Bobur Alisher oʻgʻli Abduxoliqov (1997-yil 23-aprelda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan) – Oʻzbek futbolchisi, Nasaf klubi hujumchisi.[1]

Bobur Abduholiqov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bobur Alisher oʻg'li Abduholiqov
Tavallud sanasi 23-aprel 1997-yil (1997-04-23) (27 yosh)
Tavallud joyi Koson, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.77 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami 97
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2015 Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2020 Nasaf 112 (45)
2021 Rukh Lviv 0 (0)
2021—2022 FK Energetik-BGU Minsk 44 (28)
2023 Ordabasi 26 (7)
2024— Nasaf 0 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Oʻzbekiston U−20 3 (1)
2017—2020 Oʻzbekiston U−23 40 (21)
2018— Oʻzbekiston 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-noyabr 2023-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 20-fevral uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati Koson shahrida tugʻilgan. U Qarshining „Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, hujumchi 2015-yilning iyun oyida klubning asosiy jamoasiga oʻtgan. 2015-yilning 12-iyun kuni kattalar futbolidagi debyutini Oʻzbekiston kubogi doirasidagi „ Oqtepa“ga qarshi oʻyinda oʻtkazib, 85-daqiqada Akramjon Baxritdinovni oʻrniga maydonga tushgan. Qoʻshimcha boʻlimlarda u gol urib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba keltirgan. Debyut mavsumida u 4 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan. U Superligadagi debyut golini 2016-yil 11-aprel kuni Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvida durang natija qayd etilgan (1:1) oʻyinida kiritgan.

2017-yilgi keyingi mavsumda u ikki barobar koʻp gol urgan, 21 oʻyinda 8 ta golli natijani qayd etgan. 2018-yilgi mavsumda u Oʻzbekiston Superligasida 27 oʻyinda 13 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan, shu jumladan, pley-off bosqichida 8-gol muallifiga aylangan. Oʻzi uchun muvaffaqiyatli 2018-yilgi mavsumdan soʻng, keyingi mavsum unchalik yorqin oʻyin koʻrsata olmagan, u liganing 20 oʻyinida uchta gol urgan. Qisqartirilgan 2020-yilgi mavsumda u yana oʻzining toʻpurarlik qobiliyatini namoyish etib, chempionatda ikkinchi toʻpurarga aylanib, 23 oʻyinda 17 ta gol urgan va faqat Toshkentning „Paxtakor“ jamoasidan serbiyalik hujumchi Dragan Ćeranga yutqazgan (20 ta gol).

2021-yil 19-fevralda u Rux Lvov bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2021-yilning may oyida jamoani tark etgan[2].

