Lutfulla Toʻrayev
Lutfulla Toʻrayev baʼzan Lutfullo Toʻrayev 1988-yili 30-mart kuni Sirdaryo viloyatining Xovos shahrida tugʻilgan. Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi va futbol murabbiyi. Fargʻonaning Neftchi futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lutfulla Narzullayevich Toʻrayev | ||
Tavallud sanasi | 30-mart 1988-yil | ||
Tavallud joyi |
Xovos tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbek SSR | ||
Boʻyi | 176 sm | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Laqabi | “Lutpi” | ||
Vazni | 73 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
Raqami | Murabbiy | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Mashʼal | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2008 | Mashʼal | 97 | (2) |
2009—2011 | Nasaf | 73 | (4) |
2011—2013 | Bunyodkor | 49 | (9) |
2014—2015 | Lokomotiv | 52 | (6) |
2015—2016 | FELDA United F.C. | 16 | (8) |
2016–2017 | Terengganu FC | 10 | (4) |
2017—2018 | OKMK | 41 | (1) |
2019—2021 | Bunyodkor | 70 | (4) |
2022—2023 | Neftchi | 33 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
– | Oʻzbekiston U-20 | 17 | (5) |
– | Oʻzbekiston U-23 | 12 | (2) |
2010—2021 | Oʻzbekiston | 26 | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirLutfulla Toʻrayev professional futboldagi ilk faoliyatini 2004-yili tugʻilib oʻsgan shahri Muborakning Mashʼal futbol klubida boshlagan. Ushbu klub tarkibida u 2008-yilgacha toʻp suradi va jaʼmi 97 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 2 marta isgʻol qiladi. 2009-yilning boslarida u Qarshining Nasaf klubi bilan shartnoma tuzadi va 2011-yilning oxirigacha ushbu klub tarkibida oʻynaydi[1]. 2011-yili u Nasaf tarkibida AFC kubogi musobaqasining gʻolibi boʻladi. Qarshi jamoasida jaʼmi 73 ta oʻyinda maydonga tushadi va 4ta gol uradi.
Lutfulla Toʻrayev 2012-yilning yanvar oyida oʻzbek futbolining grand klublaridan biri Toshkentning Bunyodkor klubi bilan shartnoma tuzadi.[2] U Bunyodkor tarkibida 2 mavsum oʻynaydi 49 ta oʻyinda jamoa sharafini himoya qilgan boʻlsa raqiblar darvozasiga 9 ta gol kiritadi. U 2014-yili Toshkentning yana bir jamoasi Lokomotiv bilan shartnoma imzolaydi va hozrga qadar ushbu klub safida oʻynamoqda. Shu vaqtga qadar u Lokomotiv tarkibida 27 ta oʻyinga maydonga tushib 2 marta gol urgan. 2017-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasiga oʻtgan[3]. 2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi va 3 mavsum davomida Toshkent klubida oʻynadi[4][5]. 2022-yil Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[6]. 2023-yil mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunladi va Vitaliya Levchenko bosh murabbiyligidagi „Neftchi“ jamoasida murabbiylik faoliyatini boshladi.
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirLutfulla Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarkibidagi ilk debyut oʻyinini 2010-yilning 25-may kuni Armaniston terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.
2015-yili Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiyi Mirjalol Qosimov uni AFC Osiyo kubogi 2015 musobaqasida qatnashish uchun tarkibga jalb qiladi va ushbu musobaqada bitta yaʼni chorak finalda Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushadi[7][8].
Yutuqlari
tahrirMashʼal tarkibida
tahrir- Oʻzbekiston vitse chempioni: 2005
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi: 2007
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2006
Nasaf tarkiibida
tahrir- Oʻzbekiston vitse chempioni: 2011
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi: 2009, 2010
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011
- Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011
Bunyodor tarkibida
tahrir- Oʻzbekiston chempioni: 2013
- Oʻzbekiston vitse chempioni: 2012
- Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2012, 2013
Lokomotiv Toshkent tarkibida
tahrir- Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014
- Oʻzbekiston vitse chempioni: 2014
- Oʻzbekiston superkubogi finalchisi: 2014
- Oʻzbekiston superkubogi gʻolibi: 2014
Statistikalari
tahrirSoʻnggi maʼlumotlar 2015-yil 22-mart kunidan olingan.[9]
Klub | Mavsum | Isht | Gol |
---|---|---|---|
Mashʼal | 2004 | 14 | 1 |
2005 | 10 | 0 | |
2006 | 21 | 1 | |
2007 | 25 | 0 | |
2008 | 27 | 0 | |
Umumiy | 97 | 2 | |
Nasaf | 2009 | 28 | 1 |
2010 | 24 | 1 | |
2011 | 21 | 2 | |
Umumiy | 73 | 4 | |
Bunyodkor | 2012 | 25 | 2 |
2013 | 24 | 7 | |
Umumiy | 49 | 9 | |
Lokomotiv | 2014 | 25 | 2 |
2015 | 2 | 0 | |
Umumiy | 27 | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ Lutfulla Turaev Player info at www.worldfootball.net
- ↑ "New players in „Bunyodkor“ (Wayback Machine saytida 23-aprel 2012-yil sanasida arxivlangan). FC Bunyodkor, 14.12.2011.
- ↑ „Расман: Тўраев ва Тожиев "Олмалиқ"да!“ (07 июл 2017).
- ↑ „Лутфулла Тўраев ва Саҳоб Жўраев "Бунёдкор"да“ (17 янв 2019).
- ↑ "New players in „Bunyodkor“ (Wayback Machine saytida 2012-04-23 sanasida arxivlangan). FC Bunyodkor, 14 December 2011.
- ↑ „Расмий хабар: Лутфулла Тўраев - "Нефтчи" футболчиси“ (05 янв 2022).
- ↑ Lutfulla Toʻrayev National-Football-Teams.com saytida
- ↑ „Терма жамоага "Бунёдкор"дан 4 нафар футболчи чақирилди“ (28 сен 2019).
- ↑ L. Turaev ca.soccerway.com