Xovos tumani

Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatidagi tuman

Xovos tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil dekabrda tashkil qilingan. 1955-yildan 1966-yilgacha Boyovut tumani, 1966-yil 25-avgustdan 1975-yil 6 martgacha Yangiyer tumani deb atalgan. 2004-yil 11-maydan Xovos tumaniga Mehnatobod tumani qoʻshildi. Tuman markazi Farhod 5 qishlogʻidan Xovos shaharchasiga koʻchirildi. Shim.sharqdan Boyovut, janubiy sharqdan Toshkent viloyatining Bekobod tumani, januniy da Tojikiston Respublikasi, gʻarbdan Jizzax viloyatining Zomin, shim.gʻarbdan viloyatning Sardoba, Mirzaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 621 km². Aholisi 74,1 ming kishidan ziyod (2004). Tumanda 1 shaharcha (Xovos), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Binokor, Gulbahor, Zafarobod, Paxtakor, Sohibkor, Chamanzor, Qaxramon, Turkiston, Farhod, Havotag, Husnobod) bor. Markazi — Xovos shaharchasi.

Xovos tumani
Хавастский район
tuman
Tarkibida Sirdaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Xovos
Yirik shahari Xovos
Asos solingan sanasi 1926
' Kamolov Uchqun Ibragimovich
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 80 000
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 621 km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 319 m
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeksi 120711
Internet domeni .uz
Avtomobil raqami kodi 20
Xaritada
Xovos tumani xaritada
40°13′12.0″N 68°50′24.0″E / 40.220000°N 68.840000°E / 40.220000; 68.840000

Tabiati

tahrir

Tuman hududi, asosan, viloyatning janubiy qismida joylashgan. Relyefi pasttekislik, kir, baland adir va togʻlardan iborat boʻlib, shim.dan (250350 m) januniy ga (12001600 m) koʻtarila boradi. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, kuruq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura 15°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2°, eng past temperatura —30°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori temperatura 46°. Yillik yogʻin miqdori 315 mm (shim.gʻarbda 200-250 mm, janubiy da 400-450 mm). Xovos shamoli (Bekobod shamoli) Oʻrta Osiyodagi eng kuchli shamollardan biridir. Yil boʻyi oʻrta hisobda 48—52 kun kuchli shamol esadi, koʻpincha noyabr oyida boshlanib, martda tugaydi. Qishda shamolning tezligi sekundiga 25-30 m, yezda 10-15 m boʻladi. Shamol 1—3 kun, hatto 5 kunlab davom etadi. Vegetatsiya davri 224 kun.

Adirlar qumtosh, qum, lyosslardan tashkil topgan. Janubiy qismidagi adirlarning tuprogʻi esa lyoss ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproqlardir. Bu yerlardan bahorikor dehqonchilikda foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz, och boʻz, tipik boʻz, oʻtloqi boʻz tuproqlar tarqalgan boʻlib, dehqonchilik uchun qulay. Tuman Sirdaryodan chiqarilgan Sarkisov nomidagi Janubiy Mirzachoʻl kanali orqali sugʻoriladi. Savatsoy, Sarmichsoy, Moʻgʻulsoy, Xoʻjamushkentsoy, Qipchoqsoy va boshqalardan ham sugʻorishda foydalaniladi. Bahorda adirlar turli oʻtlar bilan qoplanadi. Tekislik qismida qoʻngʻirbosh, rang, iloq, qiyoq, shoʻra, shuvoq, yantoq, qamish, paxtatikan, ituzum, shamak, gʻumay va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri; qushlardan choʻl burguti, laylak, tustovuq, yovvoyi oʻrdak; kemiruvchilardan quyon, tipratikan, kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; sudraluvchilardan toshbaqa, ilonlar, kaltakesaklar va boshqa bor.

Aholisi

tahrir

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qozoq, tatar, turkman, koreys, rus, qrim tatar, ozarbayjon, arman, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 49,4 kishi (2004).

Xoʻjaligi

tahrir

Tumanda Farhod GES, Sirdaryo issiklik elektr styasi, sanoat, qurilish boshqarmalari, 37 firma va kichik korxona, Xitoy bilan hamkorliqsagi „XovosFusin“ qoʻshma korxonasi (kolbasa ishlab chiqaradi), avtokorxona, neft bazasi, MTP, uzumni qayta ishlash, gʻisht zavodlari, 3 dehqon bozori bor. Tumanda Z shirkat, 930 dehqonfermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yer maydonining 36,7 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi. Bogʻ, tokzor, koʻchatzorlar bor. 13,5 ming gektariga paxta, 11,7 ming gektariga gʻalla, shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka ham ekiladi.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 17,7 ming qoramol, 21,8 mingga yaqin qoʻy va echki, 25,4 ming parranda, 408 ot boqiladi (2004).

Tuman hududidan Xovos va Yangiyer temir yoʻl stansiyalari orkali Toshkent—Samarkand, Toshkent— Xoʻjand, Toshkent — Jalolobod poyezdlari oʻtadi. Xovos— Guliston, Farhod— Xovos, Xovos—Yangiyer, Farhod-Yangiyer yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.

Xovos tumanida 2003/2004 oʻquv yilida 28 umumiy taʼlim maktabida 15,9 ming oʻquvchi taʼlim oddi. 2 iktidorli bolalar, musiqa maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, I madaniyat uyi, 20 kutubxona, 9 estrada, 4 folklor guruxlari, badiiy havaskorlik toʻgaraklari ishlab turibdi. 9 stadion (shu jumladan, 1 markaziy stadion) mavjud. Tumanda markaziy kasalxona, tez tibbiy yordam, tashxis markazlari, bolalar jarroxlik, reanimatsiya boʻlimlari, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 3 poliklinikasi, shifobaxsh suv bilan davolaydigan „Xavotogʻ“ sanatoriysi faoliyat koʻrsatadi, 1931-yildan „Xovos ovozi“ tumani gazetasi chiqadi. Xovos tumanida 2019-yil aholini turmush darajasini yaxshilash maqsadida „Xovos city“ loyihasiga qòl urildi va hozirgi kunda. Foydalanishga topshirildi

Manbalar

tahrir