Energetik-BGU tahrir

2021-yilning iyul oyida u Belarusning Energetik-BGU klubiga oʻtgan[3]. Bobur Abduholqiov Energetik-BGU tarkibidagi debyut uchrashuvini 2021-yilning 17-iyunida Premyer-liga doirasida „Smorgon“ga qarshi bahsda amalga oshirgan[4]. Bobur Belarus jamoasi tarkibidagi birinchi golini 2021-yil 17-sentyabrda Torpedo-BelAZ jamoasiga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga kiritgan[5]. Bobur Abduholiqov yangi mavsumdagi ilk oʻyinini 2022-yil 19-mart kuni „Vitebsk“ jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushish orqali amalga oshirgan. Bu oʻyin Abduholiqov uchun juda omadli kechgan, hujumchi oʻyinda ikkita gol urishga va bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq boʻlgan[6][7]. 2022-yil 3-aprel kuni Belarus Oliy ligasining 2-turi doirasidagi „Torpedo-BelAZ“ jamoasiga qarshi oʻyinda ham Bobur Abduholiqov dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan[8]. ABFF maʼlumotlariga koʻra, Abduholiqov 2022-yilgi Belarus Oliy ligasida 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[9]. 2022-yil 2-may kuni Belarus Oliy ligasining 6-turidan oʻrin olgan Neman Grodno jamoasiga qarshi oʻyinda Bobur Abduhliqov Belarus jamoasi tarkibidagi va turnirdagi ilk xet-trikni qayd etishga muvaffaq boʻlgan[10]. 2022-yilning 9-iyulida chempionatning navbatdagi tur bahsida Energetik-BGU „Gomel“ jamoasiga qarshi maydonga tushgan. Oʻyinda Abduholiqov asosiy tarkibda maydonga tushgan ammo u ketma-ket 7 ta oʻyinda davom etib kelayotgan gollik seriyasinimana su bahda toʻxtatgan toʻxtatgan[11]. Abduholiqov 2022-yil 5-avgust kuni „Vitebsk“ jamaosiga qarshi oʻyinda yana dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan[12]. Oradan bir oy oʻtib, 2022-yil 3-sentyabr kuni „Isloch“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda Bobur yana 2 ta gol urgan[13]. 2022-yil 2-noyabr kuni Minskning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda Oʻbekistonlik hujumchi yanabir bor dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan, u mavsumdagi gollari soni boʻyicha Sergey Davydovga yetib olgan va shu tariqa u bilan legionerlarning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyhatida yakka peshqadamaga aylanib olishgan. Mavsum yakunida esa Bobur Abduholiqov va uning jamoasi Oliy liganing kumush medali sohibiga aylanishgan. Shuningdek, futbolchining oʻzi 26 ta gol bilan chempionat toʻpurari, 32 ochko bilan gol+pas tizimi boʻyicha eng yaxshi futbolchiga aylangan[14]. Bobur Oliy liganing ramziy jamoasiga kirgan[15]. Oradan biroz vaqt oʻtib futbolchi klubni tark etishini eʼlon qilgan[16]. Shuningdek, statistik maʼlumotlarga koʻra, futbolchi chempionatda safardagi gollar, xorijlik futbolchilar oʻrtasida mavsumdagi gollari va gol+pas tizimi boʻyicha chempionatda 3 ta yangi rekord oʻrnatgan, shuningdek, yana 2 ta rekordni takrorlagan. Xususan mavsumdagi dubllar soni va gʻalaba keltirgan gollar soni boʻyicha natijalarni takrorlagan[17]. Bobur Abduholiqovning „Belshina“ jamoasi darvozasiga urgan goli Premyer-ligadagi eng yaxshi 10ta gol roʻyhatidan joy olgan[18].

Ordobasi tahrir

2023-yilning yanvar oyida futbolchi Qozogʻistonning „Ordabasi“ klubi safida tibbiy koʻrikdan oʻtgan[19]. 2023-yilning fevralida Qozogʻiston klubi rahbari Baurjan Abdubaitov oʻzbekistonlik futbolchi bilan uning jamoasi shartnoma imzolanganini eʼlon qilgan[20]. Bobur Abduholiqov qozoq klubi safida 2023-yil 25-fevralda rasman klub futbolchilari roʻyhatiga kiritilgan[21]. Bobur klubdagi debyut uchrashuvini 2023-yil 25-fevralda Qozogʻiston Superkubogi uchun kechgan bahsda „Astana“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. „Ordobasi“ jamoasi bu uchrashuvda magʻlubiyatga uchragan[22]. 2023-yil 4-mart kuni Qozogʻiston Premyer-ligasi doirasidagi debyut oʻyinida Kaspiy jamoasiga qarshi maydonga tushgan va Premyer ligadagi ilk oʻyinida gol urishga muvaffaq boʻlgan[23].

Nasaf tahrir

2024-yil Qarshining „Nasaf“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

2017-yilning may oyida Bobur ilk bor Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida maydonga tushgan. 2018-yilning yanvar oyida milliy terma jamoa bilan birgalikda Xitoyda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqgan, u yerda jamoasining barcha oʻyinlarida maydonga tushgan. Oʻsha yili Osiyo oʻyinlarida 4ta oʻyinda 1ta gol urgan. Keyingi yili u murabbiy Ravshan Haydarov qoʻl ostida asosiy oʻyinchiga aylangan, shuningdek yoshlar oʻrtasidagi 2020-yilgi Osiyo chempionatiga yoʻl olgan va 6 uchrashuvda 1 ta gol urgan. U jamoa safida 20 dan ortiq gol urgan va buning evaziga Oʻzbekistonning yangi tarixida ushbu yosh toifasidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan.

U 2018-yilning 8-iyun kuni Urugvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida magʻlubiyatga uchragan (0:3) Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi debyutini ikkinchi boʻlimda Zabihillo Oʻrinboyev oʻrniga maydonga tushib amalga oshirgan.

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubok liga kubogi Qitʼa kuboklari Boshqa turnirlar Jami
Boʻlim Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Nasaf 2015-yil Oʻzbekiston Superligasi 1 0 3 2 - - - 4 2
2016-yil 18 4 5 2 - 6 2 - 29 8
2017-yil 21 8 2 0 - 2 0 - 25 8
2018 27 13 1 0 - 7 2 - 35 15
2019 20 3 4 1 0 0 0 0 - 24 4
2020 25 17 3 0 - - - 28 17
Jami 112 45 18 5 0 0 15 4 - - 145 54
Rux (Lvov) 2020/21 Ukraina Premer-ligasi 0 0 0 0 - - - 0 0
Karyerada jami 112 45 18 5 0 0 15 4 - - 145 54

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „"Nasaf"dagi "Pele" haqida“. 2016-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  2. „Федик: «За прошлый сезон с десяти баллов я ставлю четвёрку»“. 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  3. „Бобур Абдихоликов — игрок «Энергетика» — БГУ“. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
  4. „Smorgon vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2021-yil 17-iyun). 2022-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-mart.
  5. „Torpedo BelAZ vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2021-yil 17-sentyabr). 2022-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-mart.
  6. „Energetyk-BGU vs. Vitebsk“ (en). soccerway.com (2022-yil 19-mart). 2022-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
  7. „Высшая лига, 1 тур. «Энергетик-БГУ» выиграл у «Витебска»“. 2022-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
  8. „Дубль Абдихоликова, незабитый пенальти и другие моменты победы «Энергетика-БГУ» — «Торпедо-БелАЗ» (ВИДЕО)“. 2022-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  9. „Бобир Абдихоликов — лучший игрок 2-го тура высшей лиги по версии АБФФ (ВИДЕО)“. 2022-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-aprel.
  10. „Хет-трик Абдихоликова, «пушка» Хусанова и другие моменты разгрома «Немана» «Энергетиком-БГУ» (ВИДЕО)“. 2022-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  11. „И снова бенефис Садовского. "Гомель" прервал семиматчевую голевую серию лучшего бомбардира чемпионата“ (ru). football.by (2022-yil 9-iyul).
  12. „Vitebsk vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2022-yil 5-avgust). 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  13. „Isloch vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2022-yil 3-sentyabr). 2022-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  14. „Футбол. Бобир абдихоликов — лучший бомбардир высшей лиги-2022 и лучший по системе "гол+пас"“ (ru). pressball.by (2022-yil 12-noyabr). 2022-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  15. „Четверо из "Энергетика-БГУ", трое из БАТЭ, двое — чемпионы страны. Символическая сборная высшей лиги“ (ru). football.by (2022-yil 15-noyabr). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  16. „Бобир Абдихоликов: "В "Энергетике-БГУ" не остаюсь. Хочу расти дальше"“ (ru). football.by (2022-yil 16-noyabr). 2022-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  17. „Футбол. Бобир Абдихоликов установил три и повторил два рекорда высшей лиги в сезоне-2022“ (ru). pressball.by (2022-yil 21-noyabr). 2022-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  18. „Топ-10 голов высшей лиги-2022“ (ru). football.by (2022-yil 24-noyabr). 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  19. „Абдихоликов продолжит карьеру у Седнева в "Ордабасы"“ (ru). football.by (2023-yil 31-yanvar). 2023-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
  20. „"Идут переговоры с российским спонсором". Президент "Ордабасы" - о долгах, трансферах и Астанове“ (ru). Vesti.kz. 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
  21. „"Ордабасы" представил узбекского форварда за миллион евро и других новичков“ (ru). vesti.kz (2023-yil 25-fevral). 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  22. „«Астана» в шестой раз выиграла Суперкубок Казахстана“ (ru). inform.kz (2023-yil 25-fevral). 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  23. „Яркое возвращение Исламхана, голы-красавцы и удаление. Состоялся первый матч КПЛ-2023. Видео“ (ru). sports.kz (2023-yil 4-mart). 2023-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.

Havolalar tahrir