klubiga oʻtgan. Yavor tarkibida Bojan Mališić oʻn beshta oʻyinda bir mavsum oʻynagan va gol ura olmagan. 2010-yil oxirida u „Yavor“ bilan shartnomasini bekor qilib, Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan va Qarshining "Nasaf" klubi bilan shartnoma imzolagan. Futbolchini „Nasaf“ga yangi tayinlangan murabbiy Anatoliy Demyanenko taklif qilgan.

„Nasaf“ tarkibida Bojan Mališić asosiy tarkibda oʻzining ajralmas oʻrnini egallab, birin-ketin chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2011-yilda u oʻz jamoasi bilan Osiyodagi ikkinchi muhim turnir — AFC kubogida gʻolib chiqgan. Shuningdek, „Nasaf“ bilan Oʻzbekiston vitse-chempioni va Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylangan. 2011-yildan 2012-yil oʻrtalariga qadar „Nasaf“ bilan oʻttiz oltita oʻyinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan.

2012-yilning yozida u Ukraina Premyer-ligasida oʻynagan „Hoverla Ujgorod“ bilan shartnoma imzolagan. Hoverla tarkibida Mališić bir yarim mavsum oʻynagan va yigirma beshta oʻyinda qatnashib, bitta gol urgan.

2014-yil boshida u Gonkongga koʻchib oʻtgan va mahalliy klub, Saut China bilan shartnoma imzolagan[1].

Yutuqlari tahrir

„Nasaf“

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir